Report a question What's wrong with this question? You cannot submit an empty report. Please add some details. 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 Ona tili va adabiyot fanidan attestatsiyaga tayyorlanish uchun online test savollari (1-variant) ❗️ ATTESTATSIYAGA TAYYORGARLIK KOʻRAYOTGAN OʻQITUVCHILAR UCHUN. ? Savollar soni: 40 ta ?Testlarni bajarish uchun ajratilga vaqt: 90 daqiqa ? Manba: ? @onlaynonatili_uz telegram kanali Barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting. Qaysi gapda vazifadosh bog’lovchi shaxs otlarini bog’lab kelgan? "Mehrobdan chayon" yaxshilik-u yomonlik o’rtasidagi azaliy kurash aks etgan go’zal asardir. Endi buva bilan nevara teng odamday gaplashishadi. Bugun Jahongir bilan Alisher ikki baho olishdi. Bog’lovchi qatnashgan gap berilmagan. Qaysi javobda Atoyi she’riyatiga oid tahlil keltirilgan? Shoir bir g‘azalida yor yuzini lolaga, ko‘zini esa lolazor bag‘rida erkin va sho‘x raftor bilan yurgan ohuga qiyoslaydi va "Ul chashmi purxumoring loladagi g‘azola", ya’ni "Bu ohu lola ichida", - deya tasvirlaydi. Shoir bir g‘azalida suv "yaqosida" paridek o‘tirgan sanamning go‘zalligini tasvirlash uchun "bir qoshiq suv bilan yutib yuborguday" iborasini yaqin mazmundagi "G‘oyati nozikligidin suv bila yutsa bo‘lur" misrasini keltiradi. Shoir bir g‘azalida "balo" va "qaro" so‘zlari asosida tardi aks san’atining go‘zal namunasini yaratar ekan, birinchi misrada: "Ko‘zing ne balo qaro bo‘libtur", - desa, ikkinchi misrada shu qoralikdan ko‘ngilga g‘ulg‘ula tushganini aytadi. Shoir "Xoh inon, xoh inonma" radifli g‘azalida oshiqning Yoqub alayhissalom kabi ko‘p yig‘layverganidan "nuri basari qolmagani"ni, ya’ni ko‘zlari ko‘r bo‘lganini talmeh san’ati asosida ifodalaydi. Fe’lli so‘z birikmalari berilgan javobni aniqlang. yonma-yon yurmoq, hosildor ekin daryo sari yurmoq, bahor kunlari qo‘shiq kuylamoq, behad sevinmoq do‘stlarcha suhbatlashmoq, holdan toymoq Qaysi javibda Chingiz Aytmatov qalamiga mansub “Oq kema” qissasiga oid ma’lumot keltirilgan? Ushbu asarda o‘ziga xos xayolot olami bilan yashaydigan, toshlarni "tuya", "tank", "bo‘ri" singari nomlab olgan, o‘tlarni ham "eng birinchi dushman", "sadoqatli do‘st", "aqlli va quvnoq" singari turlarga ajratib olgan bola obrazi uchraydi. Ushbu asarda o‘g‘irlagan pulini "halollab", "egasini rozi qilib" olishga bahs boylab, bozorda kosib yigitning hamyoniga uzugini solib qo‘yib, uni o‘g‘irlikda ayblagan, ammo mirshab qo‘lidan qutqarib yuborib bahsda yutgan kissavur obrazi mavjud. Ushbu asarda bir-birlarini ko‘rarga ko‘zi yo‘q, noahil Ilhaq va Is’hoq ismli aka-ukalarning xudoning qahriga yo‘liqib, haqqushga aylantirib qo‘yilgani haqidagi cho‘pchak aytib bergan ona obrazi mavjud. Ushbu asarda bolalikda to‘n kiyishib do‘st bo‘lgan sadoqatli do‘sti sevgan qiziga uylanib ketgach, bu xiyonatni umrining so‘ngiga qadar unuta olmagan, ayni paytda yuragida sevgan qiziga