Report a question

You cannot submit an empty report. Please add some details.

6-sinf informatika olimpiadasi viloyat bosqichi savollari

Matematika-Informatika olimpiadasi 6-sinf Viloyat bosqichi test savollari

 

Bellashuv.uz mahsuloti

Barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting.

𝑋 sonni 13 ga bo`lganda 8 qoldiq, 17 ga bolganda 12 qoldiq va 19 ga bo`lganda esa 14 qoldiq
qoladi. Berilgan shartlarni bajaradigan 𝑋 ning eng kichik qiymatini toping.

1,2,3,4 va 5 raqamlardan nechta 4 xonali son tuzish mumkin? Bunda bitta sonda har bir raqam
ko`pi bilan ikki marta ishtirok etadi.

Berilgan \(\overline {BA\;} \cdot \bar B \cdot \bar A = \overline {AAA} \) ifodani qanoatlantiruvchi 𝐴 va 𝐵 sonlarning ko`paytmasini
toping? (bunda har bir harf 1 tadan raqamni ifodalaydi)

Oltita sichqon bir nechta mushuklar bilan do`stlashib, mushuk va sichqon o`yinini o`ynashdi.
Agar o`yin davomida har bir sichqon 3 martadan tutilgan va har bir mushuk esa 2 martadan sichqon
tutgan bo`lsa, nechta mushuk o`yin o`ynagan?

Anvar, Bexruz va Abdulla aylanishga chiqishdi. Abdulla 3 qadam yurganda Anvar 5 qadam,
Anvar 4 qadam yurganda Bexruz 5 qadam yuradi. Anvar va Bexruz jami 540 qadam yurgan bo`lsa,
Abdulla necha qadam yurgan?

(1), (3,5), (7,9,11), berilgan ketma-ketlikda 17-qavs qaysi natural son bilan boshlanadi?

52024 va 22024 sonlari ketma-ket bitta son kabi yozildi. Hosil bo`lgan son necha xonali?

Yo`l bo`yiga bir nechta olma daraxti ekildi. So`ngra har ikki olma daraxtini orasiga bittadan
o`rik daraxti ekildi. Keyin har ikki daraxt orasiga bittadan nok daraxti ekildi. Shundan so`ng 41 ta
daraxtli bog` hosil bo`ldi. Dastlab nechta olma daraxti ekilgan?

G`aroyib hayvonlar mamlakatida bir nechta hayvon bor. Bu hayvonlar ikki turga bo`linadi
Birinchi turdagi hayvonda bitta bosh va 3 ta qo`l, ikkinchi turdagi hayvonda esa ikkita bosh va ikkita
qo`l bor. Mamlakatdagi boshlar soni 42 ta va qo`llar soni 78 ta bo`lsa, bu mamlakatda ikkinchi turdagi
hayvonlar soni nechta?

432432432432 sonidan 9 ga bo`linadigan eng katta sonni hosil qilish uchun, eng kamida
nechta raqamni o`chirib tashlash kerak? ( kamida 1 ta raqam o`chirilishi shart)

A,B,C,D,E,F va G harflar bilan nomlangan odamlar musobaqaga qatnashishdi. Bunda bitta
1-o`rin, ikkita 2-o`rin va uchta 3-o`rinni necha xil usulda tanlab olsa bo`ladi.

Sinfda 36 nafar o`quvchi o`qiydi. Ulardan bir nechtasi matematika, bir nechtasi ingliz tili va
bir nechtasi esa matematikani ham ingliz tilini ham o`qiydi. Har bir o`quvchi kamida bitta fan
o`qiydi. Ikkala fanni o`qiydiganlar 12 ta va matematikani o`qiydiganlar ingliz tilini o`qiydiganlardan
2 marta ko`p bo`lsa, nechta o`quvchi matematika o`qiydi?

Aylana atrofida 100 ta odam o`tirgan ekan odamlarning bazilari rus bazilari esa o`zbek. Agar
qaysidir odamning ikkala tomonidagi odam ham O`zi bilan bir xil davlatdan bo`lsa rost aks holda
yolg`on gapiradi. Har bir odam ,,Meni yonimdagi ikki odamdan aynan bittasi rost gapirdi” degan
bo`lsa, eng ko`pi bilan bu odamlarning nechtasiga ishonsa bo`ladi?

Yo`l bo’yida 100 metr uzunlikdagi bo`sh yer bor. Avval har 4 metrga archa keyin har
3 metrga qarag`ay keyin esa har 2 metrga bodom daraxti ekildi.(Agar ekilishi kerak bo`lgan joyga
oldinroq daraxt ekilgan bo`lsa bu joy tashlab o`tiladi) Jami nechta qarag`ay va bodom ekilgan?

Oltita bolaning vaznini o`rtachasi 71 kg, keyin ularga yana bir bola qo`shilgandan keyin
vaznining o`rtachasi 72 kg bo`ldi. Qo`shilgan bolaning vazni necha kg

Hisoblang: 1 − 3 + 5 − 7 + 9 − 11 + ⋯ − 2023

Jahongir 1,3,5 va 7 raqamlaridan to`rtta 4 xonali son tuzdi ( har bir raqam 1 martadan
qatnashadi) va bu to`rtta sonni qo`shganda 𝑋 soni bo`ldi. Agar 𝑋 ning bitta raqami juft qolgan
raqamlari toq bo`lsa, 𝑋 ning raqamlari yig`indisini toping.

