Report a question What's wrong with this question? You cannot submit an empty report. Please add some details. 1234567891011121314151617181920212223242526272829303132333435363738394041424344454647484950 Ona tili va adabiyot attestatsiya 2024 Ona tili va adabiyot fanidan attestatsiyaga tayyorlanish uchun test savollari Savollar soni: 50 ta Bajarish uchun ajratilgan vaqt: 1 soat 30 daqiqa Test muallifi: Sherzod Rustamov Manba Barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting. Imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini aniqlang. raqobat, muallaq, missiya muxolifat, ijotbaxsh, qon-qoniga mashmasha, avtoyo‘l, nim pushti turonzamin, ko‘chama-ko‘cha, me’zon Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” dostonida O‘zg‘urmish tilidan O‘gdulmishgaaytilgan quyidagi parcha orqali muallifning qanday badiiy maqsadi ifodalangan?«Sen tansiq taomlarni, men esa oddiy arpa oshni yeymiz. Uxlab tursak, ikkimiz ham ochqolamiz… Sen kimxoblarga o‘ralib yurasan, men esa dag‘al yungdan tikilgan to‘n bilankifoyalanaman. Ertaga o‘lim kelsa, ikkimiz ham yalang‘och ketamiz…» Boy-badavlat odamlarni shohona hayotkechirishga emas, balki boshqa insonlardek oddiy hayot kechirishga chorlangan. Shohona kiyingan, tansiq taomlar yeydigan davlat amaldorlarining o‘z vazifalarini bajarmayotganligi shikoyat qilingan. Vaqtni behuda o‘tkazmaslik, hamma narsaning o‘tkinchiligi, inson tanni emas, ruhiyatini boyitishi kerakligi ta’kidlangan. Tansiq taom yeyuvchi va shohona liboslarni kiyuvchi insonlarni oddiy insonlardan farqlanishini ta’kidlagan. So‘zlar shakl va mazmuniy munosabatga ko‘ra to‘g‘ri tavsiflangan javobni aniqlang. 2, 4 1, 4 2, 3 1, 2 Barcha so‘zlari imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan gap qatnashgan javobni aniqlang. Bu feodal, har narsaga qodir zodagon, muttahamning ustidan o‘n besh marta ariza berdim. Tong yorishib, burqigan tutun va chang orqali shaharning xarob gavdasi asta- sekin nomayon bo‘ldi. Shu sababli ham ul hazratning muborak nomi abadul-abad insoniyat xotirasidan o‘chmagay. Lutfiniso kelinlariga qarshi hasta ko‘kragida yig‘ilgan gina-kuduratni ezmalik bilan, biron so‘zni yamlamay, qizning oldiga to‘kdi. Qaysi javobda ko‘tarinkilik, tantanavorlik bo‘yog‘ini ifodalagan, uslubiy xoslangan hozirgi zamon qo‘shimchasi qo‘llangan? Hech kimsadan kam emassan, kam bo‘lmagaysan, Yerda qolsang oftob bo‘lib kulmagaysan Qachon belni mahkam tortib bog‘lagaysan, Aytgil, do‘stim, nima qildik Vatan uchun? Ko‘zimda yosh bilan kularman men ham, Tilasam, muhabbat tilarman men ham. Ishq bilan dunyoni olarman men ham, Muhabbat bor edi, muhabbat mavjud. Barglarda raqs etar shabboda, O‘ynar sabo shaklinda kecha. Tun bulutga ko‘tarib boda, Afsonalar aytar tonggacha. Xayolning tumanli pardasi aro Yillar ko‘z oldimda charx urayotir, Qishloq ko‘chasidan zanjiday qaro Olov bolaligim yugurayotir. Erkin A’zamning “Tanho qayiq” asari haqida to‘g‘ri ma’lumot berilgan javobni aniqlang. Otasini uyiga olib ketgan Gulxadicha Orol boboni dori-darmonlari tugamasidan