Ali Vali Soli masalalari, Mantiqiy testlar

Ushbu test informatika va axborot texnologiyalari fan o'qituvchilariga mo'ljallangan bo'lib, unda Ali Vali Soli testlari, Jokerlar haqida testlar, hamda mantiqiy testlar joy olgan.

Savollar soni: 20 ta

Savollar bazasi: 44 ta

Barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting.
Kiritgan elektron pochtangizga sizning nomingizdagi sertifikatingiz yuboriladi.(76% dan yuqori uchun)

1. Ali daftar, kitob, yozuv qurollarini 3 xil rangli qutilarda saqlaydi. U shunday dedi: qizil quti daftarlardan o'ngroqda, kitoblar esa qizil sandiqdan o'ngroqda joylashgan, Agar yashil quti sariq qutidan o'ngroqda joylashgan bo'lsa, u holda kitoblar solingan qutining rangini aniqlang.

2. Ali bilan Vali oliygohni ancha yillar oldin tugatishib, bir kuni uchrashib qolishibdi. Ali Validan so‘radi: "farzandlaring nechta", Vali aytdi "3 ta o‘g‘il", Ali so‘radi: "yoshlari nechida" Vali javob berdi: "uchalasining yoshlarining ko‘paytmasi 36 ga teng", Ali aytdi "Axborot kam!", Vali aytdi: uchalasining yoshining yig‘indisi anavu avtobus raqamiga teng, Ali aytdi: "Axborot kam!", Vali aytdi: "kichik o‘g‘lim dasturlashga qiziqadi". Shundan keyin Ali Valining barcha o‘g‘illari yoshini aytib berdi. Valining katta o‘g‘li necha yoshda?

3. (x≥6) and not (x>12)  natija rost bo’ladigan eng kichik qiymatni toping.

4. Ali aytdi “1 bayt 1024 bitga teng”, Vali aytdi “1 kilobayt 1024 bitga teng”. Ularning fikrlari haqida nima deya olasiz?

5. 3,4,5,6 sonlarni takrorlamasdan nechta 4 xonali son tuzish mumkin?

6. Musobaqalarda Shuhrat, Alisher, Suxrob va Davron birinchi 4 ta o‘rinni egallashdi. Ularning sinfdoshlari yig‘ilib, bahslashib ketishdi: Malika: “Shuhrat birinchi, Davron esa ikkinchi bo‘ldi”, – dedi. Nozima: “Shuhrat ikkinchi, Alisher esa – uchinchi edi”, – dedi. Parvina: “Alisher to‘rtinchi, Suxrob – ikkinchi bo‘ldi”, – dedi. Ularning suhbatini eshitgan murabbiy, qizlarning har biri bir noto‘g‘ri va bir to‘g‘ri xulosa chiqarganini aytdi. Joylar qanday ajratilgan?

7. Ali, Vali va Soli imtihonda 3 xil ball olishdi. Quyidagi mulohazalarning faqat bittasi rost: Ali 3 ball olgan, Vali 5 ball olgan, Soli 4 ball olmagan. Agar Soli 3 ball olmagani ma’lum bo’lsa, u holda o’quvchilar olgan ballarni aniqlang.

8. Signal uzatuvchi bir qurilma sekundiga to’rt signaldan birini uzatadi. Shu qurilma yordamida uzunligi uch sekund boʻlgan necha xil turli xabarni joʻnatish mumkin.

9. not (x>44) and not (x-ikki xonali bir xil son emas)  natija rost bo’ladigan eng katta qiymatni toping.

10. Ali 2 balldan ortiq, Vali 3 balldan ortiq, Soli 4 balldan ortiq baho olgan bo‘lsin. Shu mulohazalardan faqat bittasi rost ekanligi ma’lum bo‘lsa, Solining 3 olmagani ma’lum bo‘lsa, Soli necha ball olganini toping.

11. Ali va Vali bittadan son o’yladi. Ali X sonini, Vali esa Y sonini taxmin qildi. Ali, Valining o’ylagan soniga 9 va Vali Alining soniga 20 ni qo'shgandan so'ng, bu sonlarning yig'indisi ikkilik sanoq tizimida besh birlik dan iborat son hosil bo’ldi. Ali va Vali o’ylagan sonlarning yig’indisini toping? (Javobni ikkilikda aniqlang).

12. Ali 9 lik sanoq sistemasida 7 dan boshlab katak tashlamay sanaganda 21 ta son yozdi, Ali oxirgi yozgan sonni toping?

13. Siz xazinalar oroliga tushib qoldingiz va u yerda uchta sandiqqa duch keldingiz. Ularning birida xazina yashiringan va ularning har birida quyidagicha yozuvlar bor. 1.      Xazina shu sandiqda 2.      Xazina bu sandiqda emas 3.      Xazina 1-sandiqda emas Siz bilasizki, bu gaplarning yoki hammasi yolg’on, yoki faqat bittasi rost. Faqat bitta urinishingiz bor. Xazina qaysi sandiqda ekanligini toping.

14. Ali aytdi “1 petabayt 1024 gigabaytga teng”, Vali aytdi “1 bit 8 baytga teng”. Ularning fikrlari haqida nima deya olasiz?

15. Natija rost bo’ladigan eng katta butun sonni aniqlang. not (x>66) and (x-ikki xonali bir xil son) 

16. Ali aytdi: “Halil 2 balldan ortiq”, Vali aytdi: “Halil 3 balldan ortiq”, Soli aytdi: “Halil 4 balldan ortiq” deyishdi. Ulardan bittasi rost ekanligi ma’lum bo’lsa, Halil necha ball olganini toping.

17. Musobaqalarda Umid, Aziz, Bobur va Sherzod 1-to’rtta o’rinni egallashdi. Ularning sinfdoshlari yig’ilib bahslashib ketishdi. Malika: “Umid birinchi Sherzod esa ikkinchi buldi dedi” Guli: “Umid ikkinchi Aziz esa uchinchi edi” –dedi. Lola: “Aziz to’rtinchi Bobur ikkinchi bo’ldi” dedi. Ularning suhbatini eshitgan sudiya qizlarning har biri bitta to’g’ri bitta noto’g’ri xulosa chiqarganini aytdi joylar qanday ajratilgan.

18. Ali 9 lik sanoq sistemasida 6 dan boshlab sonlarni ketma-ket probellarsiz yozib chiqdi. Agar yozilgan belgilar soni 25 ta bo’lsa, oxiri qaysi raqam yozilgan?

19. not (x<2) and (x<15)  natija rost bo’ladigan eng katta qiymatni toping.

20. Mumba-Yumba qabilasining tili 64 xil so’zdan iborat. Shu qabilaning yetakchisi 2 daqiqada 100 ta so’zdan iborat nutq so’zladi. Ushbu axborotning uzatish tezligini toping. (bit/s)

0%