Report a question

You cannot submit an empty report. Please add some details.

Ona tili va adabiyot fanidan attestatsiyaga tayyorlanish uchun online test savollari (2-variant)

❗️ ATTESTATSIYAGA TAYYORGARLIK KOʻRAYOTGAN OʻQITUVCHILAR UCHUN.

? Savollar soni: 40 ta

?Testlarni bajarish uchun ajratilga vaqt: 90 daqiqa

? Manba: ? @onlaynonatili_uz telegram kanali

Barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting.

Qaysi ma’lumot Mirkarim Osim haqida emas?

Qaysi gapdagi paronimlik xususiyatiga ega so‘z shakldosh asosdan yasalgan?

Bobolarning ezgu ishlarini ijodiy rivojlantira olsang, sen baxtlisan. Ushbu gapda so‘zga yangi ma’no beruvchi morfema(lar) qatnashgan so‘z(lar) qaysi bo‘lakka nisbatan tobe bo‘lak vazifasini bajargan?

Hayotga romantik ko‘z bilan qaraydigan, hamisha ezgulikka intilgan ijodkorning ijodiy faoliyatida qahramonlik ko‘rsatgan odamlarning jasorati tasvirlangan balladalar alohida o‘rin tutadi. Ayrim balladalarida o'zgalarning vatanini bosib olgan kimsalarga qarshi kurashgan qahramon bolalar hayoti tasvirlanadi. U «Jamila», «Ona va farzand» va «Raymonda» kabi balladalar muallifi sanaladi. Ushbu ma’lumot qaysi ijodkor haqida?

Asqad Muxtorning bir xil janrda yozilgan asarlarini toping.

Qaysi javobda tinish belgisi bilan bog‘liq xatolik kuzatilmaydi?

Oybekka tegishli bo‘lmagan ma’lumotni aniqlang.

Quyidagi qaysi she’r Ogahiy qalamiga mansub?

"O‘lim jazosi ham, umrbod qamoq jazosi ham bir xilda badaxloq choralardandir, biroq basharti ulardan bittasini tanla deyishsa, men, albatta, ikkinchisini tanlar edim. Har holda, yashamoq - o‘lmoqdan afzalroqdir", - degan fikrni isbotlash uchun yigirma besh yoshida o‘n besh yillik mahkumlikka rozi bo‘lgan va mana shu mahkumlik davrida yashashning asl mohiyatini kashf qilgan huquqshunos haqidagi hikoya muallifini aniqlang.

Matnni o‘qing va savollarga javob bering.
Qadimiy kitoblarda rivoyat qilinishicha, dunyo ne’matlariga ahamiyat bermaydigan, o‘zini juda kamtar tutadigan buyuk islom olimlaridan biri faqat bir kishi o‘tishi mumkin bo‘lgan tor yo‘lakda shaharning o‘ziga bino qo‘ygan, haromdan hazar qilmaydigan katta boylaridan biri bilan to‘qnash kelibdi. Qorni kajavaday keladigan boy: - Men bir devonaga yo‘l berib chetga chiqmayman! - deb pishqiribdi. Haligi olim kishi yo‘l berar ekan, g‘oyat sokin ohangda debdi: - Men esa yo‘l beraman! Shunda boy: "Mendan hamma qo‘rqadi, bu ham qo‘rqqani uchun yo‘l berdi", - deb o‘ylab, gerdayib yo‘lakdan sekin o‘ta boshlabdi. Badqovoq boy yo‘lakdan o‘tib bo‘lgach, xokisor olim mayin jilmayib yo‘lida davom etibdi. Qissadan hissa shuki, kaltafahm, nodon odamlar bilan tenglashmoq ular bilan barobar bo‘lish kabidir. Shuning uchun ham inson bundan o‘zini tiymog‘i, asramog‘i lozim.
- Men esa yo‘l beraman! Olim tilidan aytilgan mazkur gapning tag (yashirin) ma’nosini aniqlang.

“Mamlakat ichkarisida yoki chet elda, foyda ko‘rish maqsadida, biror
korxona yoki iqtisodiyotning muayyan tarmog‘iga kapital qo‘yish, kiritish va
shunday kapitalning o‘zi” ma’nosini beruvchi tilimizda yangi paydo bo‘lgan
so‘zni toping.

