7-sinf biologiya fanidan online test 5-variant

7-sinf o'quvchilari uchun biologiya fanidan online olimpiada savollari

5-variant

Test savollar soni: 20 ta

Bajarish uchun ajratilgan vaqt: 60 daqiqa

Sizga omad yor bo'lsin!

Barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting.

Qon aylanish sistemasi katta va kichik qon qaylanish doiralaridan iborat bo‘lgan organizmlar mansub turkumlarni aniqlang.

Odam organizmidagi sekretsiya bezlari ishlab chiqaradigan biologik faol moddalar va ularga xos xususiyatlarni juftlang. a) paratgormon; b) tiroksin; c) insulin; d) somatotrop. 1) asab tizimi normal takomillashuvini ta’minlaydi; 2) miqdori normadan kamaysa nerv muskul sistemasining qo‘zg‘aluvchanligi ortadi; 3) oqsillar sintezlanishini boshqaradi; 4) jinsiy bezlar funksiyasini pasaytiradi; 5) uglevod almashinuvini boshqaradi; 6) limfositlar hosil bo‘lishini kuchaytiradi; 7) qondagi ortiqcha glukozani kamaytiradi; 8) rearbsorbsiya jarayonini kuchaytiradi; 9) miqdori normadan ortsa nerv muskul sistemasining qo‘zg‘aluvchanligini pasayadi; 10) jigarda glikogen miqdorini kamaytiradi

Olxo’ri o’simligining changdonidagi 80 ta diploid to’plamli hujayralar gametalar hosil qilishda ishtirok etdi. Agar o’simlikda 128 ta urug’ hosil bo’lgan bo’lsa, hosil bo’lgan spermiylarning necha foizi markaziy hujayralarni urug’lantirishda qatnashgan?

Qaysi javobda magnoliyasimonlar (1) va ko‘p tuklilar (2) sinflariga mansub organizmlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

Tartib raqami 2-bo’lgan nerv sistemasining nomini aniqlang.

Nerv sitemasidagi ikki qavat membrana va ular orasidagi tirqishdan iborat neyronlarning o’zaro tutashgan joyi qanday nomlanadi?

O’simliklarning gul tuzilishlari haqidagi ta’riflar (a-c) hamda o‘simlik turlari (1-15) to‘g‘ri juftlangan javobni aniqlang. a) changchilari beshta, ulardan to‘rttasi ikkitadan juft bo‘lib qo‘shilgan, bittasi erkin; b) changchilari beshta, gultojbargining qo‘shilishidan hosil bo‘lgan nayga o‘rnashgan; c) changchilari o‘nta, ulardan to‘qqiztasining iplari bir-biri bilan qo‘shilib ketgan, o‘ninchisi esa erkin. 1) terakbargli liftok; 2) tangao‘t; 3) bodring; 4) kartoshka; 5) oqquray; 6) Oloy xiyoli; 7) qozonyuvg‘ich; 8) tuxumak; 9) Olga sorbariyasi; 10) yeryong‘oq; 11) madaniy tok; 12) itqovun; 13) beshyaproqli partenotsissus; 14) baqlajon; 15) ituzum

Rasmda odamning bosh miya bo’limlari tasvirlangan. 2-raqam bilan belgilangan bosh miya qismini aniqlang.

Quyida berilgan novdaning ichki tuzilishidagi 2-raqam qaysi turdagi to‘qimani ifodalaydi?

Odam tanasidagi quyida berilgan suyaklarni soniga mos holda to’g’ri juftlang? 1) peshona; 2) tepa; 3) ensa; 4) yuqori jag’; 5) pastki jag’; 6) to’sh; 7) yetim qovurg’alar; 8) soxta qovurg’alar a) 1 ta; b) 2 ta; c) 3 ta; d) 4 ta; e) 6 ta

O’simliklarda gulkosachani - A, gultojbargni - B, urug’chini - C va changchini - D harflari bilan belgilasak, quyidagi qaysi formula kungaboqar o’simligiga tegishli ekanligini aniqlang?

G’izol bilan bir turkumga kiruvchi tur (a) va zot (b) larni aniqlang. 1) zubr;   2) tarpan;   3) muflon;   4) kornuel;     5) kostroma;    6) arxar;    7) romanov;   8) axaltaka;

Populatsiya zichligi 1 gektar hududda 60000 tani tashkil qiluvchi makkajo‘xori dalasi bir yoz mavsumida 1 m2 hududda qancha (litr) suvni bug‘latadi? (Bir yoz davomida bir tup makkajo‘xori 200 l suv bug‘latadi)

Qarag‘ay va saksovul o‘simliklariga xos umumiy xususiyatlarni aniqlang.                 

Sariq ilonga xos belgilarni aniqlang. 1) uchta qovog‘i mavjud; 2) tangachalilar turkumiga kiradi; 3) tullaganda terisi yaxlit ko‘chib tushadi; 4) yuqorigi va pastki jag‘ cho‘ziluvchan paylar bilan birikkan; 5) oyog‘i bor; 6) tullaganda terisi parcha – parcha bo‘lib tushadi; 7) ayri tili tuyg‘u va ta’m bilish organi hisoblanadi; 8) haqiqiy qovoqlari bo‘lmaydi.

Qon aylanish sistemasi ochiq, mozaik ko‘rish xususiyatiga ega bo‘lgan organizmlarni belgilang.  1) zahkash; 2) biy; 3) apollon; 4) buzoqbosh; 5) mol kanasi; 6) sariq chayon

  Quyidagi rasmlardan qaysi birida (1-3) novdaning o’zgarishidan tikan hosil bo’lgan?  

Odam organizmidagi nefronlarning qaysi qismi buyrakning po‘stloq qismida joylashmagan?

Quyidagi organizmlarning sistematik o‘rni to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang. a) vidra; b) chumolixo‘r; c) tukli ari; d) salamandra

Quyidagilar orasidan noto‘g‘ri fikrni aniqlang.

0%