Report a question

You cannot submit an empty report. Please add some details.

Ona tili va adabiyot fanidan attestatsiyaga tayyorlanish uchun online test savollari (1-variant)

❗️ ATTESTATSIYAGA TAYYORGARLIK KOʻRAYOTGAN OʻQITUVCHILAR UCHUN.

? Savollar soni: 40 ta

?Testlarni bajarish uchun ajratilga vaqt: 90 daqiqa

? Manba: ? @onlaynonatili_uz telegram kanali

Barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting.

Adib “Sinchalak”, “Muhabbat”, “O‘tmishdan ertaklar”
qissalari va kolxozlashtirish mavzusi yoritilgan “Qo‘shchinor chiroqlari” romani bilan o‘zbek nasrini boyitishga o‘z hissasini qo‘shgan.
Ushbu berilgan ma’lumot Said Ahmad haqida hisoblanadi. Ushbu ma’lumot...

    Qaysi javobdagi ma’lumot xalq dostonlaridan biridagi Boybo‘ri obrazi
haqida?

    Gapda ajratib ko‘rsatilgan tasviriy ifodalar qaysi so‘zlarga to‘g‘ri
keladi?
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, jahonda tinchlikni saqlash, tabiatni muhofaza qilish jamg‘armalariga eng ko‘p xayriya mablag‘i futbol qiroli va „temir musht“ egasi tomonidan amalga oshirilgan ekan. (Gazetadan)

    Qaysi gapda ot kesim vazifasidagi so‘zda paronim bilan bog‘liq
xatolik bor?

   Yasama so‘zning ega vazifasida kelishi kuzatiladigan bog‘lovchisiz qo‘shma gapni aniqlang.

    Qaysi javobdagi barcha so‘zlarda nuqtalar o‘rnida o unlisi yoziladi?

    Qaysi gapda bog‘lovchining qo‘llanishiga ko‘ra ikki turi ishtirok
etgan?

        Aql inson uchun eng oliy ne’matlardan biridir. Aql ila narsalarning sir-asrori o‘rganiladi, ilm va ma’rifat egallanadi, kasb-kor hosil qilinadi. Ushbu gapda necha o‘rinda yordamchi so‘z turkumlariga oid birliklar ishtirok etgan?

   Navoiy kuzning so‘lg‘in nafosati bilan nafas olgan hiyobonlarni oralab, tabiat va hayotdagi o‘zgarishlar ustida fikir qilib, kechinmalar, xislarga to‘lib yurarkan, navkar kelib, safar uchun otni tayorlab qo‘yganini bildirdi. Ushbu gapda nechta so‘z imlosida xatolik bor?

        “Uzlatda kechgan o‘n besh yil davomida kamina bu o‘tkinchi dunyo hayotini miridan sirigacha o‘rgandim. To‘g‘ri, uzoq yillar men na quyoshni, na odamlarni ko‘rdim, ammo-lekin sizlarning kitoblaringizdan ajoyib
musallaslar no‘sh etib, diltortar navolar tingladim, o‘rmon va yobonlarda
ohular-u g‘izollar ortidan quvdim…”
Ushbu parcha qaysi asardan olingan?

        Badiiy uslubda ko‘p qo‘llanib, tantanavorlik, ko‘tarinkilik bo‘yog‘ini namoyon qiladigan zamon qo‘shimchalari qaysi?

    Qaysi javobda Atoyi she’riyatiga oid tahlil keltirilgan?

        Ulg‘ayib, ustiga egar urilibdiki, har yakshanba kuni butun Hisor ni oshib, shu yer (bozor)ga keladi. Tor taxta ko‘prikning yoniga omonatgina qurilgan choyxona etagida to‘xtaydi… To‘riq uzoq vaqtgacha bunga ko‘nikolmadi, bir-ikki marta, hatto tizginni uzib qochdi, butun bozor ahlini sarson qildi. Bir-ikki marta esa, yarim yo‘lda tixirlik qilib oyog‘ini tirab turib oldi, bo‘lmadi. Qam chi yedi. Endi ko‘nikib qoldi.
Ushbu parchada tasviri keltirilgan to‘riq ot qaysi asarda uchraydi?

U har kuni tushda kelib, laganbardorlarcha itni o‘ynatardi.
Ushbu gapda fe’ldan yasalgan ot qatnashgan. Ushbu ma’lumot...

        Fitratning “Abulfayzxon” dramasida urishmaslik tarafdori bo‘lib ko‘rinsa ham, o‘z yurtini dushman qo‘liga topshirgan, dushman bilan yashirincha til biriktirgan, buning evaziga esa o‘z o‘g‘lini taxtga o‘tqazish va’dasini olgan adabiy qahramon kim?

   Xalqparvarlik va vatanparvarlik yoshlarning asosiy fazilati bo‘lmog‘i darkor. Ushbu gapdagi yasama so‘zlar faqat bosh bo‘lak vazifasida kelgan. Ushbu ma’lumot...

   Ega, kesim, hol, ega, kesim tartibida joylashgan ergashgan qo‘shma gapni
aniqlang.

        Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidur,
Har kimki jafo qilsa, jafo topqusidur.
Yaxshi kishi ko'rmagay yomonlik hargiz,
Har kimki yomon bo‘lsa, jazo topqusidur.
Ushbu she’riy misralar haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri?