Bobo Qambar degan nom «Rustamxon» xalq dostonida uchraydi.

Quyidagi juftliklar orasidan muqayyad qofiyaga misol bo‘la oladiganlarini
belgilang.
1) ozgina – sozgina; 2) yurak – kerak; 3) sifotin – otin; 4) nihoyat – bag‘oyat;
5) obod – ozod.

U shu yotganicha ertalab ham ko‘zini ochmadi. U yagona farzandidan umid uzolmay, uning baxtini ko‘rolmay armon bilan chodirda jon bergan edi... . Ona, qazoyim yetib olamdan o‘tsam, bolam o ‘z qo‘li bilan qabrga qo'yadi, deb umid qilardi. Bolasi qabrga yaqin kelmay, bo‘riga o‘xshab to‘qaydan xunuk qarab turardi. Quyosh qip-qizil cho‘g‘ bo‘lib botayotgan cho‘l oqshomida hijronzada, alamzada, farzand dog‘ida kuyib ado bo‘lgan onani tuproqqa qo‘yishdi. Ushbu parchada qaysi adabiy qahramonninj hayotdan ko‘z yumishi va dafn qilinishi tasvirlangan?

Uch, qushcha, hur
Qo‘shig‘im bo‘lib!
- Shudir senga so‘nggi tilagim.
Tanim qolsin bunda (Tan nima?)
Ona yurtga borsin yuragim ...
Ushbu otashin misralar kimning qalamiga tegishli?

Quyidagi qaysi baytda ijodkor tazod san’atidan foydalangan?

Buxoro shevasiga oid bodparak so‘zi adabiy tilda varrak ma’nosini
anglatadi.

Qaysi javobda nutqimizda so‘z birikmasi ham bo‘lib kela oladigan turg‘un bog‘lanma ( ibora ) qatnashgan?

Sen, bola, “slishkom” ko‘p gapirar ekansan. Mazkur gapda nutqning
sofligiga putur yetkazuvchi qanday birlik qo‘llangan?

Matnni o‘qing va savollarga javob bering.
Qadimiy kitoblarda rivoyat qilinishicha, dunyo ne’matlariga ahamiyat bermaydigan, o‘zini juda kamtar tutadigan buyuk islom olimlaridan biri faqat bir kishi o‘tishi mumkin bo‘lgan tor yo‘lakda shaharning o‘ziga bino qo‘ygan, haromdan hazar qilmaydigan katta boylaridan biri bilan to‘qnash kelibdi. Qorni kajavaday keladigan boy: - Men bir devonaga yo‘l berib chetga chiqmayman! - deb pishqiribdi. Haligi olim kishi yo‘l berar ekan, g‘oyat sokin ohangda debdi: - Men esa yo‘l beraman! Shunda boy: "Mendan hamma qo‘rqadi, bu ham qo‘rqqani uchun yo‘l berdi", - deb o‘ylab, gerdayib yo‘lakdan sekin o‘ta boshlabdi. Badqovoq boy yo‘lakdan o‘tib bo‘lgach, xokisor olim mayin jilmayib yo‘lida davom etibdi. Qissadan hissa shuki, kaltafahm, nodon odamlar bilan tenglashmoq ular bilan barobar bo‘lish kabidir. Shuning uchun ham inson bundan o‘zini tiymog‘i, asramog‘i lozim.
Matndagi tagiga chizib ko‘rsatilgan so‘zlardan birortasining ham
ma’nosiga mos kelmaydigan izohni aniqlang.

Abayning “Naqliya so‘zlar” asarini kim o‘zbek tiliga tarjima qilgan?

Qaysi sinonimik qatorda „ortiqcha“ so‘z bor?

Qaysi javobda ilmiy uslubga oid gap berilgan?

Sovuqqon odamlardan qo‘rq: ular o‘ldirmaydilar va xiyonat qilmaydilar, ammo ularning indamay qilgan razilliklari tufayli, afsuski, yer yuzida haligacha sotqinlik va qotillik yashamoqda. Ushbu gapda qatnashgan mustaqil so‘zlar haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas?

OVQAT, taom, oziq, tomoq, xo‘rak, yemish, ne’mat berilgan
ma’nodosh so‘zlar qatorida faqat odamlar iste’mol qiladigan ovqatni ifodalash
uchun qo‘llanadigan so‘z qaysi?

