Report a question

You cannot submit an empty report. Please add some details.

Tarix fanidan attestatsiya savollari 1-variant

Tarix fani o'qituvchilari uchun attestatsiyaga tayyorlanish uchun online test savollari

1-variant

Test savollari soni: 40 ta

Savollar bazasi: 50 ta

Bajarish uchun ajratilgan vaqt: 60 daqiqa

Barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting.

Ajiniyoz qaysi yillarda yashagan?

Ilk marotaba “Avesto” qismlarini tarjima qilgan olim kim?

Quyidagilardan qaysi shahrlar daryo sohilari bo‘ylarida, ko‘priklar yonida barpo qilingan?
1) Strasburg; 2) Padeborn; 3) Bremen; 4) Augsburg; 5) Bryugge; 6)
Gamburg; 7) Sveybryukken.

Qaysi fransuz qiroli o‘g‘lini Akvitaniya gersogining qiziga uylantirgan?

Buxoro amirligida qaysi lavozimdagi kishi barcha musulmon ruhoniylar (diniy tashkilotlarda diniy lavozimda xizmat qiluvchilar)ning boshlig‘i bo‘lib, davlatda eng yuqori martabali ruhoniy, din arbobi sanalgan?

Birinchi usti yopiq bozor qaysi qit’ada qurilgan?

Qaysi mahalliy hokimlikda aholi gavjum yashagan?

Andijon qo’zg’olonida qo’zg’olonchilar qaysi qishloqqa kelishganida ularning safiga 200 kishi kelib qo’shiladi?

Hindistonda qachondan boshlab yer egaligi munosabatlari shakllangan?

Qaysi raqam bilan ifodalangan hududda qadimda “kulbali qullar” mavjud bo‘lgan?

Qadimiy hind tillari asosida yangi adabiy til bo‘lmish qaysi til vujudga kelgan?

Yunonlar qadimdan asosan qaysi soha bilan shug‘ullangan?

Ruslar bosqini vaqtida (1868-yil may) Buxoro qo‘shinlari qaysi tepalikka o‘rnashib olgan?

1558-yil Angliyada hokimiyatga kelgan qaysi hukmdorning 45 yillik hukmronligi davrida Angliyaning jadal rivojlanishi, dunyoning yetakchi davlatiga aylanishiga ulkan hissa qo‘shdi?

MDHda 2008-( a ) va 2014-yillarda( b ) qatnashmasligni e’lon qilgan davlatlarni aniqlang.

Shayboniylar davrida qo‘shin, asosan, qanday tarkibdan iborat edi?
1) piyoda; 2) to‘pchi; 3) otliq; 4) tug‘chi.

Amir Temur qo‘shinida 10 ming kishilik qo‘shin qanday nomlangan?

Quyidagi diagrammalarni XXI asr boshlaridagi davlatlarning dunyodagi YIM hajmi bo‘yicha moslashtiring.

a – GFR, b – Yaponiya, c – AQSH.

Ilk o‘rta asrlarda Xitoyda imperator ayrim a’yonlarning mavqelari, unvon va lavozimlariga qarab qancha yer bilan taqdirlanganlar?

Quyidagi jadvalning qaysi qatorlaridagi ma’lumotlar mos ravishda berilgan?

Qaysi Xiva xoni 1806-1825-yillarda hukmronlik qilgan?

2004 - yil buyuk bobomiz Alisher Navoiyning haykali qaysi shaharda o‘rnatilgan?

Buyuk Britaniyada Lordlar palatasining veto huquqini cheklagan parlament islohoti qachon bo‘lgan?

Forslar bosib olgan qaysi hududni 3 ta satraplikka bo‘lgan?

Mazkur yozuv turi qanday nomlanadi?

Qaysi xalqlar xettlar poytaxtini bosib olib, shaharni butunlay vayronaga aylantirdilar?

Somoniylar davlatida yer egaligining qaysi turi asosan lalmikor va tog‘oldi yerlaridan iborat bo‘lgan?

“Zamonasining haqiqiy bahodiri ekan, o‘z tengqurlarining sarvari ekan”, degan so‘zlar kimga nisbatan aytilgan?

1895-yilda Kuba xalqi kimlar boshchiligida qo‘zg‘olon ko‘tardi?

Qal’a yoki tumandagi barcha qo‘shinlar boshlig‘i ma’nosini beruvchi so‘z qaysi javobda ifodalangan?

Birinchi salib yurishlariga qayerlardan kelgann ritsarlar to‘planganlar?

Qaysi hukmdor davrida Somoniylar davlatida saroyning maxsus, muntazam sarbozlaridan iborat yaxshi qurollangan harbiy qo‘shini tuziladi?

Hindistonda sipohiylar qo‘zg‘oloni nima uchun ko‘tarilgan?

Yangi davrda qaysi davlatda Chon Son, Li Myonuk, Kim Xondo kabi rassomlarning Xitoydan kirib kelgan peyzaj usulida chizgan rasmlari mashhur bo‘lgan?

Qaysi salib yurishlarida Germaniya imperatori, Fransiya va Angliya qirollari ishtirok etgan?

Bosniya va Gersogovina qachon Turkiya mustamlakachiligiga qarshi qo‘zg‘olon ko‘targan?

Turkiston o‘lkasida uchastkalarni uchastka … lari boshqargan.

Qaysi Rossiya imperatori Buxoroda madrasa qurish uchun pul ajratadi?

“Butun dunyoda tinchlikka nisbatan xoinlik” kimning nomi bilan bog‘liq?

Kimning tariqati insonlarni halol va pok bo‘lishga, o‘z mehnati bilan kun kechirishga, muhtojlarga xayr-ehson berishga, sofdil va kamtar bo‘lishga chaqiradi?

0%