uyiga jo‘natib yuboradi, chunki otasi o‘z fikridan qaytmasligini anglagan edi. Orol boboning shogird(lar)i ustozining armon bilan o‘tishini istamagani uchun shishalar yordamida go‘yoki Orolga suv kelgandek qilib ko‘rsatishadi. Qalimbet qadriyatlarni hurmat qilib, farzandlik burchini ado etish maqsadida o‘z otasini Haj safariga yuboradi. Amet otasidan uni Leningradga salat to‘g‘rashga jo‘natishni so‘raydi, chunki u butun umr qayiqsozlik qilib o‘tishni xohlamasdi. Qaysi javodagi gapda qatnashgan fe’lning barcha vazifa shakllari fonetik tovush o‘zgarishi bilan qo‘llangan? O‘quv va uquv o‘rtasida katta farq bor, lekin bolalarning qiynaladigan jihatlaridan biri borki, ular mavzularni yodlab darsga kelisholmaydi. Chiniqqan jismoniyat insonga hech qachon pand bermaydi, chunki baquvvat jism sog‘liqni anglashda muhim ro‘l o‘ynaydi. Kuchuklarning vovullagan ovozi atrofni egalladi, ortga qayrilib ularni sanashni boshladim. O‘ynatadigan ham o‘zi, o‘ylatadigan ham o‘zi, siz esa na o‘ynamaysiz, na o‘ylamaysiz, hayotingizni tavakkal ustiga qurgansiz. Uyushgan bo‘lak va kiritma qatnashgan bog‘langan qo‘shma gapni aniqlang. Qiziq, sadaning tagida na qorovul, na rais bor, qizil choynak bilan to‘ntarib qo‘yilgan piyola esa raisning uzoqqa ketmaganini ko‘rsatardi. To‘g‘ri, insonning aqli uni yorug‘likka eltadi, lekin bir olim: "Inson aqli bilan atomni kashf etdi va bu bilan eng qabih ishga qo‘l urdi", - deganida haq edi. Bizning qadimiy va go‘zal diyorimiz nafaqat Sharq, balki jahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri ekanligi, o‘ylaymanki, bugun keng jamoatchilik uchun sir emas. Tinchlik bizning eng bebaho va doimiy boyligimizdir, shuning uchun bu uni, albatta, qadrlashimiz kerak, hurmatli o‘quvchilar. Maqsud Shayxzodaning “Jaloliddin Manguberdi” tragediyasida qatnashgan obrazlarga to‘g‘ri ta’rif berilgan javobni aniqlang.1. Amir Badriddin – Jaloliddinga xiyonat qilib, Chingiz tomoniga sotilgan kimsa edi.2. Sultonbegim – Jaloliddinga qarshi Amir Badriddin bilan til biriktirib, unga suiqasd qilgan inson edi.3. Qodog‘on no‘yon – Amir Badriddining mulozimi bo‘lib, Jaloliddinni to‘n kiydirish voqeasi orqali o‘ldirmoqchi bo‘ladi. faqat 1 1, 2 1, 3 faqat 3 Ushbu gapda qatnashgan olmoshlar haqida xato ma’lumot berilgan javobni aniqlang.Necha bu falak solg‘usi g‘urbatqa meni, Har lahza tugangusiz mashaqqatqa meni. Ne chora qilay, netayki,Tengri go‘yo Mehnatni menga yaratdi, mehnatqa - meni. Olmoshning tuzilishiga ko‘ra faqat bir turi qatnashgan. Shaxsga ishora qiluvchi yoki shaxs o‘rnida qo‘llanuvchi olmoshlar ishtirok etgan. Bosh va ikkinchi darajali bo‘lak vazifasini bajargan olmoshlar qatnashgan. Olmoshning uch ma’no guruhiga oid so‘zlar qatnashgan. Yordamchi so‘z turkumlarining barcha turi qatnashgan javobni aniqlang. Keyin Sobirjon bilan o‘sha do‘konga bordim, ammo hech bir narsani, ya’ni onam aytganlarini topolmadim. Avval ular bu yerga yetib kelishsin, keyin do‘stlarim va men shu ishlarni ham bajarib tashlaymiz. Tolibjon darsdan keyin to‘g‘ri uyiga qaytardi-yu, hech