1234567891011121314151617181920 ona tili fanidan online olimpiada savollari 9-sinf 9-sinf o'quvchilari uchun online olimpiada savollari Manba: oo.uzedu.uz Barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting. Kiritgan elektron pochtangizga sizning nomingizdagi sertifikatingiz yuboriladi.(76% dan yuqori uchun) 1. Ergash gap qismida kesim uyushib kelgan ergashgan qo‘shma gapni aniqlang. A. Aslida, Vatan – eng oliy tushuncha, xalqlarning tayanchi, o‘tmishi, buguni va ertasidir. B. O‘z Vatanini sevmoqlik har bir fuqaroning burchidir, ammo haqiqiy vatanparvar uni sevish bilan kifoyalanmay, uning ravnaqi uchun kurashishi, harakat qilishi kerak. C. Vatanning kuchli jozibasi bor, shuning uchun egalari begonalarga bergisi, topshirgisi kelmaydi. D. Shuni bilki, odamlar do‘stlik tufayli baxtiyor va shoddirlar. 2. Biror tasvir yoki holatni unga umuman aloqasi yo‘q boshqa narsa bilan dalillash, yolg‘on bo‘lsa-da chiroyli sabab keltirish qanday san’at hisoblanadi? A. husni ta’lil B. tadrij C. irsoli masal D. tamsil 3. Imom al-Buxoriy hadisshunoslikda nimani boshlab bergan? A. hadislarni matn va sanadga ajratish B. hadislarni to‘plash C. roviylarni aniqlash D. sahih hadislar to‘plamiga tartib berish 4. Furqatning “Fasli navbahor o‘ldi…” g‘azalidan olingan qaysi misralar orqali g‘azalga ijtimoiy ma’no kirib kelgan? A. Bir sahar edim uyg‘oq: o‘t tutashdi olamga, Tog‘lar chekibon larza, titradi biyobonlar. B. Bulbul o‘qig‘och yig‘lab, subhidam xazon faslin, G‘uncha qon yutub, yuz chok etti gul giribonlar. C. Nastarin yuvib yuzni, yosuman tuzib o‘zni, Nargis ochibon ko‘zni intizori yoronlar. D. Subhidam tushib shabnam, bo‘ldi sabzalar xurram, Gul uzra tomib kam-kam, yog‘di abri naysonlar. 5. - Koyima, qizim, - dedi ona, - o‘rtog‘ingni quruq jo‘natmaymiz. Quyidagi qaysi kesimlik ma’nolari ushbu ko‘chirma gapli qo‘shma gapning ko‘chirma gap qismidagi keismlarda bir xil ifodalangan? 1) zamon ma’nosi; 2) mayl ma’nosi; 3) shaxs-son ma’nosi; 4) tasdiq-inkor ma’nosi A. 3, 4 B. 1, 3 C. 1, 2 D. 1, 4 6. Narigi tomonda taraq-turuq boshlandi // quruvchilar ishga tushdilar. // belgisi o‘rniga mos tinish belgisini qo‘ying. A. nuqtali vergul B. ikki nuqta C. vergul D. tire 7. Shabistonida tug‘di bir yangi oy, Yangi oy yo‘qki, mehri olamoroy. (“Farhod va Shirin”) Ushbu misrada shabiston deganda nima nazarda tutilmoqda? A. zulm ostida ezilgan xalq B. Farhodning hayoti C. Vatan D. xoqonning hayoti 8. “Alpomish” dostonida qachon alplar Qorajon haqida “Oshpichoq, qalampir, Qorajon tentak bo‘p qopti”, deyishadi? A. Qorajon Alpomish tomonga o‘tib ketganda B. Qorajon Alpomish nomidan poygada qatnashganda C. Qorajon kalima keltirib turganda D. Qorajon Qo‘shquloq bilan kurash tushib uni yengganda 9. Bosh va ergash gap qismida yasama so‘z ishtirok etgan ergashgan qo‘shma gapni aniqlang. A. Shunga ishondimki, ko‘p uxlagan oz yashaydi. B. Tilagim shuki, tog‘a, ayam bilan ukalarim kishilarga muhtojlik sezmasin. C. Men shirinlik pishirdim, singlim esa menga yordam berdi. D. Yozuvchining mahorati shundaki, butun bahorni atigi chigitdek g‘o‘ra ichiga qamab bera biladi. 