1234567891011121314151617181920 ona tili fanidan online olimpiada savollari 9-sinf 9-sinf o'quvchilari uchun online olimpiada savollari Manba: oo.uzedu.uz Barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting. Kiritgan elektron pochtangizga sizning nomingizdagi sertifikatingiz yuboriladi.(76% dan yuqori uchun) 1. Bosh va ergash gap qismida yasama so‘z ishtirok etgan ergashgan qo‘shma gapni aniqlang. A. Tilagim shuki, tog‘a, ayam bilan ukalarim kishilarga muhtojlik sezmasin. B. Shunga ishondimki, ko‘p uxlagan oz yashaydi. C. Men shirinlik pishirdim, singlim esa menga yordam berdi. D. Yozuvchining mahorati shundaki, butun bahorni atigi chigitdek g‘o‘ra ichiga qamab bera biladi. 2. Bilik birla bilinur saodat yo‘li, Bilik birla saodat yo‘lini bula. Ushbu fikr qaysi asardan olingan? A. Ahmad Yugnakiy “Hibat ul-haqoyiq” B. Mahmud Qoshg‘ariy “Devonu lug‘otit turk” C. Kaykovus “Qobusnoma” D. Yusuf Xos Hojib “Qutadg‘u bilig” 3. - Koyima, qizim, - dedi ona, - o‘rtog‘ingni quruq jo‘natmaymiz. Quyidagi qaysi kesimlik ma’nolari ushbu ko‘chirma gapli qo‘shma gapning ko‘chirma gap qismidagi keismlarda bir xil ifodalangan? 1) zamon ma’nosi; 2) mayl ma’nosi; 3) shaxs-son ma’nosi; 4) tasdiq-inkor ma’nosi A. 1, 3 B. 1, 2 C. 3, 4 D. 1, 4 4. Kesimlari sodda tub so‘zlar bilan ifodalangan bog‘lovchisiz qo‘shma gapni aniqlang. A. Otalar so‘zi – aqlning ko‘zi. B. Suv keldi – cho‘llarda hayot boshlandi. C. Har qanday donolikning cheki bor, nodonlik esa chegara bilmaydi. D. Rostgo‘y odamning bitta ojizligi bo‘ladi: uni aldash oson. 5. “Alpomish” dostonida qachon alplar Qorajon haqida “Oshpichoq, qalampir, Qorajon tentak bo‘p qopti”, deyishadi? A. Qorajon Alpomish nomidan poygada qatnashganda B. Qorajon Alpomish tomonga o‘tib ketganda C. Qorajon Qo‘shquloq bilan kurash tushib uni yengganda D. Qorajon kalima keltirib turganda 6. Shabistonida tug‘di bir yangi oy, Yangi oy yo‘qki, mehri olamoroy. (“Farhod va Shirin”) Ushbu misrada shabiston deganda nima nazarda tutilmoqda? A. zulm ostida ezilgan xalq B. Farhodning hayoti C. xoqonning hayoti D. Vatan 7. Furqatning “Fasli navbahor o‘ldi…” g‘azalidan olingan qaysi misralar orqali g‘azalga ijtimoiy ma’no kirib kelgan? A. Bulbul o‘qig‘och yig‘lab, subhidam xazon faslin, G‘uncha qon yutub, yuz chok etti gul giribonlar. B. Bir sahar edim uyg‘oq: o‘t tutashdi olamga, Tog‘lar chekibon larza, titradi biyobonlar. C. Nastarin yuvib yuzni, yosuman tuzib o‘zni, Nargis ochibon ko‘zni intizori yoronlar. D. Subhidam tushib shabnam, bo‘ldi sabzalar xurram, Gul uzra tomib kam-kam, yog‘di abri naysonlar. 8. Qaysi gapda -u (-yu) yuklamasi zidlov munosabatli bog‘langan qo‘shma gapni hosil qilgan? A) Siz ham “ish, ish” deb, umringizni san’atga baxshida qilganingizda nima bo‘ldingiz-u, Nigora nima bo‘ldi? A. Kun kelar-u, sendan meni B. Havoni quyuq tuman bosdi-yu, hech narsa ko‘rinmadi. C. gona qilar shu she’r. D. Qiziq, odamning umri shuncha qisqa-yu, tipirchilashi olamni tutadi. 9. Narigi tomonda taraq-turuq boshlandi // quruvchilar ishga tushdilar. // belgisi o‘rniga mos tinish belgisini qo‘ying. A. tire B. nuqtali vergul C. vergul D. ikki nuqta 10. Berilgan gaplarning qaysi birida uyushiq bo‘lak mavjud emas? A. Amakilarim yashaydigan hovlining ko‘chadan kiraverishida, ariq bo‘yida, kattagina bir bo‘sh o‘tinxona bo‘lar edi. B. So‘ng dadam o‘z kutubxonalaridan va yana allaqayerlardan ancha kitob keltirib berdilar. C. Dadam bosmaxonadanmi, magazindanmi juda ko‘p har xil afishalar keltirib berardilar. D. Bolalar kitob, jurnal, gazetalar o‘qigani tez-tez keladigan bo‘ldilar. 