Ali Vali Soli masalalari, Mantiqiy testlar

Ushbu test informatika va axborot texnologiyalari fan o'qituvchilariga mo'ljallangan bo'lib, unda Ali Vali Soli testlari, Jokerlar haqida testlar, hamda mantiqiy testlar joy olgan.

Savollar soni: 20 ta

Savollar bazasi: 44 ta

Barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting.
Kiritgan elektron pochtangizga sizning nomingizdagi sertifikatingiz yuboriladi.(76% dan yuqori uchun)

1. Ali aytdi: Soli 2 dan ortiq ball oldi, Vali aytdi: Soli 3 dan ortiq ball oldi, Xoli aytdi: Soli 4 dan ortiq ball oldi. Bitta rost mulohaza bo’lsa, Soli necha ball olgan.

2. Nok, olma, anor bor. Ali nok yemaydi, Vali olma yemaydi, Soli olmani umuman yemaganligi ma’lum bo’lsa, 1 tasi yolg‘onligini hisobga olsak, natijani aniqlang.

3. not (x≥15) and (x-toq son)  natija rost bo’ladigan eng katta qiymatni toping.

4. Bir sxemaning A kirishiga 011 signallar oqimi, B kirishiga esa 001 signallar oqimi kirdi. Agar sxemaning ishlashi natijasida 101 signallar oqimi olingan bo’lsa, u holda shu sxemaga mos mantiqiy ifodani aniqlang.

5. Ali 16 lik sanoq sistemasida 5 dan boshlab sonlarni ketma-ket probellarsiz yozib chiqdi. Agar yozilgan belgilar soni 21 ta bo’lsa, oxiri qaysi son yozilgan?

6. Berilgan ikkita matndagi belgilar soni bir xil. Birinchi matn 16 ta belgidan iborat alifbodan foydalangan holda tuzilgan. Ikkinchi matn 250 ta belgidan iborat alifbodan foydalangan holda tuzilgan. Ikkinchi matnda birinchi matnga qaraganda necha marta ko’p axborot mavjud?

7. (x≥6) and not (x>12)  natija rost bo’ladigan eng kichik qiymatni toping.

8. Ali sakkizlik sanoq sistemasida (54; 70) oraliqdagi barcha butun sonlarni yozib chiqdi. Vali esa shu sonlardan 6 raqami qatnashgan barcha sonlarni o'chirib tashladi. Qolgan sonlar yig'indisini sakkizlik sanoq sistemasida aniqlang va o‘n birlik sanoq sistemasiga o'tkazing.

9. Ali 9 lik sanoq sistemasida 6 dan boshlab sonlarni ketma-ket probellarsiz yozib chiqdi. Agar yozilgan belgilar soni 25 ta bo’lsa, oxiri qaysi raqam yozilgan?

10. Ali aytdi “1 petabayt 1024 gigabaytga teng”, Vali aytdi “1 bit 8 baytga teng”. Ularning fikrlari haqida nima deya olasiz?

11. Likobchada olma, nok, anor bor edi. Ali, Vali, Soli likobchadagi mevalarni bo’lib olishdi. Quyidagi mulohazalarning faqat bittasi rost ekanligi ma’lum: “Ali olma olgan”, “Vali anor olgan”, “Soli nok olmagan”. Agar Soli olma olmagani ma’lum bo’lsa, u holda ularning har biri olgan mevalarni aniqlang.

12. not (x<2) and (x<15)  natija rost bo’ladigan eng katta qiymatni toping.

13. Stol ustida 3 ta quti bor. Ularning birida oltin tanga bor, qolgan ikkita quti bo’sh. Qutilar ustiga mulohazalar yozib qo’yilgan, bu mulohazalardan bittasi rost qolgan ikkitasi yolg’on. I qutidagi yozuv: “Oltin tanga bu yerda emas” II qutidagi yozuv: “Oltin tanga bu yerda emas” III qutidagi yozuv: “Oltin tanga ikkinchi qutida” Savol: Oltin tanga qaysi qutida?

14. Ali 2 lik sistemasida sonlarni ketma-ketlikda yoza boshladi, 58 ta sonni yozib bo’lgandan so’ng to’xtadi. Ali oxirgi yozgan soni toping.

15. Ali bilan Vali oliygohni ancha yillar oldin tugatishib, bir kuni uchrashib qolishibdi. Ali Validan so‘radi: "farzandlaring nechta", Vali aytdi "3 ta o‘g‘il", Ali so‘radi: "yoshlari nechida" Vali javob berdi: "uchalasining yoshlarining ko‘paytmasi 36 ga teng", Ali aytdi "Axborot kam!", Vali aytdi: uchalasining yoshining yig‘indisi anavu avtobus raqamiga teng, Ali aytdi: "Axborot kam!", Vali aytdi: "kichik o‘g‘lim dasturlashga qiziqadi". Shundan keyin Ali Valining barcha o‘g‘illari yoshini aytib berdi. Valining katta o‘g‘li necha yoshda?

16. Ritserlar va Jokerlar orolida Ritserlar faqat rost, Jokerlar faqat yolg’on gapirishadi. Siz orolda ikkita odamni uchratdingiz: A va B. Ular sizga shunday deyishdi: A: “B joker” B: “A ham, men ham joker emasman” Ular birini kim ekanligini yaxshi bilishadi. Yuqoridagi gaplardan foydalanib, ularning qaysi biri Ritser, qaysi biri Joker ekanligini aniqlang.

17. Ali aytdi: Soli 3 dan past ball oldi, Vali aytdi: Soli 4 dan past ball oldi, Xoli aytdi: Soli 5 dan past ball oldi. Bitta rost mulohaza bo’lsa, Soli necha ball olgan.

18. Ali aytdi bu masalani yechish uchun 9 minutdan ortiq vaqt ketadi, Vali aytdi 10 minutdan ortiq vaqt ketadi, Soli aytdi 11 minutdan ortiq vaqt ketadi. Agar ularning orasida faqat bittasining gapi rost bo’lsa, bu masalani yechish uchun qancha vaqt ketadi.

19. Ali va Vali bittadan son o’yladi. Ali X sonini, Vali esa Y sonini taxmin qildi. Ali, Valining o’ylagan soniga 9 va Vali Alining soniga 20 ni qo'shgandan so'ng, bu sonlarning yig'indisi ikkilik sanoq tizimida besh birlik dan iborat son hosil bo’ldi. Ali va Vali o’ylagan sonlarning yig’indisini toping? (Javobni ikkilikda aniqlang).

20. Ali aytdi “1 bayt 1024 bitga teng”, Vali aytdi “1 kilobayt 1024 bitga teng”. Ularning fikrlari haqida nima deya olasiz?

0%