10. Manga ne yor-u ne oshiq havasdir, Agar men odam o‘lsam ushbu basdur! “Farhod va Shirin” dostonida ushbu so‘zlar kimning hayotdagi shiori edi? A. xoqon B. Farhod C. Shirin D. Xusrav 11. Dunyoda shunday hunarlar borki, birining xatosini ikkinchisi tuzatishi mumkin. Paxsakash xatosini suvoqchi, suvoqchi xatosini bo‘yoqchi; to‘quvchi aybini bichiqchi, bichiqchi aybini tikuvchi “yopib yuborsa” yuborar… Dunyoda shunday hunarlar borki, xatosini hech kim tuzata olmaydi. Bular – shifokor va huquqshunos. Ular inson hayotini, inson qismatini hal qiladi. (O‘. Hoshimov) Ushbu matn qanday matn hisoblanadi? A. badiiy matn B. muhokama matni C. hikoya matni D. tasviriy matn 12. Bilik birla bilinur saodat yo‘li, Bilik birla saodat yo‘lini bula. Ushbu fikr qaysi asardan olingan? A. Ahmad Yugnakiy “Hibat ul-haqoyiq” B. Yusuf Xos Hojib “Qutadg‘u bilig” C. Kaykovus “Qobusnoma” D. Mahmud Qoshg‘ariy “Devonu lug‘otit turk” 13. Kesimlari sodda tub so‘zlar bilan ifodalangan bog‘lovchisiz qo‘shma gapni aniqlang. A. Otalar so‘zi – aqlning ko‘zi. B. Suv keldi – cho‘llarda hayot boshlandi. C. Har qanday donolikning cheki bor, nodonlik esa chegara bilmaydi. D. Rostgo‘y odamning bitta ojizligi bo‘ladi: uni aldash oson. 14. Yolg‘iz holda ham, takror holda ham qo‘llash mumkin bo‘lgan ayiruv bog‘lovchisi yordamida bog‘langan qo‘shma gapni toping. A. Men kuyladim goh dilda kadar, goh sevinib she’r to‘qiyman men. B. Yo mehmon kelganini bilmaydi, yo o‘zini bilmaganlikka soladi. C. Dam kun birdan qizib ketadi, dam bulut kelib, jala quyadi. D. Sel na odamni ayadi, na dov-daraxtni tinch qo‘ydi. 15. Berilgan gaplarning qaysi birida uyushiq bo‘lak mavjud emas? A. Amakilarim yashaydigan hovlining ko‘chadan kiraverishida, ariq bo‘yida, kattagina bir bo‘sh o‘tinxona bo‘lar edi. B. Bolalar kitob, jurnal, gazetalar o‘qigani tez-tez keladigan bo‘ldilar. C. Dadam bosmaxonadanmi, magazindanmi juda ko‘p har xil afishalar keltirib berardilar. D. So‘ng dadam o‘z kutubxonalaridan va yana allaqayerlardan ancha kitob keltirib berdilar. 16. Qaysi gapda -u (-yu) yuklamasi zidlov munosabatli bog‘langan qo‘shma gapni hosil qilgan? A) Siz ham “ish, ish” deb, umringizni san’atga baxshida qilganingizda nima bo‘ldingiz-u, Nigora nima bo‘ldi? A. gona qilar shu she’r. B. Kun kelar-u, sendan meni C. Qiziq, odamning umri shuncha qisqa-yu, tipirchilashi olamni tutadi. D. Havoni quyuq tuman bosdi-yu, hech narsa ko‘rinmadi. 17. “Nihoni kuydirib hajr o‘ti po‘st-u ustuxon aylar”, “Boshimda hushim yo‘q”, “Yetim qo‘zi kabi nolonlig‘im”, “Biyobon gardiman Majnun kabi bir Layli yodida” kabi misralar kimning asaridan olingan? A. Navoiy B. Furqat C. Mashrab D. Ogahiy 18. O‘zligini anglashga bel bog‘lagan har bir xalq buyuk ajdodlari xizmatlarini e’zozlaydi, uni hech kimga oyoq osti qildirmaydi. Ushbu gap haqidagi to‘g‘ri fikrni toping. A. bog‘langan qo‘shma gap B. uyushiq bo‘lakli sodda gap C. bog‘lovchisiz qo‘shma gap D. ergashgan qo‘shma gap 19. Dunyoning tinchligi va farovonligi, insoniyat butunligi dono va oqil, pok niyatli odamlar faoliyatiga bog‘liq. Ushbu gap haqidagi noto‘g‘ri fikrni toping. A. Sifatlovchiga nisbatan hokim to‘ldiruvchiga nisbatan tobe munosabatdagi bo‘lak ishtirok etgan. B. Gapning bosh bo‘laklari yasama so‘zlar bilan ifodalangan. C. Sifatlovchining qaratqich aniqlovchiga tobelanishi kuzatiladi. D. Barcha qaralmishlar uyushib kelgan. 20. Otlashgan so‘z bilan ifodalangan qaratqich aniqlovchi qatnashgan zidlov munosabatli bog‘langan qo‘shma gapni toping. A. Har kimning zari bo‘lmasa-da, lekin hunari bo‘lsin. B. Aqchalining qo‘li o‘ynar, aqchasizning – ko‘zi. C. Do‘st yomon kuningda asqatadi, biroq qo‘rqoq do‘st yaxshi kuningda ham dushmandan xavflidir. D. Adashish har bir insonga xosdir, ammo adashganlarning qaysarlik bilan o‘z yo‘llarida davom etishlari g‘irt aqlsizlikdir. Facebook Twitter VKontakte 0% Перезапустить тест