Report a question

You cannot submit an empty report. Please add some details.

Tarix fanidan attestatsiya savollari 2-variant

Tarix fanidan attestatsiya savollariga tayyorlanish uchun online test savollari

2-variant

Test savollari soni: 40 ta

Bajarish uchun ajratilgan vaqt: 60 daqiqa

Barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting.

Qo‘qon xonligidagi qaysi lavozim egasi tashqi siyosat masalalarida xonning bosh maslahatchi hisoblangan?

Cherkov qo‘llagan jazoning eng og‘iri nima edi?

XVIII asr oxirida quyidagi qaysi davlat maydoni jihatidan Yevropada uchinchi, qoʻshini soni jihatidan toʻrtinchi oʻrinni egallagan?

“Ingliz tojining marvaridi” hisoblangan hududni aniqlang.

Qaysi shahar somoniylar davrida o‘zining ko‘nchilik mahsulotlari va charm mollari bilan mashhur edi?

Xaritadagi ma’lumot(belgi)dan foydalangan holda qaysi javobning mazkur ma’lumot(belgi)larga aloqadorligini aniqlang.

Moskvani himoya qilishda mardligi va jasorati uchun “Qizil Bayroq” ordeni bilan taqdirlangan shaxsni aniqlang.

Qoracherik bu … .

Ikkinchi jahon urushidan so‘ng sovetlar tomonidan qaysi omil “Amerika kapitalining Yevropani egallash uchun urunish”- deb baholangan?

Chingizxonning asl ismi kim?

Suveren davlatlar o‘rtasida tovarlar, xizmatlar, moliya, investitsiya, ishchi kuchi erkin harakatlanadigan iqtisodiy kenglikni tashkil qilish maqsadida birlashish jarayoni qanday ataladi?

1898-yilgi Turkiston o‘lkasida sud nizomlarini qo‘llash qoidalariga muvofiq tuzilgan Toshkent sud palatasi qaysi davlat muassasasiga bo‘ysungan?

Mazkur karikatura qayerda sodir bo‘lgan urushni yodingizga solmqoda?

O‘rta asrlarda chet ellik savdogarlarlar marvlik ustalarning qaysi mahsulotlarini yuqori baholaganlar?

Loyan Buyuk kanali qurilishiga necha nafar kishi jalb etilgan?

Quyidagi diagrammalarni XXI asr boshlaridagi davlatlarning dunyodagi YIM hajmi bo‘yicha moslashtiring.

a – GFR, b – Yaponiya, c – AQSH.

Qaysi xalqlar xettlar poytaxtini bosib olib, shaharni butunlay vayronaga aylantirdilar?

Xitoyda qadimgi sivilizatsiyalar qaysi daryolar bo‘ylarida vujudga kelgan?

XIX asrning ikkinchi yarmida AQSHga makkajo‘xorining xosildor navlari qayerdan keltirilgan?

G‘aznaviylar davrida viloyat boshqaruv ishlari kim tomonidan amalga oshirilgan?

Avstralopitek odami qaysi hududdan topilgan?

AQSH qurolli kuchlari va hindular o‘rtasida oxirgi jang qachon bo‘lgan?

Buxoro xonligidagi qaysi amaldor dargoh xavfsizligi va unda o‘rnatilgan tartibga rioya qilinishi uchun javobgar bo‘lgan?

Abruy qo‘zg‘olonidan vahimaga tushgan mulkdor dehqonlar va boy savdogarlar Buxoro viloyatini tark etib, qaysi hududlar atrofiga borib o‘rnashadilar?

AQShda 1860-yil bo'lib o'tgan savlovda g'olib deb topilgan respublikachilar partiyasidan bo'lgan prezident qaysi javobda berilgan?

Quyidagi jadvalda harflar bilan belgilangan kataklar o‘rniga mos keluvchi ma’lumotlarni qo‘ying.

1) 1922; 2) Musulmonlar byurosi tashkil etildi; 3) Lozanna sahrtnomasi
imzolandi; 4) 1924; 5) Turkiston kompartiyasi vujudga keldi; 6) T. Risqulov o‘z vazifasidan ozod qilindi; 7) Germaniyada “Daues rejasi” amalga oshirilishi boshlandi; 8) 1923.

Buxoro xonligida qaysi biri harbiy soliq?

“Qat’iy belgilangan qonun-qoidalar” degan ma’noni anglatuvchi so‘zni aniqlang.

Mo‘g‘ullar Movarounnahrning qaysi shahrini bosib olish uchun eng ko‘p qurbon beradi?

Qadimgi Xorazmda joylashgan qaysi shahardagi qasrda 20 dan ortiq bo‘yalgan loy haykallar zallardan biridagi tokchalarda devor bo‘ylab o‘rnatilgan?

Bobilda o‘quvchilar nam loy taxtachalarga nimalardan yasalgan tayoqchalar bilan yozganlar?

Mahalliy aholidan ishonchli bo‘lgan kishilarni topish muammosini hal qilishida podsho hukumatiga dastlabki davrda ishlab chiqilgan qaysi tizim yordam bergan?

Qishloq jamoasi tarkibidan chiqqan va yerni feodaldan ijaraga olib, fermerga aylangan avvalgi qaysi tabaqa vakili tadbirkor bo‘lishi mumkin edi?

XIX asr o‘rtalarida Farg‘ona vodiysida quyidagi sug‘orish inshootlaridan qaysi birlari qurilmagan?

Yunonistonda kuchli zilzilalar va suv toshqinlariga sabab bo‘lgan vulqon otilishi natijasida vayron bo‘lgan sivilizatsiya qaysi?

Quyidagilardan qaysilari mahalliy hokimliklardan biri hisoblangan Sug‘dga qarashli?
1) Kesh; 2) Samarqand; 3) Buxoro; 4) Balx; 5) Koson.

“Turkiston o‘lkasini idora qilish to‘g‘risidagi Nizom” kim tomonidan tasdiqlangan?

Xiva xoni Elbarsxon qaysi yillarda hukmronlik qilgan?

Buxoro amirligida qaysi yer egaligi shakli urushda jasorat ko‘rsatgan yoki hukmdorning alohida topshiriqlarini bajargan shaxslarga berish natijasida vujudga kelgan?

Somoniylar davrida qimmatbaho mo‘ynalar, shamlar, cho‘qqi qalpoqlar qayerdan keltirilgan?

0%