O’simliklarning gul tuzilishlari haqidagi ta’riflar (a-c) hamda o‘simlik turlari (1-15) to‘g‘ri juftlangan javobni aniqlang. a) changchilari beshta, ulardan to‘rttasi ikkitadan juft bo‘lib qo‘shilgan, bittasi erkin; b) changchilari beshta, gultojbargining qo‘shilishidan hosil bo‘lgan nayga o‘rnashgan; c) changchilari o‘nta, ulardan to‘qqiztasining iplari bir-biri bilan qo‘shilib ketgan, o‘ninchisi esa erkin. 1) terakbargli liftok; 2) tangao‘t; 3) bodring; 4) kartoshka; 5) oqquray; 6) Oloy xiyoli; 7) qozonyuvg‘ich; 8) tuxumak; 9) Olga sorbariyasi; 10) yeryong‘oq; 11) madaniy tok; 12) itqovun; 13) beshyaproqli partenotsissus; 14) baqlajon; 15) ituzum