va do‘stiga mehr saqlanib qolgan polvon obrazi uchraydi. Yasama so‘zning ega vazifasida kelishi kuzatiladigan bog‘lovchisiz qo‘shma gapni aniqlang. Dunyoning ishlari ko‘p qiziq ekan: quvonch va qayg‘u hamisha yonma- yon yuradi. Mashina katta jar yoqasiga kelib qoldi-yu, haydovchi hushyorlik qilib to‘xtatdi. Bilim ado bo‘lmas boylikdir, shuning uchun yoshlik chog‘ingdan bilim olish payida bo‘l. Ko‘klamning sayroqi qushlari sho‘x-sho‘x kuylamoqdalar, ko‘m-ko‘k maysalar silkinib qushlarni olqishlamoqdalar. Badiiy uslubda ko‘p qo‘llanib, tantanavorlik, ko‘tarinkilik bo‘yog‘ini namoyon qiladigan zamon qo‘shimchalari qaysi? -moqchi -yap -a, -y -gay, -ajak Qaysi javobdagi barcha so‘zlarda nuqtalar o‘rnida o unlisi yoziladi? taq…zo, muom…la, taassur…t tob…ra, mutl…q, muhok…ma mutl…q, munos…bat, far…von muloq…t, mab…do, muz…kara Ulg‘ayib, ustiga egar urilibdiki, har yakshanba kuni butun Hisor ni oshib, shu yer (bozor)ga keladi. Tor taxta ko‘prikning yoniga omonatgina qurilgan choyxona etagida to‘xtaydi… To‘riq uzoq vaqtgacha bunga ko‘nikolmadi, bir-ikki marta, hatto tizginni uzib qochdi, butun bozor ahlini sarson qildi. Bir-ikki marta esa, yarim yo‘lda tixirlik qilib oyog‘ini tirab turib oldi, bo‘lmadi. Qam chi yedi. Endi ko‘nikib qoldi.Ushbu parchada tasviri keltirilgan to‘riq ot qaysi asarda uchraydi? "Qiyomat qarz" hikoyasi (O‘. Umarbekov) "Asrga tatigulik kun" (Ch. Aytmatov) "Ot egasi" (Sh. Xolmirzayev) "Do‘nan" hikoyasi (T. To‘la) “Uzlatda kechgan o‘n besh yil davomida kamina bu o‘tkinchi dunyo hayotini miridan sirigacha o‘rgandim. To‘g‘ri, uzoq yillar men na quyoshni, na odamlarni ko‘rdim, ammo-lekin sizlarning kitoblaringizdan ajoyibmusallaslar no‘sh etib, diltortar navolar tingladim, o‘rmon va yobonlardaohular-u g‘izollar ortidan quvdim…” Ushbu parcha qaysi asardan olingan? "Choliqushi" (Rashod Nuri Guntekin) "So‘nggi saboq" (Alfons Dode) "Shubxa" (Robindranath Thakur) "Garov" (Anton Chexov) Navoiy kuzning so‘lg‘in nafosati bilan nafas olgan hiyobonlarni oralab, tabiat va hayotdagi o‘zgarishlar ustida fikir qilib, kechinmalar, xislarga to‘lib yurarkan, navkar kelib, safar uchun otni tayorlab qo‘yganini bildirdi. Ushbu gapda nechta so‘z imlosida xatolik bor? 3 ta 4 ta 5 ta 2 ta Kiyilaverib eskirib ketgan, juldur kabi ma’nolarni ifodalovchisalbiy emotsional-ekspressiv bo‘yoqdor so‘z qaysi javobda berilgan? quroq yuvuqsiz qo‘sqi irkit Aql inson uchun eng oliy ne’matlardan biridir. Aql ila narsalarning sir-asrori o‘rganiladi, ilm va ma’rifat egallanadi, kasb-kor hosil qilinadi. Ushbu gapda necha o‘rinda yordamchi so‘z turkumlariga oid birliklar ishtirok etgan? 