Report a question What's wrong with this question? You cannot submit an empty report. Please add some details. 123456789101112131415161718192021222324252627282930313233343536 6-sinf informatika olimpiadasi viloyat bosqichi savollari Matematika-Informatika olimpiadasi 6-sinf Viloyat bosqichi test savollari Bellashuv.uz mahsuloti Barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting. 𝑋 sonni 13 ga bo`lganda 8 qoldiq, 17 ga bolganda 12 qoldiq va 19 ga bo`lganda esa 14 qoldiqqoladi. Berilgan shartlarni bajaradigan 𝑋 ning eng kichik qiymatini toping. Check 1,2,3,4 va 5 raqamlardan nechta 4 xonali son tuzish mumkin? Bunda bitta sonda har bir raqamko`pi bilan ikki marta ishtirok etadi. Check Berilgan \(\overline {BA\;} \cdot \bar B \cdot \bar A = \overline {AAA} \) ifodani qanoatlantiruvchi 𝐴 va 𝐵 sonlarning ko`paytmasinitoping? (bunda har bir harf 1 tadan raqamni ifodalaydi) 15 21 24 28 Oltita sichqon bir nechta mushuklar bilan do`stlashib, mushuk va sichqon o`yinini o`ynashdi.Agar o`yin davomida har bir sichqon 3 martadan tutilgan va har bir mushuk esa 2 martadan sichqontutgan bo`lsa, nechta mushuk o`yin o`ynagan? 9 8 12 4 Anvar, Bexruz va Abdulla aylanishga chiqishdi. Abdulla 3 qadam yurganda Anvar 5 qadam,Anvar 4 qadam yurganda Bexruz 5 qadam yuradi. Anvar va Bexruz jami 540 qadam yurgan bo`lsa,Abdulla necha qadam yurgan? 236 128 144 198 (1), (3,5), (7,9,11), berilgan ketma-ketlikda 17-qavs qaysi natural son bilan boshlanadi? 275 289 307 273 52024 va 22024 sonlari ketma-ket bitta son kabi yozildi. Hosil bo`lgan son necha xonali? Check Yo`l bo`yiga bir nechta olma daraxti ekildi. So`ngra har ikki olma daraxtini orasiga bittadano`rik daraxti ekildi. Keyin har ikki daraxt orasiga bittadan nok daraxti ekildi. Shundan so`ng 41 tadaraxtli bog` hosil bo`ldi. Dastlab nechta olma daraxti ekilgan? 13 10 21 11 G`aroyib hayvonlar mamlakatida bir nechta hayvon bor. Bu hayvonlar ikki turga bo`linadiBirinchi turdagi hayvonda bitta bosh va 3 ta qo`l, ikkinchi turdagi hayvonda esa ikkita bosh va ikkitaqo`l bor. Mamlakatdagi boshlar soni 42 ta va qo`llar soni 78 ta bo`lsa, bu mamlakatda ikkinchi turdagihayvonlar soni nechta? 24 18 16 12 432432432432 sonidan 9 ga bo`linadigan eng katta sonni hosil qilish uchun, eng kamidanechta raqamni o`chirib tashlash kerak? ( kamida 1 ta raqam o`chirilishi shart) 2 1 3 4 A,B,C,D,E,F va G harflar bilan nomlangan odamlar musobaqaga qatnashishdi. Bunda bitta1-o`rin, ikkita 2-o`rin va uchta 3-o`rinni necha xil usulda tanlab olsa bo`ladi. Check Sinfda 36 nafar o`quvchi o`qiydi. Ulardan bir nechtasi matematika, bir nechtasi ingliz tili vabir nechtasi esa matematikani ham ingliz tilini ham o`qiydi. Har bir o`quvchi kamida bitta fano`qiydi. Ikkala fanni o`qiydiganlar 12 ta va matematikani o`qiydiganlar ingliz tilini o`qiydiganlardan2 marta ko`p bo`lsa, nechta o`quvchi matematika o`qiydi? 16 20 12 32 Aylana atrofida 100 ta odam o`tirgan ekan odamlarning bazilari rus bazilari esa o`zbek. Agarqaysidir odamning ikkala tomonidagi odam ham O`zi bilan bir xil davlatdan bo`lsa rost aks holdayolg`on gapiradi. Har bir odam ,,Meni yonimdagi ikki odamdan aynan bittasi rost gapirdi” deganbo`lsa, eng ko`pi bilan bu odamlarning nechtasiga ishonsa bo`ladi? Check Yo`l bo’yida 100 metr uzunlikdagi bo`sh yer bor. Avval har 4 metrga archa keyin har3 metrga qarag`ay keyin esa har 2 metrga bodom daraxti ekildi.(Agar ekilishi kerak bo`lgan joygaoldinroq daraxt ekilgan bo`lsa bu joy tashlab o`tiladi) Jami nechta qarag`ay va bodom ekilgan? Check Oltita bolaning vaznini o`rtachasi 71 kg, keyin ularga yana bir bola qo`shilgandan keyinvaznining o`rtachasi 72 kg bo`ldi. Qo`shilgan bolaning vazni necha kg 78 76 75 72 Hisoblang: 1 − 3 + 5 − 7 + 9 − 11 + ⋯ − 2023 1246 -1012 -1476 1512 Jahongir 1,3,5 va 7 raqamlaridan to`rtta 4 xonali son tuzdi ( har bir raqam 1 martadanqatnashadi) va bu to`rtta sonni qo`shganda 𝑋 soni bo`ldi. Agar 𝑋 ning bitta raqami juft qolganraqamlari toq bo`lsa, 𝑋 ning raqamlari yig`indisini toping. Check 𝑛, 𝑛 + 1 va 𝑛 + 2 sonlarining hammasini ikkita tub sonning ko’paymasi ko’rinishida yozishmumkin bo’lgan eng kichik sonni toping.