9-sinf biologiya faninda online olimpiada

9-sinf o'quvchilari uchun

biologiya fanidan online olimpiada savollari

Manba: oo.uzedu.uz

Test savollar soni: 20 ta 

Bajarish uchun ajratilgan vaqt: 60 daqiqa

Bellashuv.uz

Barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting.

Suv shillig‘iga xos bo‘lmagan xususiyatlarni ko‘rsating. 1) uch juft nerv tuguni; 2) mantiya bo‘shlig‘i; 3) so‘lak bezlari; 4) katta qon aylanish doirasi qorinchadan boshlanadi; 5) xaltachasimon o‘pka; 6) ayrim jinsli.

Odamlarda qon aylanish sistemasida qonning harakat yo‘nalishi noto‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang.

Tuxumak o‘simligini vegetativ (a) va generativ (b) a’zolariga xos xususiyatlarni belgilang. 1) bargi panjasimon tomirlangan; 2) gullari qiyshiq; 3) barglari yonbargchasiz; 4) poyasi yog‘ochlashgan, ko‘p yillik o‘simlik; 5) mevasi bir nechta mevabargdan iborat; 6) meva yetilganda ikki pallaga ajraladi; 7) gullari ikki jinsli; 8) o‘t poyali; 9) changchilari 10 ta; 10) barglari yonbargchali

Quyidagi o‘simliklar nechta oila (a) va nechta turkum (b) ga tegishli ekanligini aniqlang. 1) qora ituzum; 2) terakbargli liftok; 3) turkiston ismalog‘i; 4) baqlajon; 5) o‘tloq sebargasi; 6) qizilmiya; 7) mador; 8) javdar; 9) kartoshka; 10) oq jo‘xori

O‘simliklarga ziyon keltiruvchi eukariot (a) va prokariot (b) organizmlarni juftlang. 1) tamaki mozaikasi qo‘zg‘atuvchisi; 2) gommoz qo‘zg‘atuvchisi; 3) bo‘rtma nematoda; 4) nozema; 5) vilt qo‘zg‘atuvchisi; 6) ichburug‘ amyobasi, 7) zang zamburug‘i; 8) mikoz qo‘zg‘atuvchisi.

Yuragi uch kamerali (I) va yuragi to‘rt kamerali, issiq qonli (II) hayvonlar to‘g‘ri juftlangan javobni aniqlang. 1) ildam kaltakesak; 2) hakka; 3) jirafa; 4) ko‘l baqasi; 5) akula; 6) timsoh.

Rasmdagi jarayon qaysi modda uchun xos va raqamlarga mos keluvchi javobni toping

Qanday irsiylanishda bir juft allel genlar bir nechta belgini ifodalaydi.

Qiyshiq gulli ko‘p yillik o‘tlar berilgan to‘g‘ri javobni aniqlang.

Exinokokkning asosiy xo‘jayini  …  hisoblanadi.

Quyidagi organizmlarning diploid hujayrasi 2- va 5-juft gomologik xromosmolarining har biri bittaga kamaysa, ular kariotipida nechta xromosoma bo‘ladi? a) suvarak; b) odam

Quyida bеrilgan qaysi hayvonlarning qon aylanish doirasi bitta? 1) lantsеtnik; 2) oq amur; 3) dengiz otchasi; 4) zog‘оra baliq; 5) triton; 6) salamandra; 7) sterlyad; 8) timsoh; 9) suv iloni; 10) chipor ilon

Rezus musbat, I qon guruhga ega sog‘lom odamga tegishli to‘g‘ri fikrlarni belgilang. 1) eritrotsitlarda antigemofil omil mavjud; 2) eritrotsitlarda gemoglobin va rezus omil mavjud; 3) qondagi antitanalar immunitetni ta’minlaydi; 4) barcha qon guruhlari uchun retsipiyent hisoblanadi.

Sarsazan (a), kalmar (b) va karakatitsa (c) ga tegishli ma’lumotlarni to‘g‘ri juftlang. 1) produtsent organizm; 2) prokariot organizm; 3) umurtqali hayvon; 4) aerob nafas oladi; 5) konsument organizm; 6) umurtqasiz hayvon.

Gullaydigan ikki uyli o‘simliklarni aniqlang. 1) zuxrasoch; 2) Turkiston archasi; 3) turkiston ismalog‘i; 4) dala qirqbo‘g‘imi; 5) funariya; 6) terak

Aorta (I) va o‘pka venasiga (II) xos bo‘lgan xususiyatlarni aniqlang. 1) chap qorinchadan boshlanadi; 2) o‘pka kapillarlarining yig‘ilishidan boshlanadi; 3)yurakning o‘ng qorinchasidan boshlanadi; 4) karbonat angdridga to‘yingan qon oqadi; 5) kislorodga to‘yingan qon oqadi; 6) arteriyalari o‘pka to‘qimasini kislorod bilan ta’minlaydi.

Ko‘zning gavhar qismiga xos bo‘lgan to‘g‘ri ma`lumotlarni aniqlang. 1) yorug`likni sindirib o‘tkazish; 2) ranglarni farqlashda qatnashadi; 3) akkamodatsiyani ta’minlaydi; 4) gipermetropiyaga sabab bo‘ladi; 5) daltonizmga sabab bo‘ladi; 6) miopiyaga sabab bo‘ladi; 7) faoliyati buzilsa, shapko‘rlik kelib chiqadi

To‘pgullar xili to‘gri ko‘rsatilgan (mos ravishda) javobni toping.

Poyasining pastki qismi yog‘ochlashgan, yuqori yashil qismi qishda sovuq urib ketadigan, ko‘p yillik o‘simliklarni toping. 1) izen; 2) lavlagi; 3) sachratqi; 4) sarsazan; 5) banyan; 6) bodom; 7) momaqaltiroq; 8) qora ituzum; 9) keyreuk; 10) yerbag‘ir tugmachagul.

Sarvardagi faol immunitetni hosil bo‘lishi bilan bog‘liq to‘g‘ri javobni aniqlang. 1)antitanalar Sarvar hujayrasidagi ribosomalarda sintezlanadi; 2)patogen mikrob yuborilganda hosil bo‘ladi; 3)gammaglobulin yuborilganda hosil bo‘ladi; 4)antitana boshqa odamning hujayrasida sintezlanadi; 5)yuqumli kasallikdan tuzalgandan so‘ng hosil bo‘ladi; 6) shu kasallik bilan oldin kasallani, keyin tuzalgan odamning qoni quyilganda hosil bo‘ladi.

0%