1234567891011121314151617181920 10-sinf Ona tili fanidan online olimpiada №1 10-sinf o'quvchilari uchun ona tili fanidan online olimpiada savollari 1-variant Test savollari soni: 20 ta Bajarish uchun ajratilgan vaqt: 60 daqiqa Sizga omad yor bo'lsin! Barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting. Sodda gap berilgan qatorni toping. Zamon bilan hamnafas bo‘ling, shunda boshqalardan bir qadam oldin yurasiz. Zamon bilan hamnafas bo‘lganlar boshqalardan bir qadam oldin yurishadi. Shuni bilingki, zamon bilan hamnafas bo‘lganlar boshqalardan bir qadam oldin yurishadi. Zamon bilan hamnafas bo‘ling va boshqalardan bir qadam oldin yuring. Imloviy jihatdan TO‘G‘RI yozilgan so‘zlarni aniqlang. tarjimayi hol, ma’shuqa, xonish hujumkor, hashorat, me’yor ma’naviyat, yangidan-yangi, charog‘on ohangrabo, tadqiqot, abadul-abad Qaysi gapda so‘z yasovchi, lug‘aviy shakl yasovchi va sintaktik shakl yasovchi qo‘shimchalar ta’sirida fonetik o‘zgarishga uchragan so‘zlar qatnashgan? ) Onam bundan ham og‘ir kunlarimda meni issiq bag‘rida asragan edi. Senikidek mehnatkash ishchilarning o‘rnini kim ham egallay olar edi, birodarim? ) Dimog‘imga shunday xushbo‘y rayhon hidi urildi-yu, o‘zimni yashargandek his qildim. Do‘stlarim bilan tog‘ga borganimda bu qizargan nafis gullarni sen uchun bittalab tergandim. Uilyam Shekspir qalamiga mansub “Hamlet” fojiasi voqealari qaysi javobda xato berilgan? Hamlet onasining xonasida gilam ortida bekinib turgan Poloniyni o‘ldirib qo‘yadi. Poloniyning o‘g‘li Laert Hamletni duelga chaqiradi va sal yaralansa ham, o‘lishi uchun qilichini zaharlab qo‘yadi. Arvoh Hamletni otasining ayanchli o‘limi uchun xiyonatkor amakisidan qasos olishga da’vat etadi. Ilon chaqib vafot vafot etgan Hamletning otasining taxtini Klavdiy egallaydi. Ushbu qit’ada haqidagi to‘g‘ri hukmni toping. Tengri xonin ochuq aqida qilib, Xalqdin ro‘zi istagan gumroh Uyladurkim tengiz qirog‘inda Ro‘za ochmoqqa qozg‘oy choh. Inson har qanday holatda ham shoshmasdan ish tutishi kerakligi ta’kidlangan. Xalqning roziligini topmagan odam gunohkor bo‘lishi bayon etilgan. Yaratgandan emas, boshqalardan umidvor bo‘lish noshukurlik ekanligi aytilgan. Ro‘za tutilganda dengiz suvidan emas, choh qazib ichilgan suv afzalligi aytilgan. Sharof Boshbekovning “Temir xotin” tragediyasida Alomat tilidan: “Bayram kunlari rayondagi namoyishdan bayroqcha ko‘tarib o‘tganingizga xursand bo‘lib yuraverasiz. Majlislarda qo‘l ko‘tarish-u, chapak chalishni bilasiz, boshqa baloni ham bilmaysiz! Ko‘pincha o‘sha majlisda nima hal bo‘layotganini tushunmaysiz!” − deya asar qahramoni ruhiyati talqin qilinadi. Ushbu suhbat matnida muallifning qanday badiiy maqsadi ifodalangan? Muallif Alomatni mana shunday teran fikrlari, benuqson fazilatlari, mehnatkashligi, odobi, aql va zakovatda erkaklar bilan teng bo‘la olishi bilan o‘zbek ayollariga o‘rnak qilib ko‘rsatmoqchi bo‘ladi. Muallif Qo‘chqor misolida hayotning asl zavq-u shavqini, bayramlarning