7-sinf geografiyadan online test

7-sinf o'quvchilari uchun geografiya fanidan online test savollari

Test savollari soni: 25 ta

Bajarish uchun ajratilgan vaqt: 60 daqiqa

Barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting.

Agar 5-soat mintaqada soat 10 bo'lsa, 1-soat mintaqada soat necha bo'ladi?

Chirchiq-Ohangaron o‘lkasining 500-1200 metr balandliklarda uchrovchi o‘simliklar ko‘rsatilgan variantni toping.

Sana o’zgarish chizig’i qaysi soat mintaqasidan boshlanadi.

Qoragiyo botig‘i O‘rta Osiyoning qaysi qismida joylashgan?

Rang o'simligi asosan qayerda ko'p tarqalgan?

Ustyurt o‘lkasidagi yillik yog‘in miqdorining 23 %i qaysi faslga tog‘ri keladi?

Quyidagilardan yirik masshtabli xarita masshtabini toping?

Tabiat zonalari, iqlim mintaqalari, o‘simlik va tuproq xaritalari qaysi usulda tuziladi?

Morguzar va Nurota tog‘larini ajratib turuvchi Amir Temur darvozasining kengligini toping.

Himolay, Pomir, Hindiqush, Kopetdog, Kavkaz, And, Kamchatka tog‘lari qaysi tog‘ burmalanishida ko‘tarilgan?

Bitta meridianning hamma joyida vaqt bir xil bo'lib bu qanday vaqt deyiladi.

Qanday atlaslarda joyning tabiiy sharoiti, xo‘jaligi, aholisi va madaniyati ko‘rsatiladi?

Atlantika okeani dengizlarini belgilang

Quyidagilardan o‘rta masshtabli globusning masshtabini toping.

O‘rta Osiyoning qaysi qismida – 35-450C sovuq kuzatiladi?

Kukdumoloq, Polvontosh va Mingbuloq konlaridan nima qazib olinadi?

O‘rta Osiyo hududi qaysi iqlim mintaqalari doirasida joylashgan?1. Arktika; 2. Subarktika; 3. Mo‘tadil; 4. Tropik;5. Subtropik; 6. Ekvatorial; 7. Subekvatorial; 8. Antarktida.

Qaysi andozada tayyorlangan xaritada materik, davlat, dengiz va orollarning maydonlari xatosiz tasvirlanadi ?

Afrikadagi Kalaxari chо‘li, Zambezi va Kongo daryolarini о‘rgangan tadqiqotchi kim?

O‘rta Osiyoning g‘arbiy chekka nuqtasi qayerda joylashgan?

Xaritalarning aerosurat va kosmik suratlardan ajratib turadigan muhim xususiyatlaridan biri ularning ……………….. dir.

Quyidagilardan Ustyurt o‘lkasida yashovchi qaysi hayvonlar O‘zbekiston “Qizil kitobi” ga kiritilgan?

O‘rta Osiyoga eng yaqin joylashgan okeanni toping.

Nurota tog‘ining sharqiy qismini qanday ataladi?

Chirchiq-Ohangaron tabiiy-geografik o`lkasida o`simlik va hayvonlarini muhofaza qilish uchun qaysi qo’riqxona tashkil etilgan?

0%