9-sinf kimyo fanidan online olimpiada №6

9-sinf o'quvchilari uchun kimyo fanidan online olimpiada savollari

6-variant

Test savollari soni: 30 ta

Bajarish uchun aajratilgan vaqt: 60 daqiqa

Sizga omad yor bo'lsin!

Barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting.

Galogenid kislotaning 1,4 M li eritmasining titri 113,4 mg/ml ga teng. Galogenid kislotani aniqlang.

A moddaning konsentratsiyasi 20 da 30 sekundda ikki marta kamayadi. A moddaning konsentratsiyasini 60 da 2,5 sekundda necha marta kamayishini aniqlang? (y=2)

0,8 mol modda 0,05 mol/l ∙sek tezlik bilan 4 sekundda parchalansa, idishning hajmini aniqlang.

xMn+n ioni 54Cr+3 ioniga ham izoton, ham izoelektron bo’lsa, x va n ning qiymatini aniqlang.

Keltirilgan birikmalarning qaysi birida qutbli kovalent bog’ eng kuchli ifodalangan:

Kaliy permanganat molekulasida nechta sigma va nechta pi bog’ borligini aniqlang.

238U → E + x β+ y 0n1. ushbu yadro reaksiyada x/y ning qiymati 0,375 ga teng bo’lsa, noma’lum element izotopini aniqlang. (x+y=11)

Eritmaga suv qo’shilganda eritma massasi 3 marta ortdi. Konsentratsiyasi esa 8% ga kamaydi. Olingan eritmadagi tuz konsentratsiyasini (%) da aniqlang?

Eritmalarning qaysi jihatlari kimyoviy birikmalarga o‘xshaydi?

Kaliy permanganat va Bertole tuzlari kislorod hosil qilib parchalandi. KMnO4 ning parchalanishidan hosil bo’lgan kislorod Bertole tuzidan hosil bo’lgan kislorodning yarmiga teng bo’lsa, boshlang’ich tuzlarning mol nisbatibi aniqlang.

Massasi 230 g bo’lgan idishga 8 ml suyuqlik quyilganda idish massasi 250 g ni tashkil qilsa, quyilgan suyuqlik zichligini (g/ml) aniqlang.

Ma’lum temperaturada 6 g X modda 4 sekundda hosil bo’ladi. Tezlik ikki marta orttirilsa, 9 g modda necha sekundda hosil bo’ladi.

Noma’lum x M li Y tuzning titr va foiz konsentratsiyalari nisbatini aniqlang.(p=2g/ml)

Eritma va aralashmalarning qanday fizik-kimyoviy xususiyatlari o‘xshash?
1) Tarkibi bir necha xil moddadan iborat; 2) Tarkibi bitta moddadan iborat 3) Fizik usullar orqali tarkibiy qismlarga ajratish mumkin; 4) Kimyoviy reaksiyalar yordamida tarkibiy qismlarga ajraladi; 5) Hosil bo‘lishida issiqlik ajraladi yoki yutiladi; 6) Hosil bo‘lishida issiqlik ajralmaydi ham, yutilmaydi ham.

Biror bir tuzning dagi eruvchanlik koeffitsiyenti uning 50 dagi eruvchanlik koefsiyentidan 1,5 barobar ko’p. Agar shu tuzning 70 dagi to’yingan 290 g eritmasi 50 ga qadar sovitilganda 30 g tuz cho’kmaga tushishi ma’lum bo’lsa, shu tuzning 70 dagi eruvchanlik koeffitsiyentini aniqlang.

Kalsiy fosfat molekulasida nechta sigma va nechta pi bog’ borligini aniqlang.

40 dagi reaksiya 30 dagi reaksiyaga qaraganda 6 sekund oldin tugaydi. 50 dagi reaksiyaga qaraganda 2 sekunddan keyin tugaydi. Ushbu reaksiya 10 da necha sekundda tugaydi.

Tarkibida 80% suv saqlagan 100 g NaOH eritmasini bug’latib, tarkibida 5% suv saqlagan eritmadan necha gramm olish mumkin?

Qutbsiz kovalent bog’li molekulalar juftini aniqlang.

Sulfat angidridning parchalanish reaksiyasini to’rt marta orttirish uchun idishning hajmi qanday o’zgarishi lozim.

Xrom atomining bosh kvant soni 3 ga teng bo’lgan +1/2 spinli elektronlar soni nechta?

120 g 20% li NaOH eritmasiga 480 g 10%li NaOH eritmasi qo’shildi. Bunda 6M li eritma hosil bo’ldi. Hosil bo’lgan eritmaning zichligini (g/ml) toping.

Azot va noma’lum gaz aralashmasining geliyga nisbatan zichligi 10 ga teng. Ularning hajmiy nisbati almashgan aralashmaning geliyga nisbatan zichligi 8 ga teng. Noma’lum gazni aniqlang.

Bir moddaning 10 grammi 20C da 20 sekundda parchalanadi, 40C da sgu moddaning 90 grammi 20 sekundda parchalanadi. Shu reaksiyalarning tezlik koiffisiyentini aniqlang.

1,25x molyalli eritma hosil qilish uchun 28g kaliy ishqori x molyalli eritmaga qo’shildi. Hosil bo’lgan eritmaning massa ulushini (%) hisoblang.

Ammiak sintez qilish uchun tayyorlangan gazlar aralashmasida azot va vodorodning konsentratsiyalari yigindisi 12 mol/l ga teng. Reaksiyada muvozanat qaror topgandan so’ng vodorod va ammiakning konsentratsiyalari 1:2 nisbatda bo’lsa, reaksiya unumini(%) hisoblang. (Km=1)

Teng hajmda olingan kislorod va ozon massalari bir – biridan 480 g ga farq qilsa, aralashmadagi kislorod massasini(g) hisoblang.

\(MeS{O_4}\) o’zining massasidan 2 marta ko’p suvda eritilganda eritmadagi \(SO_4^{2 - }\) anionining massa ulushi \(\frac{1}{5}\) ga teng bo’ldi. Metallni aniqlang.

Vodorodning 3 xil izotopi (1H; 2D; 3T) va kislorodning 17O va 18O li izotoplaridan hosil bo’lgan suv molekulalaridan necha foizi tarkibida 11 ta neytron boladi?

Massasi 79,8 g bo’lgan ishqoriy metall va uning oksidi aralashmasining 1,2 mol miqdori suvda eritilganda tarkibida 300 g suv saqlagan 6 mol/kg li eritma hosil bo’ldi. Metallni aniqlang.