asl shukuhini his qila olmaydigan omi qishloq aholisini tanqid ostiga oladi. Muallif Alomat misolida robotlar insonlardan aql va salohiyatda har qancha ustun bo‘lmasin, ular insonlarning asl his-tuyg‘ularini, shodlik va quvonch hissini tuya olmasligini ta’kidlagan. Muallif Qo‘chqor misolida oddiy qishloq aholisi siyosiy savodxonlik darajasining pastligi, ularning kelajak haqidagi tasavvurlarining sayozligi achinarli hol ekanligini aytmoqchi bo‘ladi. Quyidagi so‘zlardan qaysi biri arxaik so‘zga misol bo‘la oladi? qozi cho‘ri bek mujgon El qochsa birovdin, el yomoni bil oni, Ahvolida idbor nishoni bil oni, Fe’l ichra ulus baloyi joni bil oni Olam elining yamon yamoni bil oni Ushbu ruboiy haqidagi to‘g‘ri ma’lumotni toping. i unlisi raviy bo‘lib kelgan. a, a, b, a tarzda qofiyalangan. Radif qo‘llanmagan. Mutlaq qofiya qo‘llangan. Qaysi qatorda zidlik munosabati aks etgan bog‘lovchisiz qo‘shma gap berilgan? Yaxshidan bog‘ qoladi, yomondan esa dog‘ qoladi. Ruboiyni ichida o‘qidi, yuzini tabassum qopladi. Kishini tabiat vujudga keltiradi, ammo uni jamiyat kamol toptiradi. Men fikrimni aniq tushuntirishga harakat qilyapman – siz uni eshitishni xohlamayapsiz. Gap haqida berilgan XATO hukmni toping. Osoyishta iyun tonglaridan biri edi. Kuchli dovul boshlandi. Noma’lum va notinch dengiz shovqinidan, mavhumlikdan vahimaga tushar edim. Nihoyat, yerni – Alyaskaning janubiy sohilini ko‘rgan dengizchilarning quvonchli suroni eshitildi. Vositali to‘ldiruvchi uyushgan. Egasi ma’lum gap ishtirok etgan. Egalar bir xil turkum bilan ifodalangan. Vositasiz to‘ldiruvchi ajratilgan. Quyidagi qaysi gapda qo‘llangan tortmoq so‘zi jalb etmoq, o‘ziga qaratmoq ma’nosida qo‘llangan? Teplovoz so‘nggi marta qichqirib, sostavni tortib ketdi. Haligi xotin uyalganidanmi boshidagi oq doka ro‘molini yuziga tortib, qo‘ya ber deganday boshini silkitdi. Quyosh, toza havo, tiniq zangori osmon ko‘zlarni beixtiyor tortardi. Hotamjon otining ayil-pushtanini qaytadan mahkamlab tortdi. Ushbu gapda qatnashgan olmoshlar haqida XATO ma’lumot berilgan javobni aniqlang. Necha bu falak solg‘usi g‘urbatqa meni, Har lahza tugangusiz mashaqqatqa meni. Ne chora qilay, netayki, Tengri go‘yo Mehnatni menga yaratdi, mehnatqa − meni. Olmoshning tuzilishiga ko‘ra faqat bir turi qatnashgan. Bosh va ikkinchi darajali bo‘lak vazifasini bajargan olmoshlar qatnashgan. Olmoshning uch ma’no guruhiga oid so‘zlar qatnashgan. Shaxsga ishora qiluvchi yoki shaxs o‘rnida qo‘llanuvchi olmoshlar ishtirok etgan. Uyushgan bo‘lak va kiritma qatnashgan bog‘langan qo‘shma gapni aniqlang. Qiziq, sadaning tagida na qorovul, na rais bor, qizil choynak bilan to‘ntarib qo‘yilgan piyola esa raisning uzoqqa ketmaganini ko‘rsatardi. To‘g‘ri, insonning aqli uni yorug‘likka eltadi, lekin bir olim: “Inson aqli bilan atomni kashf etdi va bu bilan eng qabih ishga qo‘l urdi”, − deganida haq edi. Tinchlik bizning eng bebaho va doimiy boyligimizdir, shuning uchun