Qaysi javobda paronim qo‘llash bilan bog‘liq xatolik mavjud emas?

Uyushiq to‘ldiruvchi holga tobelangan gapni toping.

Qaysi javobdagi gaplar juftligida ajratib ko‘rsatilgan misollarning har birida bittadan qo‘shimcha bor?

Qaysi javobdagi asarlar Abdulla Qodiriy qalamiga mansub?

Qishloq so‘zida fonetik o‘zgarishning tovush almashish turi mavjud.

Matnni o‘qing va savollarga javob bering.
Qadimiy kitoblarda rivoyat qilinishicha, dunyo ne’matlariga ahamiyat bermaydigan, o‘zini juda kamtar tutadigan buyuk islom olimlaridan biri faqat bir kishi o‘tishi mumkin bo‘lgan tor yo‘lakda shaharning o‘ziga bino qo‘ygan, haromdan hazar qilmaydigan katta boylaridan biri bilan to‘qnash kelibdi. Qorni kajavaday keladigan boy: - Men bir devonaga yo‘l berib chetga chiqmayman! - deb pishqiribdi. Haligi olim kishi yo‘l berar ekan, g‘oyat sokin ohangda debdi: - Men esa yo‘l beraman! Shunda boy: "Mendan hamma qo‘rqadi, bu ham qo‘rqqani uchun yo‘l berdi", - deb o‘ylab, gerdayib yo‘lakdan sekin o‘ta boshlabdi. Badqovoq boy yo‘lakdan o‘tib bo‘lgach, xokisor olim mayin jilmayib yo‘lida davom etibdi. Qissadan hissa shuki, kaltafahm, nodon odamlar bilan tenglashmoq ular bilan barobar bo‘lish kabidir. Shuning uchun ham inson bundan o‘zini tiymog‘i, asramog‘i lozim.
Qaysi javobda quyidagi gap matn mazmuniga mos ravishda to‘g‘ri davom
ettirilgan?
Aqlli, donishmand kishi yaramas fe’lli, yomon xulqli insonlar .. .

Qaysi ma’lumot rasmdagi qalamkash haqida emas?

« Millatni uyg‘otish - uyg‘onganlarning vazifasi. Mana siz: ancha eslik, hushyor, ziyrak odam ko‘rinasiz. Ish bilasiz ekan. Davlatingiz bor ekan. Faqat birgina aybingiz shuki, zamon ahvolidan xabardor emassiz. Gazet o‘qimaysiz.» Jadid kattalaridan birining tilidan aytilgan millatni uyg‘otish haqidagi ushbu fikrlar qaysi asardan olingan?

Qaysi gapda hokim qismi ega vazifasida kelgan aniqlovchili so‘z birikmalari qatnashishi kuzatiladi?

Qaysi bir asar Aka-uka Grimmlar qalamiga mansub emas?

Qaysi javobdagi so‘zlarning barchasi imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan?

Said Ahmad dramaturg sifatida «Kelinlar qo‘zg‘oloni», «Kuyov» kabi sahna asarlarining muallifidir.

Qaysi gapda ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi bilan ifodalangan bo‘lakka tobelangan vositasiz to‘ldiruvchi qatnashgan?

Umri... mazmuni. .. millat. .. dardi... darmon bo‘lish... iborat deb bilgan Amir Temur xalqimiz... ardoqli, ulug‘ farzandidir. Berilgan gapda nuqtalar o‘rnida qaysi kelishik(lar) qo‘shimchasini qo‘llab bo‘lmaydi? 1) qaratqich kelishigi; 2) tushum kelishigi; 3) jo‘nalish kelishigi; 4) o‘rin-payt kelishigi; 5) chiqish kelishigi

Bu she’rda shoir “Fayzullodek mardi, maydonlar”, “Jayrondek termilgan Cho‘lponlar”, “Qayinbarglar yopib qaro ko‘zini, Olislarda qolgan Usmonlar”, “Mehrobdan chiqqan chayonlar” sotqinligi evaziga qurbon bo‘lgan Qodiriy kabi millatsevar qahramonlar taqdirin eslash orqali bugungi va kelgusi avlod bu o‘tmishdan saboq chiqarishini, ertaga bo‘ladigan ming turli hayot sinovlariga tayyor tuurishini eslaydi. Ushbu ma’lumot kimning qaysi she’ri haqida?

0%