3 ta 2 ta 1 ta 4 ta Qaysi javobdagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zda metafora usuli orqalima’no ko‘chishi yuz bergan? Albatta, yurtimizdagi bunday o‘zgarishlarni ko‘rgan ko‘zlar xursand bo‘ladi. Har shanba "Muqimiy"da "Advokatlik osonmi?" dramasi qo‘yilayotgan ekan. Mustaqillik tufayli millatning g‘ururi, obro‘-e’tibori o‘sdi. Yanvarning o‘n beshlarida butun qishloq to‘g‘on qurishga otlandik. Men musavvirlikning sirlarini o‘rganishga va o ‘zlashtirishga astoydil bel bog‘ladim, chunki menda unga havas uyg‘ongan. Ushbu ergashgan qo‘shma gapning bosh gap qismida nechta tobe bog‘lanish mavjud? 4 ta 7 ta 8 ta 6 ta Bu olamda bormagan yurtim kam qoldi, - davom etdi Bobur o‘ychan ohangda. – Ne-ne go‘zal maskanlarni zabt etmadim. Lekin hech yerda buningdek latofatlig‘ bir viloyat ko‘rmadim.Ushbu parchadagi sof fe’llarga xos bo‘lgan qaysi grammatik ma’nolar o‘zaro bir xil emas? 1) mayl; 2) nisbat; 3) zamon; 4) shaxs-son; 5) tasdiq-inkor 3, 5 2, 3, 4 4, 5 1, 4, 5 Shoirning yuragi sof tuyg‘ulardan oziqlansa, uning ijod daraxti gurkirab bo‘y cho‘zadi >Ushbu gapda hokim qismlari ega va to‘ldiruvchi vazifasida kelgan aniqlovchili so‘z birikmalari qatnashgan. Ushbu ma’lumot... To‘g‘ri Noto‘g‘ri Qaysi gapda bog‘lovchining qo‘llanishiga ko‘ra ikki turi ishtiroketgan? Akang bilan qolasan yoki shartimga ko‘nasan. Yangi fayllarni direktor bilan menejer ko‘rib chiqishadi, lekin siz ham tanishishingiz kerak. Nafaqat seni, balki bizni ham izlashadi endi, chunki birga tushgan suratimiz bor edi. Bundan ham sotuvchi, ham xaridor foyda ko‘radi va mamnun bo‘ladi. U faqat shoirgina emas, balki adabiy tanqidchi ham edi. Mazkur gapdaatash ma’nosiga ega bo‘lmagan so‘zlar miqdorini aniqlang. 5 ta 3 ta 6 ta 4 ta “…Nechun sen shahzodadan ranjiysen? Bu vafosiz toj-u taxt, insonlar ustidan hokimlik qilmoq lazzati o‘zingni ham aqli hushingdan ayirmagan edimu? Shahzoda yaxshi bo‘lsun, yomon bo‘lsun – o‘z farzanding, o‘z pushtikamaringdan bo‘lg‘an zurriyoting emasmu? Ot tepkisini ot ko‘taradur. Uni qarg‘ab, yomonlik tilagandan yaxshi so‘zingni so‘zlab, nasihatingni qilganing maqbul emasmu, ey osiy banda?” O‘z farzandidan najot so‘rab kelgan hukmdorning o‘y-fikrlari ifoda etilganushbu parcha qaysi asardan olingan? "Navoiy" (Oybek) "Sohibqiron" (Abdulla Oripov) "Ulug‘bek xazinasi" (Odil Yoqubov) "Yulduzli tunlar" (Pirimqul Qodirov) Xaloyiq harne qilsa tergamak yo‘q,Ne qilg‘anni yomon qilding demak yo‘q.… Olib kishvar elining ehtiyojin, Bag‘ishlab elga uch yillik xirojin.Parchada ifodalanishicha, farzand ko‘rganidan sevinib xalqining uch yillikxirojidan voz kechgan xoqon obrazi Navoiyning qaysi asarida uchraydi? "Mahbub ul-qulub" "Sab’ai sayyor" "Hayrat ul-abror" "Farhod va Shirin" Tamaddun so‘zi madaniyat so‘zi bilan o‘zaro ma’nodoshlikni hosil qiladi. Ushbu ma’lumot... To‘g‘ri Noto‘g‘ri Qaysi gapda balki so‘zi zidlov bog‘lovchisi vazifasida kelgan? Inson go‘zalligi bilan emas, balki mehnati bilan kamol topadi. Yillar o‘tib, balki, bizni unutib yuborishar. Balki, ertalab o‘ziga isitib berish uchun shunday degandir. Tolibjon, balki, ularni ayblab adashayotgandirsiz? U har kuni tushda kelib, laganbardorlarcha itni o‘ynatardi. Ushbu