6 - sinf matematika fanidan olimpiada

#Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
6 - sinf matematika fanidan olimpiada
Test savollari (javoblari bilan)
Hududiy bosqich
5.05.2023

Barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting.

\(\;1,\;2,\;2,\;3,\;3,\;3,\;4,\;4,\;4,\;4,\; \ldots \) sonlar qatoridagi dastlabki \(100\) ta sonning yig`indisini toping.

Manchester Yunayted va Barselona jamoalari futbol o`ynashmoqda, Barselona jamoasidagi o`yinchilarning o`rtacha yoshi \(22\) ga teng. Barselona jamoasida bir o`yinchi qizil kartochka olib o`yinni tark etdi va jamoada \(10\) kishi qoldi va qolgan o`yinchilarning o`rtacha yoshi \(21\) ga teng. O`yinni tark etgan o`yinchining yoshini aniqlang.

\(\;8 \times 18\) o`lchamli to`g`ri to`rtburchak, rasmda ko`rsatilgandek, ikkita teng oltiburchakka ajrarildi. Bu oltiburchaklarni biror qismini ustma-ust qo`ymasdan kvadrat yasash mumkin bo`lsa, \(y\) ning qiymati nimaga teng?

\({\rm{\;Agar\;abc\;}} = {\rm{\;}}1{\rm{\;b}}{{\rm{o}}^{\rm{'}}}{\rm{lsa}},\) \(\frac{1}{{1 + {\rm{a}} + {\rm{a}}b}} + \frac{1}{{1 + {\rm{b}} + {\rm{b}}c}} + \frac{1}{{1 + {\rm{c}} + {\rm{c}}a}}\) ifodaning qiymatini toping.

Ikki avtomobil yo’lda bir biri tomon harakatlanyapdi. Tezligi kattaroq bo’lgan avtomobil 40 km/soat tezlikda harakatlanmoqda va ikki soat o’tgach u yo’lning yarmidan 20 km o’tgandi va ikkinchi avtomobil bilan orasidagi masofa 6 km edi. Ikkinchi avtomobilning tezligini toping.

Shakarqamishning \(12\) foizi shakardan iborat. \(8,4\) tonna shakar olish uchun qancha shakarqamish kerak?

Qaysi chizmani ruchkani qog’ozdan uzmasdan va bitta chiziqni ustidan qayta yurmasdan chizish mumkin emas?

To’g’ri burchakli parallelopipedning asosi uzunligi enidan 3 marta katta, balandligi esa endian 7 sm uzun. Uning sirti yuzasi 630 \(s{m^2}\) bo’lsa hajmini toping .

Mashina 1 daqiqa 20 soniyada 1 km masofa yuradi. O’sha mashina xuddi shu tezlik bilan 1 soatda qancha masofa yuradi?

00 va 500 sonlari orasida 2, 3, 4, 5 va 6 sonlarning hammasiga bo’linadigan nechta son bor?

kasrning qiymati nimaga teng?\(\frac{{{2^{2001}} \cdot {3^{2003}}}}{{{6^{2002}}}}\)

Agarda oyning chorshanba kunidan boshlab ketma ket besh kundagi sanalari yig’indisi 75 ga teng bo’lsa, shu oyning uchinchi seshanbasi qaysi kunga to’g’ri keladi ?

To‘g‘ri tengliklarni aniqlang:
1) \(\frac{{171717}}{{252525}} = \frac{{1717}}{{2525}}\) 2) \(\frac{{313131}}{{757575}} = \frac{{3131}}{{7575}}\) 3) \(\frac{{1771}}{{2552}} = \frac{{17}}{{25}}\)

\(\;\)Bir-biriga tegib turgan to`rtta tishli g`ildirakdan birinchisi 3 marta aylanganda, ikkinchisi 6 marta, uchinchisi 8 marta, to`rtinchisi 9 marta aylandi. Agar jami tishlar soni 212 ta bo`lsa, birinchi g`ildirakning nechta tishi bor?

\(\;\)Qaysidir yilning mart oyida juma kunlaridan ko'ra payshanba kunlari ko'proq edi. Shu yilning 8 mart kuni haftaning qaysi kuni edi?

Ikkita sonning ko’paytmasi \({2^7} \cdot {3^3} \cdot {5^5} \cdot {7^3}\) ga teng bo’lsa, ularning yig’indisi quyidagi sonlardan qaysi biriga bo’lina oladi?

\(\;3\) ta ishchi bir ishni \(6\) kunda bajarishadi, xuddi shu ishni nechta ishchi ikki kunda bajarishadi?

Raqamlari yig’indisidan 3 marta katta bo’lgan ikki xonali sonlar nechta ?

\(\;\)Tenglamani yeching: \(3 + \frac{{210}}{{x - 3}} = 33\)

0%