Report a question

You cannot submit an empty report. Please add some details.

Tarix fanidan attestatsiya savollari 2-variant

Tarix fanidan attestatsiya savollariga tayyorlanish uchun online test savollari

2-variant

Test savollari soni: 40 ta

Bajarish uchun ajratilgan vaqt: 60 daqiqa

Barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting.

Abruy qo‘zg‘olonidan vahimaga tushgan mulkdor dehqonlar va boy savdogarlar Buxoro viloyatini tark etib, qaysi hududlar atrofiga borib o‘rnashadilar?

Birinchi salib yurishlari qanday natija bilan yakunlandi?

Bobilda o‘quvchilar nam loy taxtachalarga nimalardan yasalgan tayoqchalar bilan yozganlar?

Buxoro xonligidagi qaysi amaldor dargoh xavfsizligi va unda o‘rnatilgan tartibga rioya qilinishi uchun javobgar bo‘lgan?

Somoniylar davrida qimmatbaho mo‘ynalar, shamlar, cho‘qqi qalpoqlar qayerdan keltirilgan?

Suveren davlatlar o‘rtasida tovarlar, xizmatlar, moliya, investitsiya, ishchi kuchi erkin harakatlanadigan iqtisodiy kenglikni tashkil qilish maqsadida birlashish jarayoni qanday ataladi?

Moskvani himoya qilishda mardligi va jasorati uchun “Qizil Bayroq” ordeni bilan taqdirlangan shaxsni aniqlang.

Qadimgi Xorazmda joylashgan qaysi shahardagi qasrda 20 dan ortiq bo‘yalgan loy haykallar zallardan biridagi tokchalarda devor bo‘ylab o‘rnatilgan?

Mo‘g‘ullar Movarounnahrning qaysi shahrini bosib olish uchun eng ko‘p qurbon beradi?

Xaritadagi ma’lumot(belgi)dan foydalangan holda qaysi javobning mazkur ma’lumot(belgi)larga aloqadorligini aniqlang.

Qo‘qon xonligidagi qaysi lavozim egasi tashqi siyosat masalalarida xonning bosh maslahatchi hisoblangan?

“Zemstvo” atamasiga izoh bering.

AQShda 1860-yil bo'lib o'tgan savlovda g'olib deb topilgan respublikachilar partiyasidan bo'lgan prezident qaysi javobda berilgan?

Buxoro amirligida qaysi yer egaligi shakli urushda jasorat ko‘rsatgan yoki hukmdorning alohida topshiriqlarini bajargan shaxslarga berish natijasida vujudga kelgan?

Xitoyda qadimgi sivilizatsiyalar qaysi daryolar bo‘ylarida vujudga kelgan?

“Ingliz tojining marvaridi” hisoblangan hududni aniqlang.

O‘rta asrlarda chet ellik savdogarlarlar marvlik ustalarning qaysi mahsulotlarini yuqori baholaganlar?

Qoraxoniylar davlati viloyatlarga bo‘lib idora qilingan va ularni quyidagi shaxslar boshqargan. Javoblar ichidan bu viloyatlarga hokim bo‘lgan lavozimlardan biri notog‘ri berilgan variantni toping.

XVIII asr oxirida quyidagi qaysi davlat maydoni jihatidan Yevropada uchinchi, qoʻshini soni jihatidan toʻrtinchi oʻrinni egallagan?

“Turkiston o‘lkasini idora qilish to‘g‘risidagi Nizom” kim tomonidan tasdiqlangan?

Avstriya-Vengriya imperiyasi qachon tashkil topgan?

O‘rta Osiyoda eng yirik hisoblangan Tojikistondagi Rog‘un GESining qurilishiga O‘zbekiston qarshi emasligini qachon bildirdi?

Chingizxonning asl ismi kim?

Xiva xoni Elbarsxon qaysi yillarda hukmronlik qilgan?

Cherkov qo‘llagan jazoning eng og‘iri nima edi?

XIX asrning ikkinchi yarmida AQSHga makkajo‘xorining xosildor navlari qayerdan keltirilgan?

Qishloq jamoasi tarkibidan chiqqan va yerni feodaldan ijaraga olib, fermerga aylangan avvalgi qaysi tabaqa vakili tadbirkor bo‘lishi mumkin edi?

Qoracherik bu … .

Quyidagilardan qaysilari mahalliy hokimliklardan biri hisoblangan Sug‘dga qarashli?
1) Kesh; 2) Samarqand; 3) Buxoro; 4) Balx; 5) Koson.

Qaysi xalqlar xettlar poytaxtini bosib olib, shaharni butunlay vayronaga aylantirdilar?

Qaysi shahar somoniylar davrida o‘zining ko‘nchilik mahsulotlari va charm mollari bilan mashhur edi?

O‘rta asrlarda Hindistonda mavjud bo‘lgan knyazliklarni kimlar boshqarganlar?

XIX asr o‘rtalarida Farg‘ona vodiysida quyidagi sug‘orish inshootlaridan qaysi birlari qurilmagan?

Buxoro xonligida qaysi biri harbiy soliq?

“Qat’iy belgilangan qonun-qoidalar” degan ma’noni anglatuvchi so‘zni aniqlang.

Quyidagilardan qaysi shahrlar feodal qal'alari atrofida paydo bo‘lgan?
1) Strasburg; 2) Myunster; 3) Sen-Gallen; 4) Augsburg; 5) Bryugge; 6) Gamburg.

Loyan Buyuk kanali qurilishiga necha nafar kishi jalb etilgan?

AQSH qurolli kuchlari va hindular o‘rtasida oxirgi jang qachon bo‘lgan?

Avstralopitek odami qaysi hududdan topilgan?

Yunonistonda kuchli zilzilalar va suv toshqinlariga sabab bo‘lgan vulqon otilishi natijasida vayron bo‘lgan sivilizatsiya qaysi?

0%