gapda fe’ldan yasalgan ot qatnashgan. Ushbu ma’lumot... To‘g‘ri Noto‘g‘ri Qaysi javobdagi ma’lumot xalq dostonlaridan biridagi Boybo‘ri obrazihaqida? U bir necha yil o‘zining o‘rniga qushbegisini qo‘yib, o‘g‘lining o‘tida kuyib, tagizaminga kirib, toat-ibodatga mashg‘ul bo‘lib yotadi. U darvozabon bilan suhbatlashib o‘tirganda begona yurtga otlangan o‘g‘lini ko‘rib qoladi. U kunlardan bir kuni o‘g‘li bilan saxiylik va baxillik haqida suhbatlashadi. U o‘g‘lini qutqarish uchun otlanadi, uch oylik yo‘lni yigirma kunda bosib o‘tadi. Qaysi javobdagi gapda imloviy xatolikka yo‘l qo‘yilgan? Bu ko‘rsatuv tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi. Do‘stim, tamagirlik har qanday insonni qabohat sari yetaklaydi. Kotiba qiz tanlovda mukofotlanganlar ro‘yxatini tuzib chiqdi. Bugungi faravon hayotimizning qadriga yetmog‘imiz kerak. “O‘tkan kunlar” romanida Otabek va Mirzakarim qutidorni yurtni qipchoqlarga qarshi qayragan qora choponlar tarafdori sifatida yomonlab qo‘rboshi bilan til biriktirgan, tuhmat qilgan qahramon kim? Rahmat Sodiq Homid Ziyo shohichi Ho-yu havas, moumonni (manmanlikni) tashlag‘anlar Chin oshiqdir, hargiz oni yolg‘oni yo‘q.Chin oshiqning sifatlari tasvirlangan ushbu misralar qaysi ijodkor qalamiga mansub? Rabg‘uziy Atoyi Yusuf Xos Hojib Ahmad Yassaviy Ega, kesim, hol, ega, kesim tartibida joylashgan ergashgan qo‘shma gapnianiqlang. Nodira kelsa, uyda hech kim yo‘q edi. Eshik ochildi va xonaga rassom kirib keldi. Xonaga rassom kirib keldi, shuning uchun eshik ochildi. Bahor keldi, dalada ishlar avj oldi. Qaysi maqolda tarkibidagi barcha undoshlari jarangsiz til undoshlarisanalgan so‘z ikki o‘rinda qatnashgan? O‘qish jafoli, keti vafoli. O‘zing osmonda bo‘lsang ham, oyog‘ing yerda bo‘lsin. Ittifoq bitar, Noittifoq yitar. Ko‘p to‘kilsa, ko‘p bo‘lar, Ko‘p biriksa, el bo‘lar. Qaysi gapda ot kesim vazifasidagi so‘zda paronim bilan bog‘liqxatolik bor? Qiz hali yosh bo‘lsa-da, bo‘ychan edi, bichimi ingichka va sambitgul novdasidek adl edi. Berilgan va’dani bajarish har bir kishining vijdoniy burchi sanaladi. Bu yerlarga kelgusi yil poliz ekinlari ekiladi. Nomussiz yashamoqdan nomusli o‘lmoq afzal sanaladi. Fitratning “Abulfayzxon” dramasida urishmaslik tarafdori bo‘lib ko‘rinsa ham, o‘z yurtini dushman qo‘liga topshirgan, dushman bilan yashirincha til biriktirgan, buning evaziga esa o‘z o‘g‘lini taxtga o‘tqazish va’dasini olgan adabiy qahramon kim? Ibrohimbiy Ulfat Farhod otaliq Hakimbiy Quyidagi jonzot nomlaridan nechtasi o‘z shakldoshiga ega?1) ot; 2) bit; 3) sug‘ur; 4) sher; 5) ari; 6) qarg‘a. 6 tasi 5 tasi 4 tasi 3 tasi Adib “Sinchalak”, “Muhabbat”, “O‘tmishdan ertaklar” qissalari va kolxozlashtirish mavzusi yoritilgan “Qo‘shchinor chiroqlari” romani bilan o‘zbek nasrini boyitishga o‘z hissasini qo‘shgan. Ushbu berilgan ma’lumot Said Ahmad haqida hisoblanadi. Ushbu ma’lumot... To‘g‘ri Noto‘g‘ri Qaysi gapda tinish belgisi