Report a question

You cannot submit an empty report. Please add some details.

Geografiya fanidan attestatsiyaga tayyorlanish uchun test savollari

Mazkur online test Geografiyaning Tabiiy Ijtimoiy Iqtisodiy Siyosiy yoʻnalishiga oid maʼlumotlar boʻyicha savollar va javoblar asosida test toʻplami shaklida tuzilgan Geografiya 2023 Test toʻplami asosida tayyorlangan. Test toʻplami oliy o’quv yurti talabalari va fan oʻqituvchilari, Abituriyentlar, Maktab o’quvchilari va Geografiya faniga qiziquvchilar uchun moʻljallangan.

Muallif: @geograf_bloger

Savollar bazasi: 383 ta

Sizga har safar kirganingizda: 40 ta test beriladi.
Bajarish uchun ajratilgan vaqt: 60 daqiqa

Sizga omad yor bo’lsin!

Barcha ma’lumotlarni to’g’ri kiriting.

Farg‘ona vodiysidagi neft konlarida uchraydigan yo‘ldosh gazdan qayerlarda foydalaniladi?

Qanday andozalarda ham burchak ham maydon xatoliklari bo‘ladi?

…………. sutka hosil bo‘ladi, kun va tun almashinadi, geografik qobiqda sutkalik ritmiklik ro‘y beradi, Koriolis kuchi hosil bo‘ladi, geografik qutblar vujudga keladi, turli meridianlarda mahalliy vaqt har xil bo‘ladi.

Qor va muzliklarning erishidan to‘yinishidan to‘yinadigan daryolarning suvi, asosan, qaysi oylarda ko‘payadi?

Jahonda aholi iste’mol qiladigan go‘shtning necha % iga yaqinini qoramolchilik yetkazib beradi?

Qaysi shaharda politelin plyonka va plastmassa quvurlar ishlab tayyorlanadi?

Chirchiq-Ohangaron vodiysining o‘rtacha balandligi necha metr?

Mamlakatimizda eng katta sug‘oriladigan yerlarga qaysi hududlar kiradi?

Afrika tabiatinini aholasini, urf odatlarini, xo‘jaligini o‘rganishda qaysi mashxur sayyohning alohida o‘rni bor?

To‘ng‘izsirt O‘rta Osiyoning qaysi mintaqaida o‘sadi?

Tabiatda vaqt o‘tishi bilan bir xil hodisalarning takrorlanib turishi… deyiladi

Qora dengiz suvining o‘rtacha sho‘rligi 18 ‰, Qizil dengiz suvining o‘rtacha sho‘rligi esa 42 ‰. Bu dengizlarning har biridan olingan 3 tonna suvning tarkibida qancha tuz uchraydi?

O‘zbekistonning tekislik qismi necha tabiiy geopgrafik o‘lkaga ajratiladi?

Litosfera plitalari tektonikasining yangi gipotezasi kimlar tomonidan e’lon qilingan?

1606- yilda materikka Yangi Gollandiya deb nom berilgan. So‘z qaysi materik haqida bormoqda?

Mamlakatimizdagi azotli o‘g‘it va sintetik tola ishlab chiqariladigan shaharlar ko‘rsatilgan variantni toping. 1 Toshkent, 2. Chirchiq, 3.Andijon, 4. Buxoro, 5.Farg‘ona, 6. Guliston, 7. Termiz, 8. Samarqand, 9. Urganch, 10.Qarshi, 11. Namangan, 12. Navoiy.

6000 m balandlikka ko‘tarilgan alpinistlarning barometri 250 mm simob ustunini ko‘rsatdi. Tog‘ etagidagi havo bosimini aniqlang.

Mamlakatimizdagi 1)furon birikmalari, 2) biokimyo, 3) gidroliz zavodlari joylashgan shaharlarni belgilang?

Dengiz bo‘yida havo bosimi 715 mm. sim. ust. ga teng, huddi shu paytda 4000 metr balandlikda havo bosimi necha mm.sim.ust.ga teng bo‘ladi?

Yengil metallar guruhini aniqlang

Yer taraqqiyotidagi eng ko‘p daraxt o‘simliklari o‘sgan davrini belgilang.

And tog‘tizmalari qaysi tog‘ burmalanishida shakillangan

Janubiy Amerikaga xos bo‘lgan nandu tuyaqushi qaysi zonada yashaydi?

O‘rta Osiyo tekislik va tog‘larida o‘simliklarning qancha turi mavjud?

Atmasferaning tarkibini birinchi bo‘lib kim aniqlagan?

To‘qay tarifini toping .

Qo‘qon shamoli asosan qaysi fasllarda ko‘proq esadi?

Afrika qirg‘oqlarida joylashgan davlatlarni aniqlang: 1)Efiopiya, 2)Eritеriya, 3)Somali, 4)Kеniya, 5)Uganda, 6)Sudan, 7)Jibuti, 8)Burkina-Faso.

Ohangaron vodiysidagi Arashonbuloq issiq suvli mineral bulog‘idan chiqayotgan shifobaxsh suvning harorati +37°C bo‘lsa, u qancha chuqurlikdan chiqayotganligini aniqlang.

Dengiz va okeanlarning chuqurligini o‘lchaydigan asbobni ko‘rsating?

Royal Dutch Shell”, China Petroleum & Chemikal Corp” qanday kompaniyalar hisoblanadi?

Uzoq muddatli pragnozlar necha yillarni o‘z ichiga oladi?

Asaka avtomobil zavodini avtomobil o‘rindiqlari bilan taminlovchi zavod qaysi shaharda joylashgan?

Nepal qachon monarxiyadan voz kechib, respublika boshqaruv shakliga o‘tdi?

Dengiz suvlarini chuchuklashtirish ishlari qayerlarda keng olib borilmoqda ?

Suv ostiga yuborilgan batiskaf 8700 metr chuqurlikda harorat +2°C ekanligini ko‘rsatdi. Shu paytda suvning yuzasida harorat qancha ( necha t°C ) ga teng bo‘lishini aniqlang.

O‘rta okean tizmalarining uzunligidan 150 marta qisqa masofani o‘rtacha tezlik bilan harakatlanuvchi kishi qancha vaqtda bosib o‘tadi? Bu masofa necha gradus meridian yoyining uzunligiga teng?

“Katta O‘zbek trakti” yo‘lining uzunligi qancha?

Krater vulqonning qaysi qismi hisoblanadi?

Respublikamiz shimolida Quyosh bir yilda qancha nur sochib turadi?

0%