11. Yolg‘iz holda ham, takror holda ham qo‘llash mumkin bo‘lgan ayiruv bog‘lovchisi yordamida bog‘langan qo‘shma gapni toping. A. Dam kun birdan qizib ketadi, dam bulut kelib, jala quyadi. B. Men kuyladim goh dilda kadar, goh sevinib she’r to‘qiyman men. C. Yo mehmon kelganini bilmaydi, yo o‘zini bilmaganlikka soladi. D. Sel na odamni ayadi, na dov-daraxtni tinch qo‘ydi. 12. Biror tasvir yoki holatni unga umuman aloqasi yo‘q boshqa narsa bilan dalillash, yolg‘on bo‘lsa-da chiroyli sabab keltirish qanday san’at hisoblanadi? A. husni ta’lil B. tadrij C. irsoli masal D. tamsil 13. “Nihoni kuydirib hajr o‘ti po‘st-u ustuxon aylar”, “Boshimda hushim yo‘q”, “Yetim qo‘zi kabi nolonlig‘im”, “Biyobon gardiman Majnun kabi bir Layli yodida” kabi misralar kimning asaridan olingan? A. Ogahiy B. Mashrab C. Furqat D. Navoiy 14. Ergash gap qismida kesim uyushib kelgan ergashgan qo‘shma gapni aniqlang. A. Shuni bilki, odamlar do‘stlik tufayli baxtiyor va shoddirlar. B. O‘z Vatanini sevmoqlik har bir fuqaroning burchidir, ammo haqiqiy vatanparvar uni sevish bilan kifoyalanmay, uning ravnaqi uchun kurashishi, harakat qilishi kerak. C. Aslida, Vatan – eng oliy tushuncha, xalqlarning tayanchi, o‘tmishi, buguni va ertasidir. D. Vatanning kuchli jozibasi bor, shuning uchun egalari begonalarga bergisi, topshirgisi kelmaydi. 15. O‘zligini anglashga bel bog‘lagan har bir xalq buyuk ajdodlari xizmatlarini e’zozlaydi, uni hech kimga oyoq osti qildirmaydi. Ushbu gap haqidagi to‘g‘ri fikrni toping. A. uyushiq bo‘lakli sodda gap B. bog‘langan qo‘shma gap C. ergashgan qo‘shma gap D. bog‘lovchisiz qo‘shma gap 16. Otlashgan so‘z bilan ifodalangan qaratqich aniqlovchi qatnashgan zidlov munosabatli bog‘langan qo‘shma gapni toping. A. Do‘st yomon kuningda asqatadi, biroq qo‘rqoq do‘st yaxshi kuningda ham dushmandan xavflidir. B. Aqchalining qo‘li o‘ynar, aqchasizning – ko‘zi. C. Har kimning zari bo‘lmasa-da, lekin hunari bo‘lsin. D. Adashish har bir insonga xosdir, ammo adashganlarning qaysarlik bilan o‘z yo‘llarida davom etishlari g‘irt aqlsizlikdir. 17. Dunyoda shunday hunarlar borki, birining xatosini ikkinchisi tuzatishi mumkin. Paxsakash xatosini suvoqchi, suvoqchi xatosini bo‘yoqchi; to‘quvchi aybini bichiqchi, bichiqchi aybini tikuvchi “yopib yuborsa” yuborar… Dunyoda shunday hunarlar borki, xatosini hech kim tuzata olmaydi. Bular – shifokor va huquqshunos. Ular inson hayotini, inson qismatini hal qiladi. (O‘. Hoshimov) Ushbu matn qanday matn hisoblanadi? A. tasviriy matn B. badiiy matn C. hikoya matni D. muhokama matni 18. Dunyoning tinchligi va farovonligi, insoniyat butunligi dono va oqil, pok niyatli odamlar faoliyatiga bog‘liq. Ushbu gap haqidagi noto‘g‘ri fikrni toping. A. Barcha qaralmishlar uyushib kelgan. B. Sifatlovchiga nisbatan hokim to‘ldiruvchiga nisbatan tobe munosabatdagi bo‘lak ishtirok etgan. C. Sifatlovchining qaratqich aniqlovchiga tobelanishi kuzatiladi. D. Gapning bosh bo‘laklari yasama so‘zlar bilan ifodalangan. 19. Imom al-Buxoriy hadisshunoslikda nimani boshlab bergan? A. roviylarni aniqlash B. hadislarni to‘plash C. sahih hadislar to‘plamiga tartib berish D. hadislarni matn va sanadga ajratish 20. Manga ne yor-u ne oshiq havasdir, Agar men odam o‘lsam ushbu basdur! “Farhod va Shirin” dostonida ushbu so‘zlar kimning hayotdagi shiori edi? A. Xusrav B. Farhod C. xoqon D. Shirin Facebook Twitter VKontakte 0% Перезапустить тест