narsaga chalg‘imasdan darsinigina qilardi. Nafaqat o‘qishda, balki tarbiyada ham Gulini bizga har doim o‘rnak qilib ko‘rsatishar edi. “Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi” dostonida yuz bergan voqea(lar) to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang. Hamza Ravshanning xonlar naslidan ekanligini bilib, kun kelib menga ham foydasi tegib qolar degan maqsadda o‘g‘il qilib olgan edi. Go‘ro‘g‘li Bibi Hilolning o‘g‘li ekanini bilsa-da, Rustamxon unga yordam berishdan bosh tortadi. Rayhon arabning Xoljuvonni o‘g‘irlab ketishidan asosiy maqsadi farzandi noqobil bo‘lganligi bois undan farzandli bo‘lib,o‘ziga davomchi qilmoqchi edi. Odilxonning savdogarlari Qovushtixon tomonidan talangach Odilxon Qovushtixon yurtiga hujum qiladi. Tire o‘zar bir xil punktatsion qoida asosida qo‘yilmagan javobni aniqlang.1. Mehnatsiz rohat bo‘lmas, savobsiz – jannat.2. Bu – biznes, unga tasavvur qilganingdan ham ko‘p pul tikkanman.3. Chin insoniy fazilatlar – poklik, sofdillik, hallollik va mehnatsevarlik turli naqllar bilan tarannum etiladi.4. Farzand loy bo‘lsa, ona – kulol.5. Amir bo‘lgaymiz – ko‘ngli ochiq, qo‘li ochiq, hech kim bizga teng kelolmagay.6. Donolar shunday deydi: “Aytilgan gap – otilgan o‘q”. 2 va 6 2 va 4 1 va 4 3 va 5 Ushbu she’riy parchada ishtirok etgan qo‘shimchalar haqidagi to‘g‘ri hukmni toping.Osmon ham bo‘lib g‘anim,Qaytib tushsa – ne g‘amim!Bir tosh tushsa tushibdiTog‘day boshimga manim. Shakldosh sintaktik shakl yasovchilar qo‘llangan. Kelishik qo‘shimchalarining faqat bir turi qo‘llangan Zamon qo‘shimchalarining uchala turi ham qatnashgan. So‘z yasovchi va shakl yasovchi qo‘shimchalar qatnashgan. Har ikkala parchada ham ishtirok etgan fe’l shakllarini aniqlang. 1, 3, 6 1, 5, 6 1, 3, 4 2, 4, 5 Alisher Navoiyning “Saddi Iskandariy” dostonida aks etmagan ma’lumotni aniqlang. Yoshlik davri kayf-u safo,o‘yin-kulgi bilan o‘tgan, ammo qariganda toat qilishga-da quvvati qolmagan yigit obrazi uchraydi. Iskandar Doroning o‘ziga xiyonat qilgan navkarlarini jazolash haqidagi iltimosini qabul qiladi. Iskandarning Doroga xiroj to‘lamay qo‘yganligiga sabab otasi hukmronlik qilgan vaqtda mamlakat ancha qashshoqlashib qolgan edi. Iskandar taxtdan voz kechmoqchi edi,ammo otasining vasiyati yodiga tushib ikkilanib qoladi va xalqidan maslahat so‘raydi. Qaysi gapdagi nuqtalar o‘rniga sintaktik shakl yasovchi, lug‘aviy shakl yasovchi va so‘z yasovchi qo‘shimchalar mos keladi? Boy..ing ko‘p bo‘l..sa ham, bil..ing ko‘p bo‘lsin. Sizni eshit..k, aqlimizga aql qo‘shiladi, ona.., so‘z..yvering. Ko‘p o‘qi.. odam ko‘p biladi, sen buni aslo yod..dan chiqar.. . Yalqov.. muhtojliklar.. boshlanishi.. . Sharof Boshbekovning “Temir xotin” tragediyasidan olingan ushbu parchadagi lokator tushunchasi qanday badiiy maqsadni ifodalash uchun xizmat qilgan?