(misol uchun 4 va 6 shunday son ammo, 12 bunday emas). Check \(\overline {UZB} + \overline {UZB} + \overline {UZB} = \overline {ZZZ} \) bo`lsa, \({B^U}\; + \;Z\;\)ni hisoblang. 6 10 12 9 Samandar 8 × 8 doskaning asosiy diagonallaridan biridagi 8 ta katakni kesib tashladi. KeyinAlimardon qolgan shakldan 2 × 1 dominolar kesa boshladi. Alimardon ko`pi bilan nechta dominokesa oladi? 24 28 18 30 G’aroyib kalkulyatorda 2 ta tugma bor. Bittasi qizil ikkinchisi esa ko`k. Bu kalkulyatordaqizil tugma bosilsa 12 ni, ko`k tugma bosilsa 13 ni qo`shadi. Dastlab kalkulyator nolni ko’rsatayotganedi. Elbek bu kalkulyatorda bir necha marta tugmachalarni bosib n sonini hosil qildi. Asad esa Elbekqaysi rangdagi tugmalarni necha marta bosganligini topdi. Asad bu ishni qila oladigan eng katta𝑁 sonni toping. Check Yig`ilishga 50 ta rahbar va 50 ta yordamchi keldi. Ular 10 ta stolga o`tirishdi (har bir stoldateng miqdordagi odam o`tirishi shart emas). Ba’zilar: ,,Mening stolimdagi rahbarlar soni 3 tadan ko`pemas” deyishdi, qolganlar esa indashmadi. Agar gapirgan har bir odam rost gapirgan bo`lsa, engko`pi bilan necha kishi bunday degan bo`lishi mumkin? Check Tenglamani yeching: \(\frac{{2x - 3}}{3} = \frac{{3x - 4}}{5}\) -2 -3 3 2 \(\overline {12a86b} \) soni 72 ga karrali bo`lsa 𝑎 + 𝑏 yig`indining qiymatini toping. 10 12 15 13 Ikkita kesishmaydigan to`g`ri chiziqlarning birida 4 ta ikkinchisida esa 3 ta nuqta bor. Uchlarishu nuqtalarda bo`lgan nechta uchburchak bor? 30 8 6 14 12 so`m 4 oyda 8 so`m foyda keltirsa, 10 so`m 6 oyda necha so`m foyda keltiradi? 10 5 8 6 Qayiq ma’lum bir masofaga oqim bo`ylab 6 soatda, oqimga qarshi esa 8 soatda borsa, sol shumasofani qancha vaqtda bosib o`tadi. 48 28 56 24 Agar \(a*b = \frac{{{a^2} + {b^2} + 3ab}}{{a + b}}\;\)bo`lsa, (3 ∗ 6) ∗ 110 ni qiymatini hisoblang. 132 212 \(125\frac{{15}}{{73}}\) 131 Hoshimjonning onasi Hoshimjonga 9 kg asal uchun pul berdi. Hoshimjon do`konga borganda1kg, 2kg va 4kg lik idishlarda asal bor edi. Hoshimjon necha xil usulda bu idishlardan 9 kg asal sotibolsa bo`ladi? 9 6 10 12 8, 14, 20, … , ketma ketlikning 20-hadini toping. 122 158 142 140 Agar \({2^b}\; = \;3\) va \({3^c}\; = \;2\) bo`lsa \(bc\) ko`paytmani toping. 3 2 2,4 1 Bir sportchi 4 kun mashg`ulotga boradi keyin 1 kun dam oladi. Agar sportchi birinchi martadushanba kuni mashg`ulota chiqqan bo`lsa 13-dam olish kuni qaysi kunga to`g`ri keladi? Payshanba Yakshanba Chorshanba Seshanba Poyezd 75 km/soat tezlik bilan 2,4 soat, 70 km/soat tezlik bilan 3,6 soat yurgan bo`lsa,poyezdning o`rtacha tezligini toping. 72,5 71 74 72 Ikkita ikki xonali natural sonning yig`indisi 185 ga ayirmasi esa 11 ga teng bo`lsa sonlardankattasini toping. 85 67 89 98 Agar \(a = \frac{{2024}}{{2025}},\;b = \frac{{4047}}{{4049}}\) va \(c = \frac{{6071}}{{6074}}\;\) bo`lsa, 𝑎, 𝑏 va 𝑐 sonlarni kamayish tartibidajoylashtiring. (kichik harflarda hech qanday ochiq joy qoldirmasdan yozing. Misol uchun b>a>c ko'rinishida) Check Anvar bir xil ko`rinishli 10 ta tosh sotib oldi. Anvar bu toshlarning har birini og`irligi 1g, 2g… 10g larning qaysidir biriga teng va hammasi har xil og`irlikga ega ekanligini biladi. Lekin aynanqaysi biri qanday og`irlikga ega ekanligini bilmaydi. Anvar ixtiyoriy ikkitasini tanlab og`irliginiso`ray oladi. Anvar eng kam nechta savol bilan har biri qanday og`irlikka ega ekanligini topoladi? Check Facebook Twitter VKontakte 0% Перезапустить тест