uni, albatta, qadrlashimiz kerak, hurmatli o‘quvchilar. Bizning qadimiy va go‘zal diyorimiz nafaqat Sharq, balki jahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri ekanligi, o‘ylaymanki, bugun keng jamoatchilik uchun sir emas. Qaysi gapdagi nuqtalar o‘rniga so‘z yasovchi, lug‘aviy shakl yasovchi va sintaktik shakl yasovchi qo‘shimchalar mos keladi? Bizning yurtimiz… dunyoga tani…gan insonlar bir necha soha ilmlari… mukkamal bilgan. Vatanni rivojlantir… uchun har bir kasb egalari o‘z ishlari… mukammal bilib, yangiliklardan xabardor bo‘l…lari kerak. Har bir inson katta bo‘l… kimgadir suyanishni emas, aksincha, suyan… bo‘lish… o‘ylashi kerak. O‘zbekistonda ta’lim tizimini ko‘tarmas ekanmiz, aslo ko‘zla… maqsad… erisha olmay… . Qaysi gapda nutqning sofligiga putur yetkazuvchi birlik – varvarizm qo‘llangan? Ikkala avtomobilni ham “shapka”siz oldim. Menga qara, megajin, bu yerga hiding ham kelmasin. Man amaqimni himoya qimimanmi? Endi foydasi yo‘q, uje kech qoldik. Ushbu baytda qo‘llangan badiiy san’atlarni toping. Solib borma meni, ey Yusufi husn, Bukun Ya’qubtek bayt ul-hazanda 1) talmeh, 2) tazod, 3) nido, 4) istiora, 5) tashbeh faqat 1, 4, 5 1, 2, 3, 5 faqat 1, 2, 5 1, 3, 4, 5 Qaysi gapda ko‘plik qo‘shimchasi(-lar)ning qo‘llanishi bilan bog‘liq uslubiy xato mavjud? Musobaqada qatnashgan o‘ntacha bolalar ma’muriyat tomonidan taqdirlandi. Bu qizlardan kelgusida Nodiralar, Zulfiyalar chiqadi. Bu kishi oqsuyaklar: biz gapirsak, boshlari og‘rib qoladi. Sening bu gaplaringdan boshlarim og‘rib ketdi. Chingiz Aytmatovning “Asrga tatigulik kun” romani qahramoni Jo‘lomon obrazi haqida berilgan to‘g‘ri ma’lumotni toping. Bo‘layotgan hodisalarni kech anglaydigan, ammo qo‘lidan hech qanday ish kelmaydigan, shuning uchun qullikni afzal biladigan kishi. Osoyishta hayotni sevadigan, shuning uchun atrofdagi voqealarni ataylab bilmaslikka oladigan, ularga o‘zining hech qanday aloqasi yo‘qday tutadigan shaxs. Zo‘ravonlik tufayli o‘zligidan ayrilgan, shuning uchun atrofda bo‘layotgan voqealarni idrok qila olmaydigan, xotirasidan mahrum bo‘lgan shaxs. Faqatgina jismoniy qo‘rquv tufayligina o‘z xo‘jayiniga sadoqat bilan xizmat qiladigan, ich-ichidan o‘z yaqinlari yoniga qaytishni istasa ham, buni sirtiga chiqara olmaydigan kishi. Gapdagi ko‘p nuqta o‘rniga mazmun va grammatik jihatdan mos keluvchi yordamchi so‘zni qo‘ying. Ota-onangga cheksiz xizmatda bo‘l, … bu ish senga armon bo‘lmasin. ya’ni chunki balki toki Berilgan gap haqidagi to‘g‘ri fikrni aniqlang. Quyosh nurlarini qishloqning serfayz ko‘chalariga ayamay sochadi, onda-sonda bolalarning kulgilari quloqqa chalinadi, katta chinor ostidagi shirinso‘z qizaloqning mayin kuylashi bahoriy kayfiyatga ko‘rk bag‘ishlaydi. Sifatlarning tuzilishiga ko‘ra faqat bir turi qatnashgan. Sifat darajalarining ikki xil turi qatnashgan. Sifatlar aniqlovchi va hol bo‘lib kelgan. Faqat asliy sifatlar ishtirok etgan. Facebook Twitter VKontakte 0% Перезапустить тест