        Bu olamda bormagan yurtim kam qoldi, - davom etdi Bobur o‘ychan ohangda. – Ne-ne go‘zal maskanlarni zabt etmadim. Lekin hech yerda buningdek latofatlig‘ bir viloyat ko‘rmadim.
Ushbu parchadagi sof fe’llarga xos bo‘lgan qaysi grammatik ma’nolar o‘zaro bir xil emas?
1)  mayl; 2) nisbat; 3) zamon; 4) shaxs-son; 5) tasdiq-inkor

Shoirning yuragi sof tuyg‘ulardan oziqlansa, uning ijod
daraxti gurkirab bo‘y cho‘zadi

>Ushbu gapda hokim qismlari ega va to‘ldiruvchi vazifasida kelgan aniqlovchili so‘z birikmalari qatnashgan. Ushbu ma’lumot...

        Qaysi javibda Chingiz Aytmatov qalamiga mansub “Oq kema” qissasiga oid ma’lumot keltirilgan?

    Qaysi javobdagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zda metafora usuli orqali
ma’no ko‘chishi yuz bergan?

    Qaysi gapda balki so‘zi zidlov bog‘lovchisi vazifasida kelgan?

    Kiyilaverib eskirib ketgan, juldur kabi ma’nolarni ifodalovchi
salbiy emotsional-ekspressiv bo‘yoqdor so‘z qaysi javobda berilgan?

    Qaysi gapda tinish belgisi bilan bog‘liq xatolik mavjud?

    Ibroyim Yusupov ijodiga oid ma’lumotni aniqlang.

    Qaysi javobda Zavqiyning “Ajab ermas” she’ri haqida ma’lumot
berilgan?

    Quyidagi jonzot nomlaridan nechtasi o‘z shakldoshiga ega?
1)  ot; 2) bit; 3) sug‘ur; 4) sher; 5) ari; 6) qarg‘a.

    Qaysi gapda vazifadosh bog’lovchi shaxs otlarini bog’lab kelgan?

  
Men musavvirlikning sirlarini o‘rganishga va o ‘zlashtirishga astoydil bel bog‘ladim, chunki menda unga havas uyg‘ongan. Ushbu ergashgan qo‘shma gapning bosh gap qismida nechta tobe bog‘lanish mavjud?

   Fe’lli so‘z birikmalari berilgan javobni aniqlang.

   U faqat shoirgina emas, balki adabiy tanqidchi ham edi. Mazkur gapda
atash ma’nosiga ega bo‘lmagan so‘zlar miqdorini aniqlang.

  Qaysi javobdagi gapda imloviy xatolikka yo‘l qo‘yilgan?

Ho-yu havas, moumonni (manmanlikni) tashlag‘anlar Chin oshiqdir, hargiz oni yolg‘oni yo‘q.Chin oshiqning sifatlari tasvirlangan ushbu misralar qaysi ijodkor qalamiga mansub?

   Qaysi maqolda tarkibidagi barcha undoshlari jarangsiz til undoshlari
sanalgan so‘z ikki o‘rinda qatnashgan?

        “…Nechun sen shahzodadan ranjiysen? Bu vafosiz toj-u taxt, insonlar ustidan hokimlik qilmoq lazzati o‘zingni ham aqli hushingdan ayirmagan edimu? Shahzoda yaxshi bo‘lsun, yomon bo‘lsun – o‘z farzanding, o‘z pushtikamaringdan bo‘lg‘an zurriyoting emasmu? Ot tepkisini ot ko‘taradur. Uni qarg‘ab, yomonlik tilagandan yaxshi so‘zingni so‘zlab, nasihatingni qilganing maqbul emasmu, ey osiy banda?”
O‘z farzandidan najot so‘rab kelgan hukmdorning o‘y-fikrlari ifoda etilgan
ushbu parcha qaysi asardan olingan?

Tamaddun so‘zi madaniyat so‘zi bilan o‘zaro ma’nodoshlikni hosil qiladi. Ushbu ma’lumot...

   
Xaloyiq harne qilsa tergamak yo‘q,
Ne qilg‘anni yomon qilding demak yo‘q.
… Olib kishvar elining ehtiyojin, Bag‘ishlab elga uch yillik xirojin.

Parchada ifodalanishicha, farzand ko‘rganidan sevinib xalqining uch yillik
xirojidan voz kechgan xoqon obrazi Navoiyning qaysi asarida uchraydi?

        “O‘tkan kunlar” romanida Otabek va Mirzakarim qutidorni yurtni qipchoqlarga qarshi qayragan qora choponlar tarafdori sifatida yomonlab qo‘rboshi bilan til biriktirgan, tuhmat qilgan qahramon kim?

        “Maktab ikki xonadan iborat bo‘lib, biri dahliz, biri sinfxona. Ana shu sinfda yetti yashar bolakay ham, o‘n ikki yashar yigitcha ham yonma-yon o‘tirib o‘qishadi, ularning har biri har xil sinf
o‘quvchisi bo‘lgani holda, bir sinfda o‘tirib saboq olishlari, bir- biriga xalaqit bermaydi”.
Ushbu tasvirda keltirilgan maktabning muallimi Inod qaysi asar qahramoni?

0%