Report a question

You cannot submit an empty report. Please add some details.

Geografiya fani o'qituvchilari uchun attestatsiya savollari (1-variant)

Geografiya fanidan attestatsiyaga tayyorlanish uchun online test savollari

Test savollari soni: 40 ta

Bajarish uchun ajratilgan vaqt: 60 daqiqa

 

Barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting.

Janubi-sharqiy passatlar Katta Suvayirgʻich tizmasining qaysi yonbagʻirlariga yogʻin keltiradi?

Ekin maydonlarining kattaligiga koʻra qaysi davlat jahonda birinchi oʻrinni egallaydi?

Qumtar oltin koni qaysi davlat hududida joylashgan?

Qaysi davlat aholisining yosh tarkibida bolalar salmogʻi 14 % ni tashkil etadi?

Yanvar oyidagi oʻrtacha harorat –4 °C, iyul oyidagi oʻrtacha harorat +21 °C ga teng boʻlsa, o‘rtacha havo haroratining bir yillik amplitudasi qanchaga teng boʻladi?

Tugaydigan tabiiy resursni toping.

Ushbu yozuvsiz xaritada 1 va 4 raqamlar bilan O‘zbekistonning qaysi tabiiy geografik okruglari tasvirlangan?

Amudaryoning uzunligi qanchani tashkil qiladi?

O‘zbekistonning daryolari jadvalida D harfi o‘rniga mos keluvchi javobni toping.

Tinch okeanning qaysi qismida eng baland toʻlqin qayd qilingan?

Sharqiy Sayon, Taymir, Arabiston yarimoroli qaysi togʻ hosil boʻlish bosqichida vujudga kelgan?

Qaysi daryo Drakon togʻlaridan boshlanib, Atlantika okeaniga quyiladi?

Amundsen dengizi qaysi okeanda joylashgan?

Dunyo okeanida jami nechta dengiz ajratilgan?

And togʻlarida keng tarqalgan foydali qazilmalarni toping.

Issiqlik koeffitsienti 0,30 ga teng boʻlgan yoqilgʻini toping.

Qaysi daryo quyi oqimida estuariy hosil qiladi?

Yevropaning yozuvsiz xaritasida 1 va 4 raqamlar bilan qaysi davlatlar tasvirlangan?

Musson iqlimli o‘lkalardagi daryolarning suv sathi qaysi faslda ko‘tariladi?

2017-yil holatiga koʻra qaysi davlat YIMning aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan koʻrsatkichi boʻyicha jahonda birinchi oʻrinni egallagan?

Nosir Xisrov yetti yil davom etgan ikkita sayohatida qancha masofani bosib oʻtgan?

Qaysi togʻ oraliq botigʻining oʻrtacha balandligi 300–500 metrga teng?

Ustyurt tabiiy geografik okrugiga tushadigan yillik yogʻin miqdorining 26 foizi qaysi faslga toʻgʻri keladi?

Janubiy Yevropa subregionida joylashgan davlatni toping.

Sulavesi orolining janubida joylashgan dengiz nomini toping.

Quyidagi rasmda keltirilgan shartli belgini toping.

Markaziy Yoqutiston, Hindiston yarimorolida qaysi foydali qazilma turi koʻp uchraydi?

Dunyo okeani atamasini fanga qaysi olim kiritgan?

Quyidagi qaysi davlat OPEK tashkilotiga a’zo?

2018-yil Amerika qit’asida mustaqil davlatlar soni nechtani tashkil qildi?

Amudaryoga chap tomondan qoʻshiluvchi daryoni belgilang.

Yevropaning qaysi davlatlarida qora metallurgiya sanoati rivojlangan?

Misning nikel bilan qotishmasi qanday nomlanadi?

Geografik qobiq rivojlanishining qaysi bosqichida atmosfera shakllangan?

Jahonda zaytun yetishtirishda qaysi davlatlar yetakchilik qiladi?

Qachon I. Fyodorov va M. Gvozdev Shimoliy Amerika materigining shimoli-g‘arbiy sohillarini o‘rganishgan?

Jahonning yetakchi 500 ta TMKlarining 53 tasi qaysi davlatda joylashgan?

Hisorak suv ombori qaysi viloyatda joylashgan?

Quyidagi chizmadan foydalanib, sutkalik oʻrtacha haroratni aniqlang.

Ustyurt platosining qaysi qismi qir va botiqlardan iborat?

0%