Ali Vali Soli masalalari, Mantiqiy testlar

Ushbu test informatika va axborot texnologiyalari fan o'qituvchilariga mo'ljallangan bo'lib, unda Ali Vali Soli testlari, Jokerlar haqida testlar, hamda mantiqiy testlar joy olgan.

Savollar soni: 20 ta

Savollar bazasi: 44 ta

Barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting.
Kiritgan elektron pochtangizga sizning nomingizdagi sertifikatingiz yuboriladi.(76% dan yuqori uchun)

1. Quyidagi mantiqiy ifoda natijasi rost bo’ladigan x ning eng kichik natural qiymatini toping. ((x>49) and not (x<9)) and (x-tub son)

2. Ali 16 lik sanoq sistemasida 5 dan boshlab sonlarni ketma-ket probellarsiz yozib chiqdi. Agar yozilgan belgilar soni 21 ta bo’lsa, oxiri qaysi son yozilgan?

3. Ali 2 lik sistemasida sonlarni ketma-ketlikda yoza boshladi, 58 ta sonni yozib bo’lgandan so’ng to’xtadi. Ali oxirgi yozgan soni toping.

4. Siz xazinalar oroliga tushib qoldingiz va u yerda uchta sandiqqa duch keldingiz. Ularning birida xazina yashiringan va ularning har birida quyidagicha yozuvlar bor. 1.      Xazina shu sandiqda 2.      Xazina bu sandiqda emas 3.      Xazina 1-sandiqda emas Siz bilasizki, bu gaplarning yoki hammasi yolg’on, yoki faqat bittasi rost. Faqat bitta urinishingiz bor. Xazina qaysi sandiqda ekanligini toping.

5. Ali 9 lik sanoq sistemasida 6 dan boshlab sonlarni ketma-ket probellarsiz yozib chiqdi. Agar yozilgan belgilar soni 25 ta bo’lsa, oxiri qaysi raqam yozilgan?

6. Stol ustida 3 ta quti bor. Ularning birida oltin tanga bor, qolgan ikkita quti bo’sh. Qutilar ustiga mulohazalar yozib qo’yilgan, bu mulohazalardan bittasi rost qolgan ikkitasi yolg’on. I qutidagi yozuv: “Oltin tanga bu yerda emas” II qutidagi yozuv: “Oltin tanga bu yerda emas” III qutidagi yozuv: “Oltin tanga ikkinchi qutida” Savol: Oltin tanga qaysi qutida?

7. Musobaqalarda Umid, Aziz, Bobur va Sherzod 1-to’rtta o’rinni egallashdi. Ularning sinfdoshlari yig’ilib bahslashib ketishdi. Malika: “Umid birinchi Sherzod esa ikkinchi buldi dedi” Guli: “Umid ikkinchi Aziz esa uchinchi edi” –dedi. Lola: “Aziz to’rtinchi Bobur ikkinchi bo’ldi” dedi. Ularning suhbatini eshitgan sudiya qizlarning har biri bitta to’g’ri bitta noto’g’ri xulosa chiqarganini aytdi joylar qanday ajratilgan.

8. Ali aytdi bu masalani yechish uchun 9 minutdan ortiq vaqt ketadi, Vali aytdi 10 minutdan ortiq vaqt ketadi, Soli aytdi 11 minutdan ortiq vaqt ketadi. Agar ularning orasida faqat bittasining gapi rost bo’lsa, bu masalani yechish uchun qancha vaqt ketadi.

9. Ali bilan Vali oliygohni ancha yillar oldin tugatishib, bir kuni uchrashib qolishibdi. Ali Validan so‘radi: "farzandlaring nechta", Vali aytdi "3 ta o‘g‘il", Ali so‘radi: "yoshlari nechida" Vali javob berdi: "uchalasining yoshlarining ko‘paytmasi 36 ga teng", Ali aytdi "Axborot kam!", Vali aytdi: uchalasining yoshining yig‘indisi anavu avtobus raqamiga teng, Ali aytdi: "Axborot kam!", Vali aytdi: "kichik o‘g‘lim dasturlashga qiziqadi". Shundan keyin Ali Valining barcha o‘g‘illari yoshini aytib berdi. Valining katta o‘g‘li necha yoshda?

10. (x≥6) and not (x>12)  natija rost bo’ladigan eng kichik qiymatni toping.

11. O’quvchining o’qish tezligi minutiga 160 ta so’z (bir dona so’z o’rtacha 6 ta belgi) bo’lsa, 4 soat tinimsiz o’qiganda o’quvchi qancha Kbayt ma’lumotni ko’zdan kechiradi.

12. Ali aytdi “1 bayt 1024 bitga teng”, Vali aytdi “1 kilobayt 1024 bitga teng”. Ularning fikrlari haqida nima deya olasiz?

13. Ritserlar va Jokerlar orolida Ritserlar faqat rost, Jokerlar faqat yolg’on gapirishadi. Siz orolda ikkita odamni uchratdingiz: A va B. Ular sizga shunday deyishdi: A: “B joker” B: “A ham, men ham joker emasman” Ular birini kim ekanligini yaxshi bilishadi. Yuqoridagi gaplardan foydalanib, ularning qaysi biri Ritser, qaysi biri Joker ekanligini aniqlang.

14. Ali aytdi: Soli 3 dan past ball oldi, Vali aytdi: Soli 4 dan past ball oldi, Xoli aytdi: Soli 5 dan past ball oldi. Bitta rost mulohaza bo’lsa, Soli necha ball olgan.

15. Ali, Vali va Soli imtihonda 3 xil ball olishdi. Quyidagi mulohazalarning faqat bittasi rost: Ali 3 ball olgan, Vali 5 ball olgan, Soli 4 ball olmagan. Agar Soli 3 ball olmagani ma’lum bo’lsa, u holda o’quvchilar olgan ballarni aniqlang.

16. Ali 9 lik sanoq sistemasida 7 dan boshlab katak tashlamay sanaganda 21 ta son yozdi, Ali oxirgi yozgan sonni toping?

17. Ali va Vali bittadan son o’yladi. Ali X sonini, Vali esa Y sonini taxmin qildi. Ali, Valining o’ylagan soniga 9 va Vali Alining soniga 20 ni qo'shgandan so'ng, bu sonlarning yig'indisi ikkilik sanoq tizimida besh birlik dan iborat son hosil bo’ldi. Ali va Vali o’ylagan sonlarning yig’indisini toping? (Javobni ikkilikda aniqlang).

18. Ali daftar, kitob, yozuv qurollarini 3 xil rangli qutilarda saqlaydi. U shunday dedi: qizil quti daftarlardan o'ngroqda, kitoblar esa qizil sandiqdan o'ngroqda joylashgan, Agar yashil quti sariq qutidan o'ngroqda joylashgan bo'lsa, u holda kitoblar solingan qutining rangini aniqlang.

19. Bir sxemaning A kirishiga 011 signallar oqimi, B kirishiga esa 001 signallar oqimi kirdi. Agar sxemaning ishlashi natijasida 101 signallar oqimi olingan bo’lsa, u holda shu sxemaga mos mantiqiy ifodani aniqlang.

20. A=”. . . – port protsessordan ma'lumotlarni baytlarda oladi va qurilmalarga bitlarda uzatadi”, B=”Axborotlarni maxfiy saqlash uchun kodlash shifrlash deb ataladi”, C=rost bo’lsa, u holda A mulohazadagi nuqtalar o’rniga qaysi javobdagi matn qo’yilganda ((B OR C) AND NOT A) mantiqiy ifoda A mulohaza qiymati asosida yolg’on qiymat qabul qiladi.

0%