“. . . men elektromagnit to‘lqinlari tarqatyapman. . . qirq yildan beri. Sen elektromagnit to‘lqinlari tarqatyapasan . . . tug‘ilganingdan beri. Eshmat tarqatyapti, Abdurayim, Mamarayim tarqatyapti - qabul qiladigan apparat yo‘q! Shuning uchun, Qumri, har bir idoraning tepasida lokator bo‘lishi kerak. Bitta bayroq, bitta lokator! Bitta bayroq, bitta lokator. Hozir-chi. . . Faqat bitta bayroqning o‘zi turibti. . . ” hukumatning iqtisodiy qashshoqligini ko‘rsatish uchun bu davrda ilm-fan yaxshi rivojlanmaganligini ko‘rsatish uchun hukumatga qattiqqo‘l boshqaruvchi lozimligini ta’kidlash uchun hukumatning xalq dardini tinglamayotganligini ifodalash uchun Berilgan gap haqidagi to‘g‘ri fikrni aniqlang.Quyosh nurlarini qishloqning serfayz ko‘chalariga ayamay sochadi, onda- sonda bolalarning kulgilari quloqqa chalinadi, katta chinor ostidagi yosh qizaloqning mayin kuylashi bahoriy kayfiyatga ko‘rk bag‘ishlaydi. Sifatlar bir xil sintaktik vazifa bajargan. Sifat darajalarining ikki xil turi qatnashgan. Faqat asliy sifatlar ishtirok etgan. Sifatlarning tuzilishiga ko‘ra faqat bir turi qatnashgan. Quyida berilgan gap haqida xato ma’lumot berilgan javobni aniqlang. O‘quvchilar mamlakatimizdagi sharoitlardan foydalanish uchun turli to‘garaklarga qatnashishi kerak, chunki ularning asosiy vazifasi yaxshi o‘qish va vatanga munosib bo‘lish hisoblanadi. Sifatlovchi aniqlovchining vositali to‘ldiruvchiga tobelanishi kuzatilgan. Sifatlovchi aniqlovchining ot kesimga to‘g‘ridan to‘g‘ri tobelanishi kuzatilgan. Maqsad holining ot kesimga to‘g‘ridan to‘g‘ri tobelanishi kuzatilgan. Kesimlarning tuzilishiga ko‘ra faqat bir turi qatnashgan. Quyidagi gapda qatnashgan sintaktik birliklarni aniqlang.Bizga yana o‘sha kishi, Mirzajon aka (bizda odat shunaqa: yosh bo‘lsa ham, odob yuzasidan aka deb gapirishadi), yo‘l ko‘rsatuvchi ekanligini eshitib, tabiiyki, barchamiz xursand bo‘lib ketdik.1) undalma; 2) ajratilgan bo‘lak; 3) uyushgan bo‘lak; 4) kiritma; 5) egasi ma’lum gap; 6) so‘z-gap. 3, 4 1, 4, 6 3, 4, 5 2, 4 Uilyam Shekspir qalamiga mansub “Hamlet” fojiasi voqealari qaysi javobda xato berilgan? Hamlet onasining xonasida gilam ortida bekinib turgan Klavdiyni o‘ldirib qo‘yadi. Poloniyning o‘g‘li Laert Hamletni duelga chaqiradi va sal yaralansa ham, o‘lishi uchun qilichini zaharlab qo‘yadi. Gertruda Hamlet uchun atalgan zahar solingan sharobni ichib qo‘yib halok bo‘ladi. Arvoh(otasi) Hamletni o‘zining ayanchli o‘limi uchun xiyonatkor amakisi Klavdiydan qasos olishga da’vat etadi. Erkin Vohidovning “Ruhlar isyoni” dostonidan olingan ushbu parcha haqida to‘g‘ri ma’lumot berilgan javobni aniqlang.«Ul kun Budda:«Mard agar senDardni ichga yut, degan.Ul yuzingga ursalar sen,Bul yuzingni tut, degan». Hindlar isyon qilmasliklari, sabr qilishlari kerakligi uqtirilgan. Tinchlik faqat urushlar yordamida o‘rnatilishi bayon qilingan. Hind va musulmonlar urushi hind ilohlarini g‘azablantirishi bayon qilingan. Hindlarning muqaddas Budda ilohi qoralangan. O‘zaro ma’nodoshlik hosil qila oladigan so‘zlarni aniqlang. sabot, matonat, bardosh behuda, ishonchsiz, puch o'xshash, ayon, aniq bachkana, sayoz, yuzaki Quyidagi she’riy parcha haqida to‘g‘ri ma’lumot berilgan javibni aniqlang. Oqil so‘zin o‘rnida so‘zlagay – shundan doim