8-sinf adabiyot 3-chorak

8-sinf o'quvchilari uchun adabiyot fanidan 3-chorak testi

Test savollari soni: 20 ta

Barchaga omad yor bo'lsin!

Barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting.

" ... she'riyatimizga shamolday kirib keldi. Balki bo'ronday! U shunday to'polon va to'Iqin bilan keldiki, uncha-muncha she'riy uslub va ijodni to's-to's qilib yubordi. Uni o'zimizda 'O'zbekning Lermontovi', Moskva gazetalarida 'Sharqda Pushkin paydo bo'ldi', deb yozishdi," deganda Turob To'la kimni nazarda tutgan edi?

"Nahot, chaqmoq yondirmaydi butun ochunni? Qul gardiday umr — tog'day kulfat uchunmi?" Usmon Nosirning "Nil va Rim" she'ridan olingan yuqoridagi parchadan tagiga chizilgan so'zning ma'nosini toping.

Tragediya janriga mansub bo'lmagan asarni belgilang.

M. Shayxzodaning "Jaloliddin Manguberdi" dramasi asosida yaratilgan spektaklda Jaloliddin Manguberdi siymosini gavdalantirgan aktyor kim?

Dastlabki she'rlari 1929-yildan boshlab e'lon qilina boshlagan, "O'n she'r", "Uchinchi kitob", "Saylov qo'shiqlari" kabi she'riy to'plamlar muallifi kim?

G'afur G'ulomning birinchi she'riy to'plami qanday nomlanadi va u qachon nashr etilgan?

"Buyuk yunon dramaturgining 'Shoh Edip' tragediyasini o'zbek tiliga muvaffaqiyat bilan tarjima qilgan shoir kim?

G'afur G'ulom qaysi to'plami uchun 1946-yilda davlat mukofotiga sazovor bo'ldi?

M. Shayxzodaning "Mirzo Ulug'bek" tragediyasidagi to'qima obrazini belgilang.

"Geyne bilan o'rtoq tutindim, Lermontovdan ko'mak o'tindim," deya rus va jahon poeziyasiga maftun bo'lgan shoirni belgilang.

A. S. Pushkinning "Bog'chasaroy fontani" dostonini kim tarjima qilgan?

"G'alaba ishonchi", "Jangchining bayram kechasi", "Tug'ish-ganlar qaytdi" kabi urush davrida yaratilgan she'rlar muallifini belgilang.

G'afur G'ulomning "Vaqt" she'ri mazmuniga ko'ra qanday she'r hisoblanadi?

A. Muxtorning romanlari to'g'ri qayd etilgan javobni belgilang.

Menmi? Hasan degan bitta chilangar,

Bu zindonga tushganimga necha yil bo'ldi? Men go'daklikdan

Sultonlarga adovatni ko'nglimga bitdim,

Zo'ravonning zillatiga hech toqatim yo'q,

singari isyonkorona ruhda xitob qilayotgan Hasan Chilangar qaysi asar qahramoni?

Usmon Nosirning boshdan oxir talmch san'ati asosiga qurilgan she'rini belgilang.

To Munisdan Ramzesgacha, Ramzesdan nari, ,flfalika qiz" ~ Kleopatra hukmron davri. Undan tortib... yana uzoq, yana ko'p yillar, Xarsang bilan yotqizilgan necha mlng yo'llar.

Usmon Nosir qalamiga mansub ,,Nil va Rim" she'ridan  olingan mazkur parchada qanday she'riy san'at qo'llanilgan?

O'zbek xalqi milliy qahramonlarining faoliyati asosida urush yillarida vatanparvarlik, kurashchanlikka da'vat ruhida yozilgan tarixiy dramalarni belgilang.

Sen yuragimning chashma suvisan, Sen ko'zlarimning gavhar nurlari, Sening bahongni kim so'rasa, de: "Bahom — umrning bahosiga teng" to'rtligi U. Nosirning qaysi she'ridan olingan?

Shota Rustaveli, V. Shekspir, Bayron, Esxil kabj jahon adabiyoti namoyondalarining asarlarini mahorat bilan o'girgan tarjimon-shoir kim?

0%