bilan bog‘liq xatolik mavjud? Daraxtdagi barcha sayroqi qushlar: sa’va, bulbul, mayna va boshqalar unga jo‘r bo‘ldi. Xullas shuni bilginki, qars ikki qo‘ldan chiqadi. Ahmadning aytishicha, ertaga futbol musobaqasi o‘tkaziladi. A’lo o‘qish – sizning asosiy vazifangiz. Qaysi javobda Zavqiyning “Ajab ermas” she’ri haqida ma’lumotberilgan? Ushbu she’r g‘azal shaklida yozilgan bo‘lib, tabiat lirikasining go‘zal namunasi sanaladi. Unda shoir navro‘zni madh etadi. Ko‘klam go‘zalligi islomiy tushunchalar vositasida tasvirlanadi. Ushbu she’rdan shoirning O‘zbekiston gerbidagi tasvirni yodga soluvchi "boshlar uzra soyalar solsun, Humo yerkur" kabi shoirona bashorati o‘rin olgan. Ushbu she’rning birinchi bandida shoir o‘zini bo‘stonidan adashgan sho‘ridan bulbulga o‘xshatadi. Maqta’da o‘z taxallusiga ham izoh berib o‘tadi. Ushbu she’rda dunyo omonat binoga, bo‘yi, vafosi yo‘q gulshanga, jafokor tuban ayyoraga o‘xshatiladi va insonni unga ko‘ngil berib aldanib qolmaslikka chaqiradi. Gapda ajratib ko‘rsatilgan tasviriy ifodalar qaysi so‘zlarga to‘g‘rikeladi?Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, jahonda tinchlikni saqlash, tabiatni muhofaza qilish jamg‘armalariga eng ko‘p xayriya mablag‘i futbol qiroli va „temir musht“ egasi tomonidan amalga oshirilgan ekan. (Gazetadan) Messi, Muhammad Ali. Pele, Tayson. Maradona, Klichko. Ronaldo, Pakyao. Ibroyim Yusupov ijodiga oid ma’lumotni aniqlang. Ijodkorning tarjimalari "Mangu buloqlar" nomi bilan chop etilgan. Shoir ba’zi she’rlariga "Firog‘iy" taxallusini qo‘yadi. Shoirning birinchi asari "Arg‘umoqlar" nomi bilan dunyo yuzini ko‘radi. Ijodkorning she’rlar va dotonlardan iborat dastlabki to‘plami "Biz boramiz" nomi ostida o‘quvchilarga hadya etildi. Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidur, Har kimki jafo qilsa, jafo topqusidur. Yaxshi kishi ko'rmagay yomonlik hargiz,Har kimki yomon bo‘lsa, jazo topqusidur. Ushbu she’riy misralar haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri? Radifi qisqa radif hisoblanadi. She’rning 1-, 2-, 3- va 4-misralari o‘zaro qofiyalangan. Ushbu she’r qit’a janrida yozilgan. Ushbu misralarda talmeh san’atidan foydalanilgan. Xalqparvarlik va vatanparvarlik yoshlarning asosiy fazilati bo‘lmog‘i darkor. Ushbu gapdagi yasama so‘zlar faqat bosh bo‘lak vazifasida kelgan. Ushbu ma’lumot... noto‘g‘ri – to‘g‘ri - “Maktab ikki xonadan iborat bo‘lib, biri dahliz, biri sinfxona. Ana shu sinfda yetti yashar bolakay ham, o‘n ikki yashar yigitcha ham yonma-yon o‘tirib o‘qishadi, ularning har biri har xil sinfo‘quvchisi bo‘lgani holda, bir sinfda o‘tirib saboq olishlari, bir- biriga xalaqit bermaydi”. Ushbu tasvirda keltirilgan maktabning muallimi Inod qaysi asar qahramoni? "Dunyoning ishlari" (O‘tkir Hoshimov) "Tanho qayiq" (Erkin A’zam) "Ot egasi" (Shukur Xolmirzayev) "Qiyomat qarz" (O‘lmas Umarbekov) Facebook Twitter VKontakte 0% Перезапустить тест