e’zozdadir,Nodon esa o‘ylamay degay – shundan u qadrsizdir. Vositali to‘ldiruvchi kesimga bevosita tobelangan. Kesimning tuzilishiga ko‘ra ikki turi qatnashgan. Sabab holi kesimga to‘g‘ridan to‘g‘ri tobelangan. Egalar bir turkum bilan ifodalangan. Chingiz Aytmatovning “Asrga tatigulik kun” romani qahramoni Jo‘lomon obrazi haqida berilgan to‘g‘ri ma’lumotni toping. Bo‘layotgan hodisalarni kech anglaydigan, ammo qo‘lidan hech qanday ish kelmaydigan, shuning uchun qullikni afzal biladigan kishi. Faqatgina jismoniy qo‘rquv tufayligina o‘z xo‘jayiniga sadoqat bilan xizmat qiladigan, ich- ichidan o‘z yaqinlari yoniga qaytishni istasa ham, buni sirtiga chiqara olmaydigan kishi. Osoyishta hayotni sevadigan, shuning uchun atrofdagi voqealarni ataylab bilmaslikka oladigan, ularga o‘zining hech qanday aloqasi yo‘qday tutadigan shaxs. Zo‘ravonlik tufayli o‘zligidan ayrilgan, shuning uchun atrofda bo‘layotgan voqealarni idrok qila olmaydigan, xotirasidan mahrum bo‘lgan shaxs. Ushbu gapda 1 va 2-raqamda ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning hokim bo‘lakka bog‘lanish vositalari haqida to‘g‘ri hukmni aniqlang.Dual ta’lim ta’lim oluvchilar(1) tomonidan zarur bilim, malaka va ko‘nikmalarni egallashga qaratilgan bo‘lib, ularning nazariy qismi ta’lim tashkiloti(2) negizida, amaliy qismi esa ta’lim oluvchining ish joyida amalga oshiriladi. Ajratib ko‘rsatilgan birinchi so‘z hokim bo‘lakka ko‘makchi; ikkinchi so‘z esa kelishik va ko‘makchilarsiz bog‘langan. Ajratib ko‘rsatilgan har ikkala so‘z ham hokim bo‘lakka kelishik va ko‘makchilarsiz bog‘langan. Ajratib ko‘rsatilgan birinchi so‘z hokim bo‘lakka ko‘makchi; ikkinchi so‘z esa kelishik yordamida bog‘langan. Ajratib ko‘rsatilgan birinchi so‘z hokim bo‘lakka kelishik; ikkinchi so‘z esa ko‘makchi yordamida bog‘langan. Gapdagi so‘zlarning mazmun va grammatikjihatdan bog‘lanishi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang.Xalqimizning asrlar davomida shakllangan qadimiy madaniyati va qadriyatlarini asrab qolishimiz uchun yosh avlodni milliy ruhda tarbiya qilishimiz lozim. asrlar davomida, qadimiy madaniyati. shakllangan madabiyati, tarbiya qilishimiz lozim. madaniyati va qadriyatlarini, xalqimizning qadriyatlarini. asrab qolishimiz, tarbiya qilishimiz lozim. Said Ahmadning “Qoplon” hikoyasi haqida qaysi javobda to‘g‘ri ma’lumot berilgan? O‘zligiga xiyonat qilgan kimsa hamda sadoqatli it obrazlari zidlantirib tasvirlangan. Paxta terimiga mafkuraviy tus berilishining salbiy oqibatlari fosh etilgan. Moddiy manfaat ilinjida andishani unutgan kimsalarga xos illatlar fosh etilgan. Tuhmat bilan qamalib ketgan ziyoli inson haqida so‘z borgan. Fitratning “Abulfayzxon” dramasi qahramonlari haqidagi xato talqinni toping.1. Abulfayzxon – yurtni adolat bilan boshqarmagan, shu sababdan asar davomida o‘z farzandi Abdumo‘min tomonidan o‘limga mahkum etilgan obraz.2. Hakimbiy – o‘z farzandini taxtga o‘tqazish uchun dushman bilan til biriktirgan, yurtga xiyonat qilgan qabih kimsa.3. Farhod otaliq – dushman qo‘shinlarini