Ona tili va adabiyot fanidan attestatsiya testlari

Ona tili va adabiyot fani o'qituvchilari uchun attestatsiyaga tayyorlanish uchun test sinovi.

Manba: https://t.me/onlaynonatili_uz

Test muallifi:
Sherzod Rustamov

Savollar soni: 40 ta

Bajarish uchun ajratilgan vaqt: 90 daqiqa

Barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting.

Ba’zida bir nafas olgulik muddat Ming yulduz so‘nishi uchun yetgulik ... Ushbu takrorlanmas misralar muallifini aniqlang.

Qaysi javobdagi gaplar juftligida ajratib ko‘rsatilgan misollarning har birida bittadan qo‘shimcha bor?

Qaysi javobda to‘ldiruvchili so‘z birikmasi ishtirok etmagan?

Hatto farzandlari tufayli eridan kaltak yesa ham, oilasining sha’nini ko‘zlab uyidagi muammolarga parda tutib yashovchi onaning tamoman aksi bo‘lgan, «Hozir ham eri sal qovog'ini solsa, «melisa» bilan qo‘rqitib, «o‘n besh sutkani» pesh qiladigan ba’zi xotinlar»ni eslatuvchi, eri bilan janjallashib, uni to‘xtamay qarg‘ovchi qo‘shni xotin - Kelinoyi obrazi «Dunyoning ishlari» qissasidagi qaysi hikoyada uchraydi?

Hindistonda ovchilar bo‘ri inidan ikkita bo‘ri bolasini va ikkita qizchani topibdilar. Ushbu gapdagi gap bo‘laklari haqida berilgan to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang.

Qaysi gapda asosi fe’l bilan shakldosh bo‘la oladigan sodda yasama so‘z qatnashmagan?

Bilimli kishi zarur gapni so'zlaydi, keraksizini aslo gapirmaydi. Ushbu gapda qatnashgan yasama so‘zlar haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas?

Darhaqiqat, ular benihoya ulug‘vor, benihoya noyob va go‘zal. Ushbu gapning kesimi qaysi so‘z turkumi bilan ifodalangan?

Bunda nа g‘am bor, na azob, unda yashash quvonchi, роk muhabbat, bitmas-tuganmas orzu va qudrat bor edi. Ushbu gapda 5 ta tub mavhum ot bor. Ushbu ma'lumot…

Qaysi javobda nomi keltirilgan devon Navoiy qalamiga mansub emas?

Qaysi asar bankir va yosh huquqshunosning qatl hukmi bilan qamoq jazosi borasidagi ziddiyati asosiga qurilgan?

Qaysi gapda / / shartli belgisi o‘rnida ikki nuqta tinish belgisi tushirib qoldirilgan?

Qaysi javobdagi ma’lumot to‘g‘ri emas?

. Onaxon bir zum to‘xtab, chorasizlikdan qiynalayotgan nabirasiga mehribonlik bilan dalda berdi. Gapda sifatdan yasalgan sodda yasama fe’l qatnashgan. Ushbu ma’lumot…

Taqdir kuldi, o‘lim tegmasdan O‘tib ketdi, qilmadi jur’at. Netay, axir so‘nggi minutda Pistoletim qildi xiyonat ... Ushbu misralar kimning qalamigi tegishli?

. Tarkibida ham vazifadosh ko‘makchi, ham sof ko‘makchi qatnashgan gapni aniqlang.

Ellik yoshim menga qo‘l tegizdi, Qora quzg‘un tusidek boshimni oq (qush) qildi (ya’ni sochim oqardi). Ellik (yosh) endi men tomon kel, deb chorlamoqda, Pistirma (ya’ni nogahoniy o‘lim) bo‘lmasa, endi u tomon boraman. Ushbu mazmundagi misralar “Qutadg‘u bilig” asardan o‘rin olgan. Ushbu ma’lumot...

Zavqiy «Turkman binosi», «Adolat yaxshi» she’rlari muallifidir. Ushbu ma’lumot…

. Qaysi javobdagi tasviriy ifodaning izohi to‘g‘ri emas?

. Hayot go‘zal, hayot maroqli, Shuning uchun erka ko‘ngil shod. Ushbu she’riy parchada qatnashgan sifatlar haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas?

U «Doda keldim...», «Vasl uyin obod qildim...», «Kel, dahrni imtihon etib ket...» kabi go‘zal g‘azallar muallifidir. Ushbu ma’lumot qaysi ijodkor haqida?

. Qaysi gapda hokim qismi sifatlovchi aniqlovchi vazifasida kelgan to‘ldiruvchili birikma qatnashgan?

Qaysi gapda maqsad ravishdoshi qatnashgan?

Buxoroda hukm surgan ashtarxoniylar sulolasi tugab, ular o‘rniga mang‘it amirlarining kelish hodisalari aks etgan o‘zbek adabiyotidagi ilk tragediya qaysi ijodkor qalamiga mansub?

Bir kishi «...bitta qo‘ydan garov bog'lashib yo‘lga tushipti. Jo'ralari hali kutishar emish - yo‘q, hali kutishar emish - yo‘q; tong otipti, uyida ham yo‘q emish; go‘ristonga borib qarashsa, Asqar ponsotning go‘ri oldida o‘lib yotgan emish! Bechora go'rga pichoq sanchganida etagini qo‘shib sanchgan ekan, qaytay desa, etagidan birov tortganday bo‘lgan-da...» Ushbu parcha qaysi asardan olingan?

. Hamma qushlar baland ovozda yayrab-yayrab, to‘lib-toshib sayrashmoqda. Ushbu gapda ham tub, ham yasama fe’llar qatnashgan. Ushbu ma’lumot…

. Quyida berilganlardan qaysilari shakldoshlik xususiyatiga ega bo‘lgan asosdan yasalgan shakldosh yasama so‘zlar sanaladi? 1) bo‘sha; 2) oqish; 3) yozmoq; 4) toza; 5) kechik; 6) chopmoq.