𝑛, 𝑛 + 1 va 𝑛 + 2 sonlarining hammasini ikkita tub sonning ko’paymasi ko’rinishida yozish
mumkin bo’lgan eng kichik sonni toping.(misol uchun 4 va 6 shunday son ammo, 12 bunday emas).

\(\overline {UZB} + \overline {UZB} + \overline {UZB} = \overline {ZZZ} \) bo`lsa, \({B^U}\; + \;Z\;\)ni hisoblang.

Samandar 8 × 8 doskaning asosiy diagonallaridan biridagi 8 ta katakni kesib tashladi. Keyin
Alimardon qolgan shakldan 2 × 1 dominolar kesa boshladi. Alimardon ko`pi bilan nechta domino
kesa oladi?

G’aroyib kalkulyatorda 2 ta tugma bor. Bittasi qizil ikkinchisi esa ko`k. Bu kalkulyatorda
qizil tugma bosilsa 12 ni, ko`k tugma bosilsa 13 ni qo`shadi. Dastlab kalkulyator nolni ko’rsatayotgan
edi. Elbek bu kalkulyatorda bir necha marta tugmachalarni bosib n sonini hosil qildi. Asad esa Elbek
qaysi rangdagi tugmalarni necha marta bosganligini topdi. Asad bu ishni qila oladigan eng katta
𝑁 sonni toping.

Yig`ilishga 50 ta rahbar va 50 ta yordamchi keldi. Ular 10 ta stolga o`tirishdi (har bir stolda
teng miqdordagi odam o`tirishi shart emas). Ba’zilar: ,,Mening stolimdagi rahbarlar soni 3 tadan ko`p
emas” deyishdi, qolganlar esa indashmadi. Agar gapirgan har bir odam rost gapirgan bo`lsa, eng
ko`pi bilan necha kishi bunday degan bo`lishi mumkin?

Tenglamani yeching: \(\frac{{2x - 3}}{3} = \frac{{3x - 4}}{5}\)

\(\overline {12a86b} \) soni 72 ga karrali bo`lsa 𝑎 + 𝑏 yig`indining qiymatini toping.

Ikkita kesishmaydigan to`g`ri chiziqlarning birida 4 ta ikkinchisida esa 3 ta nuqta bor. Uchlari
shu nuqtalarda bo`lgan nechta uchburchak bor?

12 so`m 4 oyda 8 so`m foyda keltirsa, 10 so`m 6 oyda necha so`m foyda keltiradi?

Qayiq ma’lum bir masofaga oqim bo`ylab 6 soatda, oqimga qarshi esa 8 soatda borsa, sol shu
masofani qancha vaqtda bosib o`tadi.

Agar \(a*b = \frac{{{a^2} + {b^2} + 3ab}}{{a + b}}\;\)bo`lsa, (3 ∗ 6) ∗ 110 ni qiymatini hisoblang.

Hoshimjonning onasi Hoshimjonga 9 kg asal uchun pul berdi. Hoshimjon do`konga borganda
1kg, 2kg va 4kg lik idishlarda asal bor edi. Hoshimjon necha xil usulda bu idishlardan 9 kg asal sotib
olsa bo`ladi?

8, 14, 20, … , ketma ketlikning 20-hadini toping.

Agar \({2^b}\; = \;3\) va \({3^c}\; = \;2\) bo`lsa \(bc\) ko`paytmani toping.

Bir sportchi 4 kun mashg`ulotga boradi keyin 1 kun dam oladi. Agar sportchi birinchi marta
dushanba kuni mashg`ulota chiqqan bo`lsa 13-dam olish kuni qaysi kunga to`g`ri keladi?

Poyezd 75 km/soat tezlik bilan 2,4 soat, 70 km/soat tezlik bilan 3,6 soat yurgan bo`lsa,
poyezdning o`rtacha tezligini toping.

Ikkita ikki xonali natural sonning yig`indisi 185 ga ayirmasi esa 11 ga teng bo`lsa sonlardan
kattasini toping.

Agar \(a = \frac{{2024}}{{2025}},\;b = \frac{{4047}}{{4049}}\) va \(c = \frac{{6071}}{{6074}}\;\) bo`lsa, 𝑎, 𝑏 va 𝑐 sonlarni kamayish tartibida
joylashtiring.
(kichik harflarda hech qanday ochiq joy qoldirmasdan yozing. Misol uchun b>a>c ko'rinishida)

Anvar bir xil ko`rinishli 10 ta tosh sotib oldi. Anvar bu toshlarning har birini og`irligi 1g, 2g
… 10g larning qaysidir biriga teng va hammasi har xil og`irlikga ega ekanligini biladi. Lekin aynan
qaysi biri qanday og`irlikga ega ekanligini bilmaydi. Anvar ixtiyoriy ikkitasini tanlab og`irligini
so`ray oladi. Anvar eng kam nechta savol bilan har biri qanday og`irlikka ega ekanligini topoladi?

0%