ona tili fanidan online olimpiada savollari 9-sinf

9-sinf o'quvchilari uchun

online olimpiada savollari

Manba: oo.uzedu.uz

Barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting.
Kiritgan elektron pochtangizga sizning nomingizdagi sertifikatingiz yuboriladi.(76% dan yuqori uchun)

1. Dunyoning tinchligi va farovonligi, insoniyat butunligi dono va oqil, pok niyatli odamlar faoliyatiga bog‘liq. Ushbu gap haqidagi noto‘g‘ri fikrni toping.

2. Shabistonida tug‘di bir yangi oy, Yangi oy yo‘qki, mehri olamoroy. (“Farhod va Shirin”) Ushbu misrada shabiston deganda nima nazarda tutilmoqda?

3. Narigi tomonda taraq-turuq boshlandi // quruvchilar ishga tushdilar. // belgisi o‘rniga mos tinish belgisini qo‘ying.

4. Biror tasvir yoki holatni unga umuman aloqasi yo‘q boshqa narsa bilan dalillash, yolg‘on bo‘lsa-da chiroyli sabab keltirish qanday san’at hisoblanadi?

5. Yolg‘iz holda ham, takror holda ham qo‘llash mumkin bo‘lgan ayiruv bog‘lovchisi yordamida bog‘langan qo‘shma gapni toping.

6. Kesimlari sodda tub so‘zlar bilan ifodalangan bog‘lovchisiz qo‘shma gapni aniqlang.

7. Ergash gap qismida kesim uyushib kelgan ergashgan qo‘shma gapni aniqlang.

8. O‘zligini anglashga bel bog‘lagan har bir xalq buyuk ajdodlari xizmatlarini e’zozlaydi, uni hech kimga oyoq osti qildirmaydi. Ushbu gap haqidagi to‘g‘ri fikrni toping.

9. “Alpomish” dostonida qachon alplar Qorajon haqida “Oshpichoq, qalampir, Qorajon tentak bo‘p qopti”, deyishadi?

10. Furqatning “Fasli navbahor o‘ldi…” g‘azalidan olingan qaysi misralar orqali g‘azalga ijtimoiy ma’no kirib kelgan?

11. Manga ne yor-u ne oshiq havasdir, Agar men odam o‘lsam ushbu basdur! “Farhod va Shirin” dostonida ushbu so‘zlar kimning hayotdagi shiori edi?

12. Berilgan gaplarning qaysi birida uyushiq bo‘lak mavjud emas?

13. Otlashgan so‘z bilan ifodalangan qaratqich aniqlovchi qatnashgan zidlov munosabatli bog‘langan qo‘shma gapni toping.

14. Bosh va ergash gap qismida yasama so‘z ishtirok etgan ergashgan qo‘shma gapni aniqlang.

15. Qaysi gapda -u (-yu) yuklamasi zidlov munosabatli bog‘langan qo‘shma gapni hosil qilgan? A) Siz ham “ish, ish” deb, umringizni san’atga baxshida qilganingizda nima bo‘ldingiz-u, Nigora nima bo‘ldi?

16. Bilik birla bilinur saodat yo‘li, Bilik birla saodat yo‘lini bula. Ushbu fikr qaysi asardan olingan?

17. “Nihoni kuydirib hajr o‘ti po‘st-u ustuxon aylar”, “Boshimda hushim yo‘q”, “Yetim qo‘zi kabi nolonlig‘im”, “Biyobon gardiman Majnun kabi bir Layli yodida” kabi misralar kimning asaridan olingan?

18. - Koyima, qizim, - dedi ona, - o‘rtog‘ingni quruq jo‘natmaymiz. Quyidagi qaysi kesimlik ma’nolari ushbu ko‘chirma gapli qo‘shma gapning ko‘chirma gap qismidagi keismlarda bir xil ifodalangan? 1) zamon ma’nosi; 2) mayl ma’nosi; 3) shaxs-son ma’nosi; 4) tasdiq-inkor ma’nosi

19. Imom al-Buxoriy hadisshunoslikda nimani boshlab bergan?

20. Dunyoda shunday hunarlar borki, birining xatosini ikkinchisi tuzatishi mumkin. Paxsakash xatosini suvoqchi, suvoqchi xatosini bo‘yoqchi; to‘quvchi aybini bichiqchi, bichiqchi aybini tikuvchi “yopib yuborsa” yuborar… Dunyoda shunday hunarlar borki, xatosini hech kim tuzata olmaydi. Bular – shifokor va huquqshunos. Ular inson hayotini, inson qismatini hal qiladi. (O‘. Hoshimov) Ushbu matn qanday matn hisoblanadi?

0%