Qaysi javobda ot turkumiga oid so‘z bilan paronim bo‘la oladigan birlik berilgan?

Qaysi javobda holat ravishlari berilgan?

Qaysi qo‘shma gapni tashkil etgan har bir sodda gap tarkibida qo‘shimcha qo‘shilishi ta’sirida tovush o‘zgarishi bilan yozilgan so‘z qatnashgan?

Qaysi javobda ergash gap qismida imloviy jihatdan xato yozilgan ega qatnashgan?

Qaysi javobdagi ma’lumot «Kuntug‘mish» dostoni qahramoni Kuntug‘mish haqida?

Sensen sevarim, xoh inon, xoh inonma, Qondur jigarim, xoh inon, xoh inonma. Ushbu she’riy misralar haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri?

Matnni o‘qing va savollarga javob bering. Qadim zamonlardan beri odamlar olamda yetti mo‘jiza bor deb hisoblashadi. Bular Misr fir’avnlarining ehromlari, Bobilning osma bog‘i, ov xudosi Artemida ma’badi, Zevsning haykali, Galikarnas maqbarasi, quyosh xudosi Geliosning haykali va, nihoyat, nahri Nilda Faros orolidagi mayoqdir. Darhaqiqat, ular benihoya ulug‘vor, benihoya noyob va go‘zal. Ular yaratilgandan beri necha asrlar o‘tdi. Lekin yetti mo‘jiza inson aqlining, tafakkurining, qalbining otashin madhiyasi, inson dahosining ulug‘ligiga qo‘yilgan mangu obida bo‘lib kelmoqda. Biroq shunday bo‘lsa-da, olamda yana bir mo‘jiza borki, uning buyukligi, muqaddasligi yetti mo‘jizaning jamiki ulug‘vorligi, go‘zalligidan kam emas. XX asr odamining hayotiga u nondek, havodek, radiodek singib ketgan, shuning uchun uni qo‘lga olganimizda mo‘jiza bilan uchrashganday larzaga tushmaymiz, uning muqaddasligidan orziqib-entikib ketmaymiz, tilimiz lol bo‘lmaydi. Bu mo‘jiza – kitob. Kitobning mo‘jiza, mo‘jiza bo‘lganda ham birinchi mo‘jiza ekanini ko‘pgina buyuk odamlar qayd qilgan. „Kitob – bilim manbayi“, – degan edi Aleksey Maksimovich Gorkiy. „Kitob bizning jips sahifalarga joylashtirilgan ko‘p asrlik tajribamizdirki, u yer yuzidagi inson aqliga mangu hayot bag‘ishlaydi“, – deb yozadi Leonid Leonov. Mashhur Avstriya yozuvchisi Stefan Sveyg kitobning kashf qilinishini g‘ildirakning ixtiro qilinishi bilan baravar qo‘yadi. U ham kitob madhiga benihoya ehtirosli, jo‘shqin misralar bag‘ishlagan: „Kitob bor joyda odam o‘z-o‘zi bilan, o‘z saviyasining chor devoriga o‘ralib, ortiq yolg‘iz qololmaydi, balki u o‘tmishdagi va hozirgi jamiki hodisalarga oshno bo‘ladi, butun insoniyatning fikrlari va hislaridan bahramand bo‘ladi“. …Adabiyot inson kashf qilgan hamma mo‘jizalar, hamma buyuk ixtirolar ichida eng buyugi, eng ulug‘voridir. U – ajoyib buloq. U shunday buloqki, unda ko‘z yoshining musaffoligi, qizlar xandasining qo‘ng‘iroqdek ohangdor jarangi, kamalak nurlaridek rang-barang tovlanish bor. Bu musaffo buloqdan to‘yib-to‘yib ichishga, ota-bobolarimiz, ajdodlarimiz bizga meros qoldirib ketgan asriy tashnalikni – ziyo, nur, fikr tashnaligini qondirishga shoshiling, odamlar! 38. Kitob – bilim manbayi. Ushbu gapda nima sababdan tire tinish belgisi qo‘llanganligini aniqlang.

. Bostirib kelayotgan qo‘shinni to‘xtatish, mag‘lubiyatni zafarga aylantirish va mamlakatni qutqarib qolish uchun goho o‘rnida aytilgan birgina so‘z ham kifoya bo‘lgan. Ushbu gapda majhul nisbatdagi fe’l bilan ifodalangan aniqlovchi qaysi gap bo‘lagini aniqlab kelgan?

Qaysi ma’lumot Said Ahmadning hayoti va ijodi haqida emas?

Agar mening gapimni tushungan bo‘lsang, yur men bilan, ketdik. Ushbu gapda fe’lning o‘tgan zamon shakli kelasi zamon ma’nosida qo‘llangan?

O‘rinsiz aytgan gapi uchun vazirlik lavozimidan olib tashlangan, biror joyda ishga olishmagani sababli qassoblik qilishga majbur bo‘lgan, asar oxirida esa qassoblarning xalqqa yetkazayotgan zararini shohga arz qilgani bois, ya’ni xalq dardini o‘ylagani uchun saroyga qaytarilgan Muhammad qovchin obrazi qaysi asarda uchraydi?

Mashhur Avstraliya yozuvchisi Stefan Sveyg kitobning kashf qilinishini g‘ildirakning ixtiro qilinishi bilan baravar qo‘yadi. Ushbu ma’lumot...

Qaysi gapdagi undalma tarkibida 4 ta til oldi jarangli undosh qatnashgan?

0%