yengishda o‘zining hissasini ulkan deb bilgan, xonga qizini berish orqali unga yanada yaqin bo‘lishni maqsad qilgan obraz.4. Ibrohimbiy – haqiqatni aytishdan qo‘rqmaganligi, doim adolat tarafida bo‘lganligi uchun xon tomonidan jazolangan obraz. faqat 3, 4 faqat 1, 3 1, 2, 4 1, 3, 4 Gapda tushirib qoldirilgan tinish belgilari to‘g‘ri berilgan qatorni toping.Do‘stim Urush va tinchlik romanining bir joyi bor Biz birovlarni bizga qilgan yaxshiligiga qarab emas balki o‘zimizning ularga qilgan yaxshiliklarimizga qarab yaxshi ko‘ramiz deyilgan , " " : " , , " , – . , " " : " , " , – . , : " , " , – . , " " : " , " . Sh. Rahmonga mansub quyidagi she’riy parchada alohida ajratib ko‘rsatilgan jumla orqali muallif qanday badiiy maqsadni ifodalaganini aniqlang.Jangda o‘lgan emas biror bahodir, bari halok bo‘lgan xiyonatlardan, toshday uxlaganda to‘shlarin ochib yo zahar qo‘shilgan ziyofatlardan. Biror asotirda bahodirlarni hattoki, yuz boshli ajdar yemagan, ming bir sinoatli yalmog‘izlar ham tog‘larni o‘ynagan devlar yengmagan. bahodirlarning asotirlarda o‘chmas iz qoldirganini ifodalash. bahodirlar ajdarlar kabi kuchli ekanini ifodalash. bahodirlarning yengilmas ekanini dalillash. bahodirlarni jasoratini ajdarlarga qiyoslash. Yaproqlar tebranar she’r maqomiga,Chechaklar jimgina egib turar bosh.Marmar sarhovuzning kumush jomigaShoir ko’zlaridan oqib tushar yosh. Ushbu gapda qatnashgan so’z birikmalari haqida berilgan noto‘g‘ri hukmni aniqlang. Vositali to’ldiruvchilar faqat tobe qism vazifasini bajargan. Qismlari kelishik va ko’makchilarsiz bog’langan otli so’z birikmasi ishtirok etgan. Hokim qismga kelishik va ko’makchilarsiz bog’langan holli so’z birikmasi ishtirok etgan. Hokim qismi qaratqich aniqlovchi vazifasida kelgan aniqlovchili so’z birikmasi ishtirok etgan. … – Garovning nima keragi bor edi o‘zi? Huquqshunosning o‘n besh yil umrini yo‘qotishi, kaminaning ikki millionini ko‘kka sovurishidan kimga foyda-yu kimga ziyon? Bu narsa odamlarga o‘lim jazosining beshafqatligini anglatadimi yoki umrbod qamoq jazosining afzalliginimi? Yo‘q, aslo unday emas! G‘irt bema’nilik bu. Bu narsa kamina tomonidan badavlat kishining shunchaki to‘qlikka sho‘xligi bo‘lsa, huquqshunos tomonidan – pulga o‘chlik, boylikka hirs qo‘yish, tamom-vassalom... A. P. Chexovning “Garov” hikoyasidan olingan ushbu parchada alohida ajratib ko‘rsatilgan jumla orqali bankirning qanday ruhiy holati aks ettirilgan? uning garovda yutqazadigan pullariga achinishi. uning garovda yutqazib qo‘yishidan qo‘rqishi. uning garov ikki tomonga ham naf keltirmasligini anglashi. uning garov o‘ynaganidan afsuslanishi. G‘azalni o‘qing va quyidagi topshiriqlarni bajaring.1. Ey orazi nasrin, sochi sunbul, qadi shamshod, Bulbul kibi hajringda ishim nolavu faryod.2. Sayd oʻldi koʻngul koʻzlaringa, vah, qutulurmuBir qushki, aning qasdida boʻlgʻay iki sayyod?3. Ul maktab arokim oʻqudung noz rumuzin, Goʻyoki vafo ilmin unutmish edi ustod.4. Ashkimni koʻrub tez boʻlur koʻngli jafogʻa, Ore, itimas chunki suyi boʻlmasa foʻlod.Lug‘at: *Nasrin – oq xushbo‘y gul *Sunbul – uzun bargli o‘simlik va uning g‘uj bo‘lib ochiladigan guli; *Sayd – o‘lja; *Rumuz – ramzlar; *Ore – to‘g‘ri;*Itimoq – o‘tkir bo‘lmoq; *Fo‘lod – po‘lat.Ushbu parcha haqidagi xato ma’lumotni aniqlang. Uchinchi baytda yorning maktabda noz ilmini juda yaxshi o‘rgangani, ammo vafo ilmini o‘rganmaganligi yuzaga chiqadi. Ikkinchi baytda ko‘ngil qo‘ygan tuzoqqa yorning ko‘zlari asir tushganligi va undan qutulish uchun chora izlayotganligi haqida so‘z borgan. Birinchi baytda oshiqning yordan ayriliqdagi holati tasvirlanib, ma’shuqaning yuzi nasringa, sochi sunbulga, qomati esa shamshodga o‘xshatiladi. To‘rtinchi baytda oshiqning ko‘zyoshlarini ko‘rib yorning ko‘ngli yanada jafo qilishga ishtiyoqmand bo‘lishi ifoda etilgan. Parchada qaysi o‘xshatish aks etmagan? Yuz oq xushbo‘y gulga, soch uzun bargli o‘simlikka o‘xshatilgan. Oshiqning ko‘ngli ovchilardan qochayotgan qushga o‘xshatilgan. Ko‘zyosh toshni ham kesa oluvchi o‘tkir po‘latga o‘xshatilgan. Yorning ko‘zlari ov qilayotgan ovchiga o‘xshatilgan. Ushbu g‘azal haqida to‘g‘ri ma’lumot berilgan javobni aniqlang. Unli tovush raviy vazifasini bajargan. Ishtiqoq san’ati aks etgan. Mutlaq va muqayyad qofiya qo‘llangan. Qisqa radifdan foydalanilgan. Matnni o‘qing va quyidagi topshiriqlarni bajaring.Venera – Quyoshdan uzoqligi bo‘yicha ikkinchi va Yerga eng yaqin joylashgan sayyora. Venera Quyosh tizimidagi sayyoralar orasida ayol ismi bilan ataladigan yagona sayyora bo‘lib, u qadimgi Muhabbat ma'budasi sharafiga shunday atalgan. Venera insoniyatga qadimdan ma'lum. [1]Uning fizikjihatdan yerga o‘xshashligi tufayli, Yerning singlisi deb ham ataladi. Quyoshdan o‘rtacha uzoqligi 108 million kilometr. Quyosh atrofida to‘liq aylanib chiqish davri 224.7 kun. [2]Quyush sayyoralari ichida Venera Yerga eng yaqin sayyora hisoblanadi.Veneraning eng yaxshi ko‘rinadigan vaqti tong otar chog‘idir. Shuning uchun ham Venerani Tong yulduzi deb atashadi. [3]Venera Yerdan ko‘rinadigan osmon jismlari orasida Quyosh va Oydan keyingi eng yorqin osmon jismi hisoblanadi. Venera diametri Yer diametrining 95% qismiga, massasi Yer massasining 81.5% qismi teng. Veneraning o‘z o‘qi atrofida aylanish davrini hisoblash uzoq vaqtgacha imkonsiz bo‘lib, bunga sayyorani o‘rab turgan qalin bulutli qatlam mone'lik qilar edi. Bundan bir asr oldin Veneraning o‘z o‘qi atrofida aylanish davri 243.2 kunga teng ekanligi va u Yer va boshqa sayyorlarga nisbatan teskari tarafga aylanishi ma'lum bo‘ldi. Sayyoraning atmosferasi mavjudligi, shuningdek, uning Quyosh diski bo‘ylab o‘tish jarayonini M. Lomonosov 1761- yilda aniqlagan. XX asrda olib borilgan spektral tahlil natijalariga ko‘ra Venera atmosferasi asosan karbonat angidrid gazidan iboratligi aniqlandi [4]Venera tabiiy yo‘ldoshlarga ega emas.Matn mazmuniga mos to‘g‘ri ifodalangan ma’lumotni aniqlang. Venera Quyosh atrofini o‘z o‘qiga nisbatan kamroq muddatda aylanib chiqadi. Veneradagi atmosferaning mavjudligi XX asrda aniqlandi. Quyoshga yaqin sayyora bo‘lganligi sababli Veneraning o‘z o‘qi atrofida aylanish davrini hisoblash uzoq vaqt imkonsiz bo‘lgan. Venera va Yer boshqa sayyoralarga nisbatan boshqacha traektoriyada aylanadi. Matn mazmuniga mos to‘g‘ri shakllantirilgan gapni aniqlang. Venera atmosferasi faqat karbonat angidrid gazidan iborat. Venera Quyoshga yaqin joylashgani uchun eng yorqin sayyora hisoblanadi. Veneraning nomlanishi boshqa sayyoralardan farq qiladi. Veneraning hajmi yer hajmiga nisbatan mutanosib. Raqamlab ko‘rsatilgan qaysi jumla matnning mazmuniy tuzilishida uslubiy xatolikni yuzaga keltirgan? 3 1 4 2 X.X.Platev qaysi sharq allomasining ilmiy g'oyalarini umumlashtirib bilish to'g'risidagi nazariyani asoslab bergan? Al-Kindiy Forobiy Ibn Sino Beruniy Bilish jarayoniga alohida ahamiyat berib, insolarning bilishga bo'lgan intilishlarini keng yoritgan allomani asari bilan ko'rsating? Forobiyning "Baxt saodatga erishuv" to'g'risida Alisher Navoiyning"Maxbub-ul qulub" Abu Rayxon Beruniy "Mas'ud qonuniy" Abdurahmon Jomiyning "Musiqa" risolasi Rivojlangan aqlning eng oliy shakli nima? Mustaqil fikr Ijodiy yondashish Ijodiy fikr Intizomliylik Innovatsiya faoliyatidagi «kreativlik» deganda siz nimani tushunasiz? Shaxs o'zini namoyon qila olish va o'zining muayyan ishlarini amalga oshirish O'qituvchining kasbiy mahorati cho'qqilariga erishuvi ljtimoiy vaziyatlarda o'zining o'rnini anglab olish Individning yangi tushuncha yaratish va yangi ko'nikmalar hosil qilish qobiliyatini bildiradi Talabaning aqliy faoliyati xususiyatlari qanday belgilanadi? Intellektual faoliyatga qiziqish uyg'otish sifatida Muloqot doirasining kengayishida Bilimlar bilan qurollanish maqsadida Shaxsni hayotga va mehnatga tayyorlashning muhim jihati sifatida Pedagog modeli nimalardan iborat? ta’lim oluvchilarning bilimlarini xolisona baholay olish, talabchanlik va adolatlilik ta’lim berish mahorati, ta’lim oluvchilarning bilimlarini xolisona baholay olish, ilmiy- tadqiqot ishlarini olib borish, o’z bilim va mahoratini doimiy ravishda oshirib borish ilmiy-tadkikot ishlarini olib borish, u bilim va mahoratini doimiy ravishda oshirib borish o’z bilim va mahoratini doimiy ravishda oshirib borish, ta’lim oluvchilarning bilimlarini xolisona baholay olish Ta’lim jarayoni nimalardan iborat? maqsad, nazorat, baholash, natija, ta’lim metodlari xatoni tuzatish, baholash harakatlarni tekshirish maqsad, xatoni tuzatish Pedagogning umumiy madaniyati nimalardan iborat? Ijtimoiy madaniyat Kasbiy ahamiyatli madaniyat Bilimi, ishonchi, qobiliyati va xulqi Kasbiy faoliyatda yetukligi O’quv-bilish faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish metodlarini ko’rsating? Reproduktiv va muammoli-ijodiy Ifodali, ko’rgazmali, amaliy (o’qituvchi rahbarligida mustaqil ish metodlari) hammasi Induktiv va Deduktiv Muammoli o’qitish texnologiyasi nima? Muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish Bilimlarni o’zlashtirish texnologiyasi Takomillashgan o’qitish texnologiyasi Reproduktiv shakllariga nisbatan texnologiyasi Facebook Twitter VKontakte 0% Перезапустить тест